1.
Yangi va eng yangi davr g‘arb ma’naviyatida nnson muammosi.
2.
Yangi va eng yangi davr G‘arb ma’navnyatpda jamiyat muammosi.
3.
Yangi va eng yangi davr G‘arb ma’naviyatida davlat muammosi.
XVII -XVIII asrlar G‘arbiy Yevropa taraqqiyotida yaigi davr hisoblanadi. Bu davr Yevropa
mamlakatlarida O‘rta asrchilik feodal munosabatlari tutatilib, kalitalistik munosabatlar to‘lik qaror
topadi va rivojlana boshlaydi. Kalitalistik ishlab chikaraish extiyoji tabiatni, insonning o‘zini,
jamiyatni ilmiy o‘rganish. bilishni takazo qiladi va uni o‘rganishni tezlashtiradi. Dengizlarda savdo
munosabatlarining o‘sishi kemasozlikning rivojlanishiga, kemalar Yer shari bo‘ylab ilmiy
ekspeditsiyalarning uyushtirilishi, yangi yerlar, yangi qit’alarii ochilishiga olib keladi. Yangi
geografik kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshumoslik bilimlari, mexaniqa, matematika, fizika,
kimyo, astronomiya sohalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, O‘rta asr sxolastikasi va diniy
akidalarni uloktirib tashlanadi. Yangi ilmiy dunyoqarash shakllana boshlaydi. Bunda nemis olimi
Keplerning sayyoralarning harakati, qonunlarining ochishi, ingliz odimi Isaak Nyutonning
olamning tortilish qonunlarini kashf etilish, ingliz faylasufi F.Bekon tomonidan insonning dunyoni
74
bilishdagi muhim rol o‘ynovchi induktiv metodni ishlab chiqishi, fransuz olimi Rene Dekartning
inson bilimining hosil bo‘lishiga oid detuktiv metodni asoslab berishi muhim rol o‘ynaydi. Shular
asosida bu davr falsafasida metafizik va metamexanistik materializm karor topadi. Megafizik va
mexanistik materializmning namoyondalari F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs fransuz faylasuflari
R.Dekart, P.Kobak, Lametri va Gelvetsiy qarashlarida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Bu yangi davrda tabiatni bilishga intilishning kuchayishi natijasida falsafada empirik va
ratsionalistik oqimlar vujudga keladi. Empirik oqimning asoschisi F.Bekon hisoblanadi. Uning
qarashicha, tabiatni bilshning manbai bu - tajriba, eksperiment, kuzatishdir. Inson sezgi a’zolari
orqali tabiat to‘g‘risida hosil qilingan faktlar, dalillar va ma’lumotlarni tajriba orqali tekshirishi,
aniqlashi, undagi hato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Shu asosda insoning tabiat
to‘g‘risidagi to‘g‘ri, to‘liq bilimlari hosil bo‘ladi.
F.Bekonning falsafa va fan tarixidagi eng katta hizmati - uning inson bilishining induktiv
metodini ishlab chiqishidir.
Ratsionalistik oqimning asoschisi fransuz faylasufi Rene Dekartdir. Dekart ta’limoticha,
insonning tabiatni bilishining birdan-bir to‘g‘ri metodi bu aqlga asoslangan deduktiv metoddir.
Dekart o‘zining bu qarashlarini «Metod to‘g‘risida mulohazalar» asarida bayon qiladi. U o‘z
asarida insonning tabiatni bilishida quyidagi talablarni ilgari suradi;
Haqiqat, deb qaralgan bilim fakat aql nuqtai nazaridan aiiq, ravshan, shubhalardan xoli
bo‘lgan nazariy xulosalari asosida chiqarilgan fikrlar bo‘lmog‘i lozim.
Har bir murakkab muammo yoki masalani ularning tarkibini tashkil qilgan muammo va
masalalarga ajratish, bo‘lish lozim.
Bilishda isbot bo‘ladigan, ma’lum bilimlardan hali noma’lum va isbot qilinmagan bilimlarga
o‘tib borish zarur.
Tadkiqot hakidagi fikrlar - bilimlarni taishkil etgan Mantiqiy xalqalardan xulosa chiqarishda
birontasi ham tushirilib yoki e’tiborsiz koldirmasligi lozim. Dekartning qarashlariga ko‘ra inson
bilishining birdan-bir manbai - bu tafakkur, aqliy saloxiyatidir. Uning qarashicha, insonning sezgi
a’zolari, tajribalari hamma vaqt ham to‘g‘ri bilim beravermaydi, shu sababli ularga inson o‘z bilish
jarayonida to‘liq ishonmasligi zarur.
O‘rta asrlarda Ovrupoda yuz bergan Uyg‘onish davri G‘arbda ijtimoiy hayotning turli
soxalarida taraqkiyotni tezlashtirib yubordi. Uyg‘onish davrining asosiy g‘oyalari, garchi diniy-
axloqiy cheklovlarga qarshi kurash, harbiy va siyosiy kudratni mustahkamlash, ilm-fan,
ijodkorlikka keng yo‘l ochishga qaratilgan bo‘lsa-da, keyinchalik inson intilishlarining barcha
tomonlarini kamrab oldi. O‘sha vaqtlarda G‘arbiy Ovrupo mamlakatlarining barchasida ham
boshqaruv masalasida cherkovning ta’siri juda kuchli bo‘lib, davlat ahamiyatiga molik har qanday
masala uning ishtirokida hal etilar edi. Hatgo davlat rahbarlarini tayimlash masalasini ham ba’zida
cherkov xal qilardi. Bunday tartib nafaqat kuyi tabaqa, balki oliy tabaka vakillariga ham yoqmas,
cherkov huquqlarining cheklanishi ular uchun katta imkoniyat ochib berar edi. Ana shu maksad sari
intilish XUIII-XIX asrlarda G‘arbiy Ovrupo davlatlarida zodagon tabaqa vakillari tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan inqilobiy g‘oya va harakatlarni yuzaga keltirdi. Bu harakatlar jamiyat
hayotiga ta’sir qilib, asta-sekin davlat boshqaruvining cherkov ta’siridan ozod bo‘lishi, ayni vaktda
din vakillari tomoni-dan belgilanadigan inson huquqlarining dunyoviy hokimiyat idoralari
ixtiyoriga o‘tishiga olib keldi.
Din vakillari ishtirokidagi ilgarigi boshqaruv inson manfaatlari masalasiga shyuhiylashtirilgan
qonun-koidalar asosida e’tibor qaratar, ya’ni hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha ularning
diniy aqidalarga kanchalik mos yoki mos emasligidan kelib. chiqkan holda xukm chiqarar edi. Shu
bilan birga, ma’naviy qadriyatlar, axloq-odob, dunyoqarash borasida ham diniy qarashlar
xukmronlik qilar edi. Cherkov va davlat xokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketishi
boshqaruv masalasida uzok vaqt davom etgan kurashlarga sabab bo‘ldi. Oxir-oqibatda xalqqa yon
bosgan davlat xokimiyati cherkovdan ustun keldi. Shundan e’tiboran G‘arbda feodal jamiyat
barham topdi. Uning o‘rniga vujudga kelgan kalitalistik tuzum o‘z manfaatlari yo‘lida diniy
akidalar takiklab kelgan juda ko‘p erkipliklarni asta-sekin qonuniylashtira boshladi. Demokratiya
yo‘lidagi ommaviy kurashlar aynan ana shu davrlarda boshlandi. Davlatlarning parlamentar shaklga
75
o‘tishi, konstitutsiyaviy qonun-qoidalarning joriy etilishi bu kurashlarni ommaviy namoyishlar,
xatto davlat kuchlari bilan to‘qnashuvlar darajasiga olib chikdi.
Hozirgi rivojlangan G‘arb tamaddunining asosi inson manfaatlari masalasi bilan bog‘liq ana
shu erkinliklarni ximoya qilish zaminida karor topdi. Shaxs erkini qonunlashtirish G‘arbning
madaniy jihatdan gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq rivojlandi, insonning yaratuvchilik
kobiliyati keng namoyon bo‘lib, ilm-fan taraqqiy topdi.
Albatta, bu taraqqiyot va uning rivojlanish tezligi sifat va saloxiyatda ilgorlikka intilayottan
boshqa mintaka mamlakatlariga ham ta’sir qilmay kolmas edi. Bundan tashqari, XX asr avvalida
paydo bo‘lib keyinchalik Birinchi jaxon urushiga sabab bo‘lgan dunyoni qayta taqsimlash, yerosti
boyliklariga egalik qilish istagi dunyoni g‘arblashtirish g‘oyasini yangi asosda rivojlantirishni
zaruratga aylantirdi.
Bu masalaga chuqurrok nazar tashlaydigan bo‘lsak, Rarbiy Oyerupo xalqlari, garchi inson
hukuq va erkimliklari yo‘lida mashakkatli kurashlar olib oorgan, bu borada salmoqli yutuklarga
erishgan bo‘lsa-da, aslida bu natijalar boylik va kuch-kudratga asoslanishi ayon bo‘ladi. Boylik va
kuch-kudratga esa — bu hech kimga sir emas — boshqa xalqlarni talash, ularning erkinliklarini
oyokosti qilish, har tomoilama o‘ziga qaram etish hisobiga erishiladi. Insonga erk berish, bu
masalani "birinchi bo‘lib kashf etish" g‘oyalari borib-borib — ayollar emansipatsiyasi uchun kurash
jarayoniga ulanib ketdi va bu harakat XIX asr oxirlariga kelib avj nuktasiga yetdi.
Ammo insoniyatning necha ming yillik hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, erkinlik, bir
tomondan, inson kamoloti uchun sharoit yaratib, iste’dodlarning ro‘yobga chiqishi, ilm-fan va
texnik taraqqiyotning gullab-yashnashi, goksak iqtisodiy taraqqiyotga sabab bo‘ldi, ikkinchi
tomondan, necha asrlar davomida shakllangan ma’naviy qadriyatlarga bepisand qarash, milliy
an’analardan voz kechish, misli ko‘rilmagan axloqiy inkirozlarga olib keldi.
Ma’lumki, inson bu yorug‘ dunyoda yakkamaxov bo‘lib umrguzaronlik kila olmaydi,
aksincha, uning barcha fazilatlari jamiyat ichida yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat esa muayyan urf-
odat, axlok-odob me’yorlari, xatti-harakat qoidalari, ijtimoiy tartiblarga bo‘ysunishni, burch va
mas’uliyatni xis etishni, oila sha’ni, vatan, millat sharafi uchun kurashib yashashni taqozo qiladi.
Bordiyu inson butunlay moddiy ehtiyojlar quliga aylanib qolsa, hayvondan farki qolmaydi.
Hamma narsani moddiy boylik, manfaat bilan o‘lchash falsafasi G‘arb xalqlari madaniyati va
ma’naviyatida ko‘plab buzilishlarga sabab bo‘ldi. Bunday salbiy jarayon uch yuz yil davomida
ijtimoiy, ilmiy-texnik taraqqiyotni ko‘zlab qonunlashtirilgan erkishshklar, kuch-qudrat va har
qanday moddiy boylikni, hatgo tana go‘zalligini ham, odob-axloq va ma’naviy go‘zallikdan ko‘ra
ustun ko‘yishni fazilat sifatida namoyish qilish oqibatida kelib chiqdi. Shu tariqa jismoniy va aqliy
kuch, tashki sifat barcha muammolarni hal etish vositasiga aylanib bordi. Lekin odob-axlok,
ma’naviyat kabi inson ruhoniyatiga tegishli xususiyatlar erkinliklarni qonunlashtirish jarayonida
borgan sari o‘z o‘rnini yo‘qotib bordi. Oqibatda XX asrning ikkichi yarmida G‘arb dunyosida
ma’naviy qadriyatlardan begona avlod vujudga keldi. Asosiy intilishlarini sivilizatsiya, taraqqiyot
sohasidagi yetakchilikka, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy, texnologik ustunlikka qaratgan
Ovrupo tamadduni erkinliklarning ma’naviy sifatiga yetarlicha e’tibor kilmadi va bu holat hozir
ham davom etmokda. Ma’naviyatdagi bunday oksoklik uzok yillar davom etgan texnokratik
dunyoqarash soyasida bilinmay keldi. Ko‘p asrlar mobaynida diniy an’analar va ular belgilab
bergan koidalar asosida yashab kelgan Ovrupo sivilizatsiyasi hakiqiy taraqqiyotni boylik va kuch-
kudratga b\;lgan ehtiyojni qondirishda deb bildi, insonga barcha sharoit hamda imkoniyatlarni shu
tarika yaratib berishga karatilgan urinishni "ma’naviy va’zlar"dan xalos qyladigan vositaga
aylantirib bordi.
Ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan uzoklashish, ayollar erkinligi, ularning haq-hukuqlarini
erkaqlarniki bilan tenglashtirishga urinish XX asrning 60-70-yillariga kelib G‘arbda yuksak
darajaga ko‘tarildi. Boylik va kuch-kudratning birinchi o‘ringa chiqishi, chegarasiz, tiyiqsiz
erkinliklar nafakat ayollar, balki erkaqlar ma’naviyatida ham buzilishlarni kuchaytirib gobordi va
bugungi axloq, to‘g‘rirogi, axloksizlik ana shunday manbalardan oziqlandi, deyish mumkin.
"Ma’no axtarib" kitobini o‘kigan har qanday odam bugungi Ovrupo haqida ana shunday
tashvishli manzaralarni ko‘z oldiga keltiradi. Kitob iste’fodagi polkovnik A.YE.Machexin
76
tomonidan tuzilgan. Unda turli davr va xalqlarning 1300 nafar mutafakkir donishmandi, shoiru
olimlarining fikr-mulohazalari jamlangan. Tavrot, ynjil, Qur’on, Talmut hikmatlari, Budda
nasixatlari ham keltiriladi.
Mazkur hikmatlarda inson va uning xilqati, hayot, umr ma’nosi, odamiylik haqiqatlari, tiriklik
va o‘lim, ma’naviy yuksalish va ahlokiy tanazzulning sabab-oqibatlari hakida mushohada yuritiladi.
Quvonarlisi shundaki, kitobdan yuzdan ortik Sharq donishmandlari, jumladan, Yusuf Xos Hojib,
Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Nodira, Oybek kabi o‘zbek allomalarining fikrlari ham o‘rin olgan. Unda
bir-birini to‘ldiradigan, bir-biriga zid fikrlar qam bor. Olam va rdam munosabati, takdiri azal hukmi
va unga chal berish ilinjidagi harakatlar, ruxiy erkinlikii qo‘msash, muxabbat va iafrat, fojia va baxt
keltiradigai xodisalar haqida kishini chuqur o‘yga toldiradigan fikrlar jamlangan. Optimistlar va
pessimistlar, materialistlar va idealistlar ham, donishmald gumanistlar, hatto axlokii, ma’naviyatni
rad etadigan olimlarning qarashlariga ham o‘rin berilgan.
1.
Kitob "Ming yilliklar xikmati" turkumida chop etilgan. Shu bois uni o‘kiganda bamisoli
insoniyatnimg tafakkur tarixi, dardu xasrati, o‘zini anglash bosqichlari bilan tanishganday
bo‘lasiz. Unda jamlangan fikrlar aslida insoining Inson uchun kurash tarixidir. Abu A’lo,
Umar Xayyom. Jomiy, Navoiyning goyalari, Aflotun. Lrastu, L.Tolstoy, I.Ilinniig
karashlari bilan mushtarak, uyg‘un bo‘lib ketadi.
2.
Aypiqsa, XX asrga kelib, insoniyatning ma’naviy inkirozga yuz tutishi faylasuflar,
adiblar, umuman qalbi nozik insonlarni qanchalik bezovta qiyagani ham mutolaa
jarayonida yaqqol seziladi. Kitobpi o‘qiganingizda buni chuqur xis qilish barobarida
bunday inqirozlan kutilish yo‘llari haqida altilgan umidbaxsh fikrlarga ham duch kelasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |