O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti «gumanitar fanlar kafedrasi»



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/212
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#624474
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   212
Bog'liq
fayl 2587 20220225

Stratosfera . 
Stratosfera troposferadan yuqorida joylashgan. Bu qatlamda havo harorati 
asta sekin ko’tariladi. Stratosferada ozon qatlami joylashgan bo’lib, u yer yuzasini ultrabinafsha 
nurlardan saqlaydi. Yer yuzasidan ko’tarilgan konvektiv havo oqimi yeta olmaydigan 
balandliklardan boshlanadi. Stratosfera 40 – 60 km. gacha ko’tariladi. Mazkur qatlamda havo 
xususiyatlarining sifat jihatidan sekin o’zgarishiga Yer yuzasi ta’sirining birdaniga kamayishi 
sabab bo’ladi. Stratosferada atmosferaning 20% massasi tuplangan. Ushbu qatlamda havoning 
zichligi va bosimi juda kam. Shuning uchun bu yerda faqat binafsha rangli nurlar tarqaladi, shu 
sababli osmon binafsha rangda bo’ladi. Stratosfera ham troposferadagi gazlardan iborat, ammo 
bu yerda ozonning ulushi ko’proq, ammo miqdori kam. Stratosferada ozon 15 – 30 km 
balandliklar oralig’ida tarqalgan. Ozonning miqdori kam bo’lishiga qaramay, u troposfera 
xususiyatlarining shakllanishida va Yer yuzasidagi xayotda juda muhim axamiyatga ega. Chunki 
ozon qatlami tirik organizmlar uchun xavfli bo’lgan qisqa to’lqinli ulьtrabinafsha nurlarini yutib 
oladi. Stratosferada 20 km. balandlikkacha xarorat o’zgarmaydi. Bu qatlam quyi qatlam deyiladi. 
Mazkur qatlam ozon pardasi joylashgan balandlikkacha davom etadi. Yuqori qatlamda havo 
xarorati doimo ortib boradi. Buning asosiy sababi ozon qatlamining qisqa to’lqinli radiatsiyani 
yutishi natijasida qizib ketishidir. Mazkur qatlam yuqori stratosfera deb ataladi. Stratosferani 
ozonosfera ham deb atashadi. Troposfera bilan stratosfera o’rtasida gaz almashinib turadi, 
natijada stratosferada suv bug’lari bo’ladi va ozon pardasidan pastda, sovuq qatlamda rang – 
barang tusda tovlanuvchi sadafrang bulutlar vujudga keladi. 
Mezosfera stratosferaning yuqori qismidan, 50 km. balandlikdan boshlanadi va 80 km. 
balandlikkacha davom etadi. harorat yana pasayib boradi va yuqori qismida – 90
0
S gacha 
pasayadi
71
. Bu joyda kumushsimon bulutlar hosil bo’ladi. Havoning zichligi juda ham kam, Yer 
yuzasidagi zichlikdan 200 baravar kam. 
2006 yilda uning maydoni 29.5 mln.km
2
teng bo’lgan. Uning yani ozonning kam miqdorini 
ko’k, so’r va sariq ranglarda tasvirlangan
72
.
Ionosfera
yoki termosfera 800 – 1000 km. balandlikkacha cho’zilgan. Atmosferaning 
juda yirik va murakkab qatlami. Yer tabiatida muhim o’rin tutadi va muhim ahamiyatga ega. 
Azot va kislorod gazlari ionlashgan holatda bo’ladi. Quyoshning ultrabinafsha va elektr 
radiatsiyasi ta’sirida bu gazlarning molekula va atom tuzilishi buziladi. Atomlarning elektron 
qobiqlaridan ayrim elektronlar ajralib chiqadi. Ushbu joydagi fazoda butun atomlar ham, bir 
qism elektronini yo’qotgan atomlar ham va alohida elektronlar ham mavjud. Moddalarning 
bunday holati o’ta gazsimon, ya’ni plazma holati deb ataladi. Bitta elektroni ajralib chiqqan atom 
musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Ajralib chiqqan elektron esa manfiy zaryadga ega bo’ladi. Bu 
elektron neytral atom bilan qo’shilib, uni xam manfiy zaryadlashi mumkin. Shunday qilib, 
70
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish