2. Havo namligi.
Nam zapasi bilan cheklanmagan holda mumkin bo’lgan eng ko’p
bug’lanishga mumkin bo’lgan (potentsial) bug’lanish
deyiladi.
Mumkin bo’lgan bug’lanishda – suv zapasi cheklanmagan sharoitda, masalan, suv
havzalari yuzasida mumkin bo’lgan bug’lanish va bug’lanish miqdori suv bilan havo haroratiga,
shamol hamda uning turbulentligiga, havo namligi va suv bug’lanayotgan yuzaning xarakteriga
bog’liq.
Sayyoramiz yuzasidagi suvning bug’lanishi haroratga, shamollarga hamda
o’simliklarga bog’liqdir. O’rta hisobda Yer yuzasidan 1 yilda 1000 mm, jumladan okean
sathidan 1240 mm, quruqlik yuzasidan 480 mm namlik bug’lanadi, ya’ni atmosferaga keladigan
suv bug’larining 86 %ga yaqini dengiz va okeanlar. Faqat 14 % igina quruqlik yuzasidan
bug’lanadi. Yiliga butun Yer sharidan 518600 km
3
suv bug’lanadi, buning 447900 km
3
qismi
okean
yuzasidan, 70700 km
3
qismi quruqlikdan bug’lanadi.
Tropiklarda, issiq va quruq iqlimli cho’llarda eng ko’p, 1 yilda 3000-4000 mm namlik
bug’lanishi mumkin. Aksincha, sovuq iqlimli Arktika zonalarida bug’lanish miqdori 1 yilda 100
mm dan oshmaydi.Amudaryoning quyi qismida esa yiliga 2000 mm namlik bug’lanadi.
Bug’lanish miqdorining o’zgarishiga shamol ham ta’sir etadi – shamol nam havoni boshqa
tomonga surib, uning o’rniga quruq havo olib keladi . Tezligi sekundiga 0,25 m bo’lgan shamol
ham bug’lanishni 3 marta oshiradi. Shuningdek, o’rmonli, o’tloqli yerlarda yalang yerga nisbatan
bug’lanish 3 marta ortiq bo’ladi.Bug’lanish tabiatda suvning aylanib yurishiga, yog’in hosil
bo’lishiga imkon beradi.
Bug’lanish atmosferaning issiqlik balansida katta rol o’ynaydi va shuning uchun ham u
iqlim hosil qiliuvchi muhim jarayondir. Bug’lanishga sarflangan Quyosh radiatsiyasi nam havo
bilan materiklarga o’tadi va bu yerda yog’in yog’ayotganda yana ajralib chiqadi. Bunda
bug’lanishga qancha issiqlik sarflangan bo’lsa, shuncha issiqlik hosil bo’ladi. Havo suv
bug’larining ma’lum miqdorini qabul qila oladi, ya’ni yuta oladi, so’ngra havo to’yinadi. Havo
namligi uch ko’rsatqich bilan xarakterlanadi:
A) absolyut yoki solishtirma namlik; V) Nisbiy namlik; S) Nam defitsiti.
Absolyut yoki solishtirma namlik - ma’lum vaqtda havoda bo’lgan suv bug’larining
miqdori. U bir kub metr havoda qancha gramm suv borligi bilan yoki simob ustunining
millibarlari bilan o’lchanadi. Absalyut namlik harorat ta’sirida yoki quruqlik yuzasining holati
(suv, tog’, cho’l, vodiy va h.k.) ta’sirida o’zgarib turadi. Harorat ko’tarilgan sari absalyut
namlik ortadi. Masalan, ekvatorda 1 m
3
havo tarkibida 25 mm, tropiklarda 20 mm, cho’llarda
4,5-5,5 mm absaolyut namlik bo’lsa, qutb o’lkalari sohillarida 2-3 mm namlik bor
xolos.Yuqoriga ko’tarilgan sari havoda absalyut namlik kamayib boradi Yer yuzida
(Yevropada) 6,66 mm bo’lsa, 1000 m balandlikda 0,52 mm, 10000 m balandlikda 0,02 mm nam
bor).
Absalyut namlik haroratga to’g’ri proportsional bo’lsa, aksincha, nisbiy namlik aroratga
teskari proportsionaldir. Chunki harorat qancha issiq bo’l-sa, havo to’yinishdan shuncha uzoq
bo’ladi. Ya’ni nisbiy namlik kam bo’ladi. Demak, havoda ma’lum vaqtda suv bug’lari
miqdorining to’yinishiga nisbati, ya’ni to’yingan daqiqada unda bo’lishi mumkin bo’lgan suv
bug’larining miqdori
nisbiy namlik
deyiladi. Nisbiy namlik % bilan ifodalanadi. Masalan 0
0
dagi
1 kub metr havoning to’yinishi uchun 4,85 g suv bug’i kerak. Lekin o’sha 1 kub metr havoda
haqiqatda 3,88 g suv bug’i bo’lsa, u taqdirda nisbiy namlik 3,88x100:4,85=80% bo’la-di.
Nisbiy namlik yozdagiga qaraganda qishda yuqori bo’ladi. Xavoda nisbiy namlik 100 % ga
yetgandagina yog’in yog’a boshlaydi.
Agar sinoptiklar namlik haqida gapirganda albatta havodagi nisbiy namlikga murojaat etadi.
Nisbiy namlik qo’yidagi formula asosida topiladi:
nisbiy namlik=100*mutloq namlik
90
Masalan havoda o’rganilayotgan vaqtda ma’lum bir haroratda unda bulishi mumkin bo’lgan
namning yarmisi bo’lsa, uning nisbiy namligi 50% ga teng bo’ladi. Nisbiy namlik haroratga
bog’liq holda bo’ladi.
78
Nisbiy namlik bilan suv bug’larining faktik elastikligi orasidagi farq (ayirma)
Do'stlaringiz bilan baham: |