O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi



Download 11,31 Mb.
bet13/27
Sana20.06.2022
Hajmi11,31 Mb.
#680648
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 10 05

1.1-rasm. O‘g‘il bolalar (1) va qizlarda (2) bo‘y uzunligining yoshga qarab o‘zgarishi (Физическое развитие детей и подростков на рубеже тысячилетий. М, 2008)
Juda ko‘plab to‘qimalarga nisbatan mushak to‘qimalari tug‘ilishgacha to‘liq darajada yetishmaydi, shu sababli yoshga nisbatan ilgariroq tempda o‘sadi. Tug‘ilgan mudatdan, to yetilishning boshlanishiga qadar uning massasi 37 bor ortsa, tananing umumiy massasi bor yo‘g‘i 21 marta oshadi. Tananing umumiy massasidagi mushakli komponentlarning ulushi bolalik yillarida sust o‘sadi, pubertat davrida esa tez o‘sadi. Rivojlanishning akseleratsiyasiga bog‘liq holda hozirgi davrda o‘g‘il bolalarda pubertat davr ancha ilgari, ya’ni 12 dan 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda siljiydi va umumiy tana massasidagi mushak komponentlarining foizi bir tekisda o‘sadigan bo‘ladi [2.34].
Quyidagi rasmda (1.2-rasm) 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda tanasidagi mushak komponentlarining mutlaq (kg) va nisbiy (%) o‘lchamlarining yoshga oid dinamikasi keltirilgan [2.34].



1.2-rasm. O‘g‘il bolalar tanasidagi mushak komponentlarining
mutlaq (kg) va nisbiy (%) o‘lchamlarining yoshga oid dinamikasi
Manba: Нуриддинов Э.Н. ва б. Самарқанд – 2011.


O’quvchilarda nerv-endokrin tizimning o’zgarishi. O'smirlik davrida nerv-endokrin tizimning fiziologik jarayonlarida bir qator o`zgarishlar kuzatiladi. Shuningdek, o`smirlik davrida ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bogliq ravishda organizmda keskin o`zgarishlar ro`y beradi. Ayniqsa qalqonsimon bez va jinsiy bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar organizmda modda almashinishining katalizatori vazifasini bajaradi. Xususan, qalqonsimon bez bilan jinsiy bezlar faoliyatida chuqur o`zgarishlar sodir bo`ladi, shu tufayli bosh miya katta yarim sharlari po`stlog`i qo`zg`aluvchanligi o`zgaradi. Organizmdagi o`zgarishlar bevosita o`smir endokrin sistemasining o'zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi. Uning old qismidan ajralib chiqadigan garmon organizm to`qimalarining o`sishi va boshqa muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning faoliyati o`smir organizmida ko`plab o`zgarishlarni yuzaga keltiradi, jumladan bo`y o`sishining keskin tezlashishi (bir yilda o`g`il bolalarda 4-5 sm, qizlarda 3-4 sm o`sishi kuzatiladi), jinsiy balog`atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo`lishi amalga oshadi. Endokrin va nerv sistemalari bir-biriga uzviy bog'liqdir. Masalan, bosh miya va orqa miya massasining o'sishi 18 yoshga kelib voyaga yetgan inson miyasi og'irligiga tenglashgan holda, deyarli yakunlanishi mumkin, uning asab tizimining funksional takomillashuvi esa yana uzoq muddat sodir bo'ladi [2.34; 2.49].
O’quvchilarda kardiorespirator tizimning o’zgarishi. Ta’kidlash joizki, o`smirlik davrida kardiorespirator tizimining funksional imkoniyatlari darajasi bu tizimdagi morfofunksional qayta qurilishlar bilan izohlanadi. Jinsiy balog`at yoshida o`g`il bolalarda qon bosimi bir oz ko`tariladi. Bolaning yoshi ortishi bilan qon tomirlar devorining torayishi, tana vazniga nisbatan yurak massasi va hajmining sekin ortishi hisobiga qon bosimi ham, puls bosimi ham ortib boradi, biroq qizlarda ancha sust ortadi. Bu esa o`g`il bolalarda yurak sistolik hajmining yuqori bo`lishi bilan izohlanadi. Bolalar ulg`aygan sayin jismoniy ish bajarganda puls soni ortib boradi. 8-9 yashar bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 184, 14-15 yoshda 206 bo'ladi. 16-18 yashar o`smirda jismoniy ish vaqtida maksimal puls bir oz siyraklashib 196, qizlarda esa 201 boladi. Jismoniy ishdan so`ng 8 yashar bolalarda puls tezroq va 16-18 yashar o`smirlarda sekinroq bo`lib, asli holiga keladi. Yurak hajmi kattalashadi, “yoshlar yuragi” yoki “o`smir yuragi” hosil bo'ladi, quloq solganda shovqin eshitiladi. Ko'pchilik holatlarda qon bosimining oshishi (yoshlar gipertoniyasi), yurakning kuchliroq tepishi, tomirninng tez urishi kuzatiladi (ba’zan bosim pasayib, puls siyraklashadi), hansirash, chakka sohasi og'rishi mumkin. Jumladan, 12-15 yoshda yurak vazni tez o`sadi. 15 yoshga borganda yurak vazni dastlabki vazniga qaraganda 15 baravar ortadi, yurak hajmi tomirlar yo`liga uncha mos kelmaydi, chunki tomirlar yurak hajmiga nisbatan sekinroq rivojlanadi. Bunday rivojlanish qon aylanishini bir qadar qiyinlashtirib qo`yadi, binobarin, mushak faoliyati ortganda qon bosimi ko`tariladi. O'smirlar yuragi ortiqcha qo`zg`aluvchan bo'lganidan, jismoniy mashqlar va jismoniy mehnat qilganda ehtiyot bo`lishi kerak [2.54; 2.56].
Bir xildagi yuklamalarga yurak qisqarish chastotasining (YUQCH) reaksiyasi bolalarda voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan kuchli namoyon bo‘ladi. Yosh ortishi bilan yuqori kuchlanishili ish bajarganda yurakning qisqarish chastotasining maksimal darajasi pasayadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydlaniladi:
YUQCHmax = 220 Y (Y – yosh, yilning soni).
O‘suvchi organizmda yurak o‘lchamlarini kattalashishi bilan birga sistolik hajm (SH) ham kuchaya boradi: 7 yoshda – 23 ml, 10 yoshda – 37 ml; 13-16 yoshda – 59 ml; 20-25 yoshda – 60-80 ml va qon aylanishining daqiqalik hajmi (QDH) ham ortadi; 8-9 yoshda – 2,6 ml; 10-12 yoshda – 3,2 ml; 13-16 yoshda – 3,8 l, voyaga yetgan odamlarda esa 4,5 l ni tashkil qiladi. Shunday qilib, pubertat davrining oxirida tinchlik holatida yurakning unumdorlik ko‘rsatkichlari voyaga yetgan odamlar ko‘rsatkichlari darajasiga yaqinlashadi [2.49].
Yosh ortishi bilan keyingi yillarda sistolik hajmning ortishida jismoniy yuklamalarga reaksiyalardan ko‘pchiligi qamrab oladi. Buning natijasida meyoriy jismoniy yuklamalar paytida sistolik arterial bosim hajmi ortadi. Nisbiy tinchik holatida arterial bosimning yoshga oid o‘zgarishi unchalik katta emas. O‘rtacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra sistolik arterial bosimning yoshga oid dinamikasi va diastolik arterial bosimningning ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ladi:
1 yoshgacha 85-100 va 36-45 mm sim.ust;
2 yoshda 85-100 va 40-50 mm sim.ust;
3-7 yoshda 86-100 va 55-68 mm sim.ust;
8-16 yoshda –93-117 va 59-75 mm sim.ust;
17-20 yoshda –110-120 va 70-80 mm sim.ust.
Yurak tomirlar tizimida kasalliklar bo‘lmaganida yetilish davrida tiklangan arterial bosim darajasi qarilik yoshlargacha turg‘un bo‘lib qoladi [2.34].
O’quvchilarda nafas olish tizimidagi o’zgarishlar organizmning ichki muhit barqarorligini ta’minlashda muhim o`rin tutadi. Shu nuqtai nazardan ushbu tizimning shakllanish jarayonlari o`smirlik davrida yaqqol namoyon bo`ladi. O'smirlarda o'pka tez o'sadi, umumiy hajmi kengayadi, 12 yoshga yetganda uning o'pkasi chaqaloqnikiga qaraganda 10 marta kattalashadi. Alveolalarning intensiv o'sishi ayniqsa bolaning 12 yoshida boshlanadi. Bolalar kattalarga nisbatan tinch holatda ayniqsa maktab yoshida kattalarga nisbatan tez-tez nafas oladi 6-7 yashar bolalarda nafas tezligi daqiqasiga orta hisobda 23, 8-10 yoshda 22, 12 yoshda 21, ayollarda 18, erkaklarda 16 taga yetadi. Agarda bolalar muntazam ravishda jismoniy mashq bilan ayniqsa, qayiqda suzish, voleybol, yengil atletika, bilan shug`ullansa, o`pkaning tiriklik sig`imi ortadi. O`pkaning tiriklik sig`imi turli yosh va turli jinsda har xil boladi. Masalan, 7 yoshda o`g`il bolalarda o'pkaning tiriklik (hayotiy) sig`imi 1400 ml, qizlarda 1200 ml 9 yoshda o`g`il bolalarda 1700 ml, qizlarda 1450 ml, 11 yoshda o`g`il bolalarda 2100, qizlarda 1800 ml, 15-16 yoshda o`g`il bolalarda 2500 ml, qizlarda 2100 ml kattalarda 3500 mlga teng [2.34; 2.36; 2.41; 2.54].
Organizmni o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS) kattalashadi va tashqi nafasning barcha ko‘rsatkichlari chastotasi, chuqurligi, nafasning daqiqalik hajmi (NDH), o‘pkaning tiriklik sig‘imi o‘zgaradi. 1-jadvalda tashqi nafasning birinchi oydan boshlab 17 yoshgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarini dinamikasi ko‘rsatilgan.

Download 11,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish