109
qarab bir xil tabiat zonalarini turli iqlim mintaqalarida qonuniy qaytarilishini aniqlashdi,
Masalan, o’rmon zonalari ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo’tadil mintaqada
uchraydi. Xuddi shunday qaytarilishlarni boshqa tabiat zonalarida uchratish mumkin. Masalan,
cho’l, chala cho’l va dashtlar ham tur-li mintaqalarda qaytariladi. Tabiat zonalarini turli
mintaqalarda takrorlanishi issiqlik va namlik nisbatini takrorlanishi bilan bog’liq. Bunday nisbat
issiqlik, yog’in, bug’lanish, tuproq namligi va boshqalarni nisbatini ifodalovchi koeffitsientlarda
aniq ifodalanadi. M.I.Budiko geografik zonallikning davriy qonuni asoslash maqsadida
qurg’oqchilikning radiatsion indeksi tushunchasini kiritadi. Mazkur indeks radiatsion byudjetni
yoqqan atmosfera yog’inlarini bug’latishga sarflangan issiqlik miqdoriga nisbatidan iborat.
Zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi.Geografik zonallikni to’la tushunib olish uchun
hamma joyi bir xil bo’lgan gipotetik materikda zonalarni joylanishini ko’rib chiqish muhim
ahamiyatga ega. Gipotetik materikning hajmi yer yuzasidagi quruqlik maydoning yarmiga,
shakli esa quruqlikning kengliklar buylab joylashishiga to’g’ri kelsin deb faraz qilinadi. Bundan
tashqari gipotetik materikda tog’lar ham yo’q deb faraz qilinadi. Gipotetik materikning qiyofasi
shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo bilan Shimoliy Afrika, janubiy yarim
sharda esa Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyaga o’xshab ketadi. Gipotetik materikda
tabiat zonalarini joylanishi geografik zonalarni Yer yuzasida tarqalishi aniq qiyofasini beradi.
O’simliklar tuzilishi va hayot formalari.
Botaniklar o’simliklarning tasnifini o’rganadi. Geograflar esa o’simlikoarni umumiy tarzda
o’rganadi. Ular o’simliklarning ayrim turlariga e’tibor qaratishmaydi. O’simliklarning turlari
xilma-xildir. Daraxlar, butalar va o’t o’simliklari shular jumlasidandir. Daraxlar, butalar ko’p
yillikdir. Daraxlar yirik, butalar ulardan kichikroqdir. Lianalar nam ekvatorial o’rmonlarda
o’suvchi va daraxlardan ozuqa oluvchi o’simli hisoblanadi.
Dunyo tabiat zonalari ichida musson o’rmonlarning ahamiyati katta. Musson o’rmonlari
tropik o’rmonlradn farq qiladi. Ularda asosan keng bargli daraxtlar o’sadi. Ular yilning
qurg’okchilik hukmronlik qiluvchi qish mavsumida ko’pchiligi barglarini tukadi.
Savannalar Afrika va Janubiy Amerika matriklarida keng tarqalgan tabiat zonalari
hisoblanadi. Ular o’rmondan o’t o’simliklar ga qarab almashinadi. Darxtlar siyrak o’sadi.
Sababi qurg’oqchilik davrida ularning tuliq o’sishi uchun tuproq tarkibida namlik qolmaydi.
O’rmonlar odatta ekvatorial o’rmon zonasi chegarasida tarqalgan. Sababi u yerlarda namlik
yetarli. Ko’pchilik daraxtlar kserofit ya’ni qirg’oqchilikka chidamli hisoblanadi. Ayrim keng
bargli daraxtlar musson o’rmonlar kabi qurg’oqchilik davrida barglarini to’kadi
86
.
Do'stlaringiz bilan baham: