Tuxum tuzilishi va kimyoviy tarkibi
Tovuq tuxumining kesilgan ko‘rinishi:
1.tuxum po‘stlog‘i;
2.g‘ovaklar;
3.po‘stlog‘ osti qobig‘;
4.havo kamerasi;
5.tuxum oqi qobig‘i;
7.tuxum oqi;
8.gradinkalar;
9.tuxum sarig‘i qobig‘i;
10.tuxum sarig‘i;
11.zarodishli disk.
Tovuq tuxumi asosiy 3 qismdan iborat :
1.Tuxum po‘stlog‘i (taxminan tuxumning 12% og‘irligini tashkil qiladi);
2.Tuxum oqi (56%);
3.Tuxum sarig‘i (32%)
Tuxumning kimyoviy tarkibi va oziqlik qiymati
Tuxum tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma moddalar mavjuddir. Ayniqsa tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, lesitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, Ye vitaminlariga boyligi uchun parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tovuq tuxumi tarkibiga: oqsillar - 12,7%, yog‘lar - 11,5%, uglevodlar - 0,7%, mineral moddalar - 1,0%, suv - 74,0%, darmondarilardan -A, D, V1, V2, RR va boshqalar kiradi.
100 g tovuq tuxumining energetik qiymati 157 kkal yoki 657 kDj. Tuxum oqi va sarig‘ining kimiyoviy tarkibi bir-biridan farq qiladi. 100 g tuxum oqining energetik qiymati 47 kkal yoki 176,8 kDj. Tuxum oqini ko‘pirtirganda quyuq va mustahkam ko‘pik yuzaga keladi.
Tuxumni qovurib pishirish usullari.
Tuxumni qovurib yaxlit tuxum quymoq, omletlar, quymoqlar pishirish mumkin. Yaxlit tuxum quymoq: tuxum4dona, yog' I5g. Tuxumni chaqib tovadagi ozgina qizdirilgan yog'ga sarig'i yoyilib ketmaydigan qilib solinadi, yuziga mayda tuz sepiladi.Bunda olov pastroq bo'lishi lozim.aks ho I da,t uxumning chetlari kuyishi mumkin. Tuxumni 2-3 daqiqa oqi qotguncha aralasbtirmay qovuriladi.O'rtasidagi sarig'i esa ko'zdek bo'lib turadi.Pishgan tuxumni likopchaga solinib dasturxonga tortiladi.
Buterbrodlar ko‘p ishlatiladigan gazak turi hiso'b-lanadi, Ular uchun bug‘doy yoki javdar nonlari qobig‘i bilan yoki qobiqsiz holda 1 sm. qalinlikda kesib tay-yorlanadi. Buterbrodlar uchun go‘sht, baliq, gastronom mahsulotlari, pazandalik mahsulotlari, pishloqlar, pishloq massalari, povidlo, djem, tuxum, sariyog‘, yog‘ aralashmalari, har xil sardaklar, sabzavotlar, meva-lar va boshqa mahsulotlar ishlatiladi. Bu mahsulot-lar ta’mi, rangi bilan bir-birining xushxo‘rligini oshiradigan bo‘lishi lozim. Buterbrodlar -uchun mahsu-lot yupqa kesilishi va non ustini to‘liq berkitishi kerak. Mahsulot turiga qarab buterbrod ustiga 1—3 bo‘lakdan kesilishi mumkin, lekin undan ortiq bo‘lakda kesish tavsiya etilmaydi. Buterbrodlarni tayyorlashda mahsulotlar iste’molga tarqatishdan avval kesilishi lozim, agar iste’molga tarqatish jarayoni biroz cho‘-zilib qolsa mahsulot 30—40 daqiqagacha sovuq xonada saqlanishi kerak. Buterbrodlar tayyorlanishi bo‘yicha ochiq, yopiq (sanvich) va gazak uchun (kanape) tayyorla-nadi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |