Qiya yotuvchi qatlamlarning geologik xaritalarda va aerofotosuratlarda
tasvirlanishi
Qiya yotgan qatlamlar yer yuzasiga chiqish chizig’ining ko’rinishi relyef
shakliga va qatlamning yotish elementlariga bog’liq bo’ladi. Relyef yuzasi tekis
joyda qiya yotgan qatlamning yer yuzasiga chiqish chizig’i, vertikal yotgan
qatlamlarniki singari, to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Agar relyef yuzasi notekis
bo’lsa, u relyef shakliga bog’liq holda egri chiziqdan iborat bo’ladi. Qatlamlarning
yotish elementlari qatlam uchburchaklari yordamida aniqlanadi.
Aerofotosuratlarda qatlamlar va boshqa stratigrafik gorizontlarning qiya yotishi
juda oson aniqlanadi.
Bunda qatlamlar va boshqa stratigrafik gorizontlar hosil qilgan fototonlar bir-
biriga parallel o’tganligi tufayli yaqqol ko’rinadi.
Relyefi notekis bo’lgan joylardagi qiya yotgan qatlamlar tasvir-langan
aerofotosuratlarni tahlil qilishdan awal stereoskop yordamida relyef xususiyatlari
batafsil o’rganiladi. Suvayirg’ichlarning shakli, soylik va jilg’alar, relyef yuzasining
nishabligi va boshqalarga e’tibor beriladi. Aerofotosuratlarda ham, xuddi geologik
xaritalardagidek, qatlam uchburchaklari yordamida qatlamlarning yotish elementlari
aniqlanishi mumkin. Shundan keyin fototonlar xususiyati bilan ajratilgan qatlam va
gorizontlarning stratigrafik ketma-ketligi aniqlanadi.
Aerofotosuratlarda qatlamlarning yotish elementlarini va qalinligini
aniqlash xususiyatlari
Aerofotosuratlarda qatlamlarning yotish elemenlarini aniqlash dala sharoitida
tog’ kompasi yordamida aniqlashdan ancha farq qiladi va geologik xaritalar bo’yicha
bajariladigan amalga bir-muncha yaqin bo’ladi. Tog’ kompasi bilan tog’ jinslarining
yotish elementlarini aniqlash o’zaro bog’lanmagan ma’lum masofadagi nuqtalarda
olib borilsa, aerofotosuratlarda esa ular qatlamlarning yeryuzasiga chiqish chegaralari
bo’yicha bajariladi. Ular bir-birini to’ldiradi va nazorat qiladi.
U yoki bu cho’kindi jinslarning qatlamlari, tomirli jinslar yoki yer yoriqlarining
chegaralari aerofotosuratlarda uzluksiz chiziq holida yoki talqin qilish vaqtida
ma’lum belgilari bilan tiklanuvchi uzuq chiziqlar sifatida yetarli masofagacha
kuzatilishi mumkin. Ularning yer yuzasiga chiqish chegaralari holati, birinchi
navbatda, relyef shakliga bog’liq bo’ladi. Bu munosabat orqali yuqorida sanab
o’tilgan obyektlarning yotish elementlari va haqiqiy qalinliklarini aniqlash mumkin.
Agar aerofotosuratlar yuzasida gorizontallar o’tkazilgan bo’lsa, yotish elementlari va
haqiqiy qalinlik xuddi geologik xaritalardagidek aniqlanadi.
Qatlam vertikal yotganda yoki yer yuzasi tekis bo’lganda qatlamning yer
yuzasiga chiqish chegarasi uning yo’naUsh chizig’iga mos tushadi. Boshqa barcha
hollarda relyef yuzasi notekis bo’lsa, qatlamning yer yuzasiga chiqish chegaralari
uning haqiqiy yo’nalish chizig’iga muvofiq kelmaydi. Bunda yo’nalish chizig’i,
geologik xaritadagi kabi, grafik usulda aniqlanadi. Buning uchun stereoskop
yordamida aerofotosuratlarda tasvirlangan qatlamning yer yuzasiga chiqish
chegarasining birida bir-biridan ma’lum masofada va bir xil balandlikda joylashgan
ikki nuqta topilib, ular o’zaro to’g’ri chiziq yordamida tutashtiriladi. Shuni esda tutish
kerakki, qatlamning yotish burchagi qancha kichik bo’lsa, tanlangan nuqtalar
balandligi shuncha aniqlikda topilishi kerak. Aks holda, qatlamlarning yotish
elementlarini aniqlashdagi xatolik katta bo’ladi. Nuqtalarni soyning yoki
suvayirg’ichning ikki tomonidan tanlash bu amalni bajarishda ancha qulaylik
tug’diradi. Aerofotosuratlarda tanlangan nuqtalarning balandligi stereoskoplar
yordamida aniqlanishi mumkin.
Qatlamlar gofizontal yotganda ularning yer yuzasiga chiqisb chegaralari relyef
gorizontallari kabi ma’lum bir gipsometrik sathlardan o’tgan bo’ladi. Vertikal
yotganda esa, relyef shakliga bog’liq bo’lmasdan, to’g’ri chiziqlar kabi tasvirlanadi.
Qatlamlar qiya yotganda ularning yer yuzasiga chiqish chegaralarining holati
aerofotosuratlarda relyefga bog’liq ravishda egilgan bo’ladi va undan qatlamning
yotish tomonini belgilashda foydalaniladi.
Qatlamlar chegaralarining egilishi bo’yicha qatlam uchburchaklari hosil bo’ladi.
Ular yordamida qatlamlarning yotish elementlari geologik xaritalardagidek usullar
bo’yicha aniqlanadi. Ammo geologik xaritalarda qatlamlar va boshqa geologik
obyektlarning
yer
yuzasiga
chiqish
chegaralari
parallel
proyek-siyada,
aerofotosuratlarda esa markaziy proyeksiyada tasvirlangani uchun keyingi holda
ma’lum tuzatmalar kiritilishi kerak bo’ladi. Chunki markaziy proyeksiyada
aerofotosuratlarning chekka qismlarida geologik obyektlar shakli va o’lchamlari
ma’lum darajada o’zgargan bo’ladi.
Aerofotosuratlarda tasvirlangan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash ular
hosil qugan struktura shakliga, aerofo-tosurat miqyosiga va sifatiga bog’liq bo’ladi.
Qatlamlarning yer yuzasiga chiqish kengligi ularning yotishi va relyefga bo’lgan
munosabatiga bog’liq xolda o’zgaruvchan bo’ladi. Aerofotosuratlarda qatlamlarning
yer yuzasiga chiqish kengligining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasini bevosita
o’lchash mumkin.
Aerofotosuratlarning stereoparalarini stereoskop yordamida kuzatib, qatlamning
ostki va ustki yuzalari orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash mumkin. Qatlamlarning
yotish burchagini bilgan holda, uning haqiqiy qalinligi trigonometrik funksiyalar
yordamida hisoblab chiqiladi.
Qatlamlar gorizontal yotganda, agar ularning ostki va ustki yuzalarining yer
yuzasiga chiqish chegaralari aniq ko’ringan bo’lsa, haqiqiy qalinlik
m = h = Δр К (1)
formula yordamida aniqlanadi. Formulada Δp-qatlamning ostki va ustki yuzalari
orasidagi bo’ylama parallakslar farqi va K-parallaks koeffisiyenti, ya’ni ushbu
aerofotosuratlarning stereoparalari uchun 1 mm parallaksga to’g’ri keluvchi metrda
o’lchangan balandiik.
Qatlam vertikal yotganda uning haqiqiy qalinligi yer yuzasiga chiqish kengligi
proyeksiyasiga teng bo’ladi. Qatlamning yer yuzasiga chiqish kengligi stereoskopda
parallaks yordamida millimetrning o’ndan bir ulushigacha aniqlikda o’lchanadi va u
aerofotosurat miqyosiga ko’paytiriladi:
m = l·M
(2)
Bunda l- qatlamning yer yuzasidagi chiqish kengligi,
M-
aerofotosurat miqyosi.
Qiya yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aerofotosuratlar bo’yicha
aniqlashda qatlamlarning yotish burchagi va relyef yuzasining qatlamga bo’igan
munosabati hisobga olinadi. Bunda quyidagi variantlar bo’lishi mumkin:
1. Qatlam va relyef yuzasi bir tomonga yotgan bo’lib, qatlamning yotish
burchagi
(a)
relyef nishabligidan
(p)
kichik bo’lganda
(a< P)
haqiqiy qalinlik
m =(Δp K=cosα)-(l·Msinα)
(3)
formula yordamida hisoblanadi.
2. Qatlam va relyef bir tomonga yotgan bo’lib, qatlamning yotish burchagi
(a)
relyef nishabligidan
(b)
katta bo’lganda
(a > b)
haqiqiy qalinlik
(I·Msinα)=(Δp K=cosα
) (4)
formula yordamida topiladi.
3. Qatlam va relyef yuzasi qarama-qarshi tomonlarga yotganda haqiqiy qalinlik
m = (Δp K=cosα)=(l· M
sinα) (5)
formula bilan hisoblab chiqiladi.
Relef yuzasi tekis va qatlam qiya yotgan xususiy holda haqiqiy qalinlik
m
=
l·M
sinα (6)
bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |