O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi


KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi



Download 11,31 Mb.
bet7/27
Sana20.06.2022
Hajmi11,31 Mb.
#680648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 10 05

KIRISH


Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash har bir jamiyatning oldiga qo‘yilgan eng dolzarb va muhim masalalardan biridir. Zero ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom avlod mamlakatning asosiy tayanchi va uni rivojlantiruvchi zaruriy element bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning sihat-salomatligini saqlash bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirishga dunyo miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, BMT qoshidagi Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasida belgilangan rejalarida 10-19 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan strategik investitsiyalarni kechiktirmasdan amalga oshirishning o‘ta muhimligi ta’kidlab o‘tilgan [2.12].
Respublikamizda ham bu borada keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirish ustuvor yo‘nalishida “Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish” dolzarb masalalardan biri etib belgilangan [1.1]. Qolaversa, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq quyidagilar eng muhim tadbirlar sifatida qayd etiladi:

  • sog‘lom farzandlarning tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish;

  • yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • aholi, eng avvalo, yoshlar orasida tibbiyot va ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish;

  • o‘smirlar, ayniqsa, o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish va b.

Shuningdek, 2020 yil 24 yanvar kuni Sh.Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada, “jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifa” ekanligi ta’kidlab o‘tildi [1.2].
Bolalar va o‘smirlarning salomatlik darajasini o‘rganish hamda baholashda ularning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ko‘plab tadqiqotchilarning e’tibori ana shu boradagi ishlarga qaratilgan.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash nafaqat Respublikamiz, balki dunyo miqyosida ham o‘z dolzarbligi yo‘qotmagan muammolardan biridir. Buning ustiga turli yoshdagi bolalar, o‘quvchilar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish meyorlari o‘rtacha 10-15 yilda o‘zgarib turishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, masalaning naqadar muhimligi yanada ayon bo‘ladi.
UNICEF tomonidan O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, turli yoshdagi ayollar va bolalar o‘rtasida ortiqcha vazn hamda semizlikning tarqalishi tez sur’atlarda ortib bormoqda va xavotirli darajaga yetgan [3.9].
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgani singari mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy rivojlanish darajasini yaxshilash, sihat-salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish bo‘yicha ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan bu masala hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator qarorlar, farmonlar va boshqa meyoriy hujjatlarda o‘z aksini topmoqda. Biroq hali bu borada o‘z yechimini topmagan muammolar talaygina.
O‘sish va rivojlanishni o‘rganish dunyo miqyosida ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, N.A.Skoblina, O.Y.Milushkina va boshqalarning yirik tadqiqotlarida turli yoshdagi bolalar hamda o‘smirlarning o‘sish va rivojlanishini o‘rganish bilan bog‘liq qator masalalar mavjudligi qayd etib o‘tilgan. Mualliflar jamoasi bunday dolzarb muammolar qatoriga akseleratsiya, o‘sish va rivojlanishning mintaqaviy va mahalliy xususiyatlarini o‘rganish, zamonaviy meyorlar ishlab chiqish, o‘sish va rivojlanishga har xil omillarning ta’siri, muammoni turli sohalar aloqadorligida o‘rganish va boshqa shu kabi masalalarni kiritishgan [2.49].
Ma’lumki, jismoniy rivojlanish bo‘yicha tadqiqotlar ancha yillar ilgari standartlashtirilgan. Biroq shunga qaramasdan hozirgacha uni baholash metodologiyasida yagona yondashuv mavjud emas. Hozirda jismoniy ko‘rsatkichlarni baholashning eng informatsion usullarini va rivojlanish standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ba’zi mualliflarning fikriga ko‘ra, jismoniy rivojlanish standartlari har 5 yilda bir marta ko‘rib chiqilishi kerak. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti har 10 yilda bir marta intensiv ravishda jismoniy rivojlanish standartlarini yangilashni tavsiya qiladи [2.5].
Aytib o‘tilganlardan kelib chiqib shuni ta’kidlash o‘rinliki, bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish darajasini doimiy ravishda, uzluksiz aniqlab borish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan muhim muammolardan biri hisoblanadi.

Download 11,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish