61
asarini yozadi. Bu asarda dinning va cherkovning diniy -sxolastik aqidalarini keskin tanqib qilib
chiqadi.
Cherkov inkvizatsiyasi uni ham qamoqqa olib, Rimda sud qilishadi, «tavba qildirishadi». U
sud jarayonida, go‘yo o‘z qarashlari noto‘g‘ri, ulardan qaytganligini tan oladi. Sud xukmi o‘qilib
bo‘lganidan keyin, sud zalidan, qamalmasdan, chikib ketishi oldida, odamlarga karata: «Baribir,
Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi» deb chiqib ketadi. Shunday qilib, uyg‘onish davrida tabiatni, olamni
bilishning o‘sishi, fanning din xukumronligidan ozod bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
XVII - XVIII asrlar G‘arbiy Yevropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu davr Yevropa
mamlakatlarida O‘rta asrchilik feodal munosabatlari tugatilib, kalitalistik munosabatlar to‘liq qaror
topadi va rivojlana boshlaydi. Kalitalistik ishlab chiqarish ehtiyoji tabiatni, insonning o‘zini,
jamiyatni ilmiy o‘rganish, bilishni takazo qiladi va uni o‘rganishni tezlashtiradi. Dengizlarda savdo
munosabatlarining o‘sishi kemasozlikning rivojlanishiga, kemalar Yer shari bo‘ylab ilmiy
ekspeditsiyalarning uyushtirilishi, yangi yerlar, yangi kitalarni ochilishiga olib keladi. Yangi
geografik kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshunoslik bilimlari, mexaniqa, matematika, fizika,
kimyo, astronomiya soxalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, O‘rta asr sxolastikasi va diniy
aqidalarni uloqtirib tashlanadi. Yangi ilmiy dunyoqarash shakllana boshlaydi. Bunda nemis olimi
Keplerning sayyoralarning harakati, qonunlarining ochishi, ingliz olimi Isaak Nyutonning olamning
tortilish qonunlarini kashf etilish, ingliz faylasufi F.Bekon tomonidan insonning dunyoni bilishdagi
muhim rol o‘ynovchi induktiv metodni ishlab chiqishi, fransuz olimi Rene Dekartning inson
bilimining hosil bo‘lishiga oid detuktiv metodni asoslab berishi muhim rol o‘ynaydi. Shular asosida
bu davr falsafasida metafizik va metamexanistik materializm karor topadi. Metafizik va mexanistik
materializmning namoyoidalari F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs fransuz faylasuflari R.Dekart, P.Kobak,
Lametri va Gelvetsiy qarashlarida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Bu yangi davrda tabiatni bilishga intilishning kuchayishi natijasida falsafada empirik va
ratsionalistik oqimlar vujudga keladi. Empirik okimning asoschisi F.Bekon hisoblanadi. Uning
qarashicha, tabiatni bilishning manbai bu - tajriba, ekstteriment, kuzatishdir. Inson sezgi a’zolari
orqali tabiat to‘g‘risida hosil kilingan faktlar, dalillar va ma’lumotlarni tajriba orqali tekshirishi,
aniqlashi, undagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Shu asosda insoning tabiat
to‘g‘risidagi to‘g‘ri, to‘lik bilimlari hosil bo‘ladi.
F.Bekonning falsafa va fan tarixidagi eng katta xizmati - uning inson bilishining induktiv
metodini ishlab chiqishidir.
Ratsionalistik oqimning asoschisi fransuz faylasufi Rene Dekartdir. Dekart ta’limoticha,
insonning tabiatni bilishining birdan-bir to‘g‘ri metodi bu aqlga asoslangan deduktiv metoddir.
Dekart o‘zining bu qarashlarini «Metod to‘g‘risida mulohazalar» asarida bayon qiladi. U o‘z asarida
insonning tabiatni bilishida quyidagi talablarni ilgari suradi.
1. Haqikat, deb karalgan bilim fakat akd nuktai nazaridan aniq, ravshan, shubhalardan xoli bo‘lgan
nazariy xulosalari asosida chiqarilgan fikrlar bo‘lmog‘i lozim.
2. Har bir murakkab muammo yoki masalani ularning tarkibini tashkil qilgan muammo va
masalalarga ajratish, bo‘lish lozim.
3. Bilishda isbot bo‘ladigan, ma’lum bilimlardan hali noma’lum va isbot qilinmagan bilimlarga
o‘tib borish zarur.
4. Tadqiqot hakidagi fikrlar - bilimlarni tashkil etgan mantiqiy xalqalardan xulosa chiqarishda
birontasi ham tushirilib yoki e’tiborsiz koldirmaslign lozim. Dekartning qarashlariga ko‘ra inson
bilishining birdan-bir manbai - bu tafakkur aqliy saloxiyatidir. Uning qarashicha, insonning sezgi
a’zolari, tajribalari hamma vaqt ham to‘g‘ri bilim beravermaydi, shu sababli ularga inson o‘z bilish
jarayonida to‘liq ishonmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: