O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati



Download 11,31 Mb.
bet10/27
Sana20.06.2022
Hajmi11,31 Mb.
#680648
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 10 05

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi, qolaversa, gigiyena hamda tibbiyot sohalari tadqiqotchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun jismoniy rivojlanish, salomatlik masalalari bo‘yicha mavjud ilmiy manbalarni boyitadi. Shuningdek, dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlar o‘quvchilarda o‘sish va rivojlanish darajasini tahlil qilish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish hamda bu borada targ‘ibot-tashviqot amaliyoti uchun zarur bo‘lgan qo‘llanmalar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Ish tuzilmasining tavsifi.
Dissertatsiya 3 ta bobdan iborat bo‘lib, har bir bob qisqacha xulosalangan. Shuningdek, ishda Kirish, Xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar keltirilgan.
Dissertatsiyada 11 ta jadval, 3 ta chizma hamda 5 ta ilova berilgan. Ishda 60 dan ortiq turli adabiyotlar hamda Internet materiallaridan foydalanilgan. Dissertatsiya 72 sahifada bayon qilingan.

I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI. BOLALAR HAMDA O‘SMIRLARDA O‘SISH VA RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1. Bolalar hamda o‘smirlarda o‘sish va rivojlanishning umumiy
fiziologik xususiyatlari

O‘sish va rivojlanish inson umrining muhim davri bo‘lgan bolalik, o‘smirlikdagi eng asosiy jarayon bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra o‘sish va rivojlanish muammosi doimiy ravishda o‘rganib boriladigan masalalardan biridir.


O‘sishning biologik ma’nosi deganda tana kattalashib, organizmning takomillashishi tushuniladi. Shuning uchun ham balog‘atga yetish o‘sishdan to‘xtash bilan deyarli bir vaqtga to‘g‘ri keladi. O‘sish tezligi biologik qonunlarga bo‘ysunadi, ammo bu jarayon tashqi muhit omillariga ham bog‘liq. Bu omillarning ba’zilari o‘sishni rag‘batlantirsa, boshqalari unga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, bolalarning jismoniy rivojlanishi baholanganda, irsiyat omillaridan tashqari, ular o‘sayotgan ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarni han e’tiborga olish kerak [2.54].
O‘sish deganda tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, ya’ni bo‘yning cho‘zilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma’lum yoshgacha to‘xtovsiz o‘sib boradi, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomutanosib o‘sishi, turli yoshda har xil jadallikda bo‘lishi mumkin. Shunga qaramasdan barcha to‘qima va hujaylarda, ya’ni a’zolarda o‘sish bir vaqtda kechadi. Bu jarayon ayollarda o‘rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O‘sish bilan birga a’zolar bajaradigan vazifasining ortishi kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o‘sayotgan organizm to‘qima, hujayra va a’zolarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o‘smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo‘lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo‘lishiga aytiladi. Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi [2.41; 2.54].
Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, tayanch-harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkab-lashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi [2.36].
Jismoniy rivojlanish aholining salomatligini ifodalashda qo‘llaniladigan muhim va zarur ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida davlat va jamiyat holati haqida ham fikr yuritish mumkin. Sotsial-ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan to‘kis mamlakatlarda yashaydigan aholining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari ham nisbatan yuqori bo‘ladi.
Ontogenezning rivojlanish bosqichlarida barcha a’zolar, to‘qimalar yaxlit organizmning o‘sish o‘lchamlari asosiy qonuniyat sifatidagi rolni bajaradi. Organizm a’zolari va fiziologik tizimlarning unumdorligi asosan ularning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, o‘lchamlarining ortishi esa tabaqalash va sifatiy jihatdan tomirlashish jarayonlari bilan birga kechadi. Tananing o‘sish o‘lchamlari oldindan o‘sish va skeletning shakllanishi bilan aniqlanadi. Bu jarayonlar esa genetik jihatdan dasturlangan. Genetik jihatdan berilgan tayyorlangan dasturlarni amalga oshirilishi o‘z-o‘zini boshqarish tizimlari bilan bajariladi [2.36; 2.49].
O‘sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanib, uzluksiz ilgarilovchi jarayon ko‘rinishida bo‘ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki faoliyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to‘laqonli rivojlanganligini ko‘rsatmaydi. Aynan shunday o‘ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi. Organizm o‘sishi va rivojlanishida barcha davrlarni, jumladan, bolalik, o‘smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o‘tadi. O‘sish organizmning miqdor ko‘rsatkichi, rivojlanish esa sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, bu ikki jarayon notekislik, ya’ni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi [2.36].
B.Sodiqov va boshqalarning e’tirof etishicha, ontogenezning eng muhim davri bo‘lgan bolalik davriga organizmning tez o‘sishi va rivojlanishi xosdir. O‘sish juda ko‘p metabolik jarayonlar, ya’ni hujayralar ko‘payishi, ularning kattalashishi, shakllanishi, moddalarning zahiralarda to‘planishi natijasidir. Ammo bola organizmining o‘sishi va rivojlanishi faqat hajmning ortishi, ya’ni miqdoriy o‘zgarish emas. Uning natijasida butun bir organizm va a’zolarning faoliyat ko‘rsatishida sifat o‘zgarishlar ham kuzatiladi.
O‘sish va rivojlanishni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Ammo bu tushunchalar o‘rtasida farq bor. O‘sish deganda tashqaridan kiruvchi moddalar hisobiga organizmda yangi birikmalar hosil bo‘lishi natijasida to‘qima va a’zolar hajmining miqdoriy ko‘payishi ko‘zda tutiladi.
Rivojlanish – a’zo va to‘qimalarning yetilishi, ular faoliyatining mukammallashishi, yangi faoliyatlarning paydo bo‘lishi, ya’ni sifat o‘zgarishlaridir [2.41].

Download 11,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish