O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyоt instituti



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana01.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#624157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Курс иши СГГХ Услубий К 29.03.2022 пдф

Rahbar: ___________ _________________________ 

(imzo) (F.I.O.)


 
 


KIRISH 
Yer po’sti moddiy tarkibi, yotish shakli va hosil bo’lish sharoiti xilma-xil 
bo’lgan tog’ jinslarining murakkab majmuasidan tuzilgan. 
Yer po’stini tashkil etgan tog’ jinslari turli shakllardan iborat bo’lib, bunda 
ularning kelib chiqishi va moddiy tarkibi asosiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
cho’kindi jinslar, asosan, qatlam shaklida hosil bo’lib, ular gorizontal, qiya va 
burmalanib yotishi mumkin. Vulqon faoliyati natijasida hosil bo’lgan jinslar vulqon 
konuslari, qoplama va oqma, intruziv jinslar esa cho’zinchoq, linza va boshqa 
noto’g’ri shakldagi massivlarni tashkil etishi mumkin. Bularning hammasi tog’ 
jinslarining yotish shakllari yoki strktura shakllari deb yuritiladi. 
Foydali qazilma konlarini bashorat qilishda va qidirishda struktura shakllari 
bilan foydali qazilmalar turlari orasidagi aloqani o’rganish muhim amaliy ahamiyatga 
ega. Masalan, uzilmali strukturalar yer po’stida ma’danli eritmalarning harakatini 
tartibga soladi va u orqali ma’danli foydali qazilma konlarining vujudga kelishiga
tarkibiga, shakliga va ko’lamiga bevosita ta’sir qiladi. Burmali strukturalarning neft 
va gaz konlari shakllanishida ham ahamiyati katta. Odatda, antiklinal burmalarning 
gumbazida neft va gaz konlari hosil bo’ladi. Ularning harakati va to’planishida 
stratigrafik nomuvofiqlik yuzalari va litologik «tutqichlar» asosiy ahamiyatga ega. 
Yer osti suvlarining harakati ham bevosita struktura shakilariga bog’liq. Yer 
yoriqlarining bo’shliqlarida va sinklinal strukturalarning muldasida yer osti 
suvlarining katta zaxirasi to’planadi. 
Strukturalar geologiyasi yer po’stining tuzilishini va rivojlanish qonuniyatlarini 
o’rganuvchi geotektonika fanining mustaqil bir bo’limi bo’lib, yer po’stidagi tog’ 
jinslarining yotish shakllarini, ularning hosil bo’lish sabablarini, sharoitini va 
rivojlanish tarixini o’rganadi. 
Turli struktura shakllarning hosil bo’lishiga, asosan, yer po’stining tektonik 
harakatlari sababchi bo’ladi. Yer po’stining uzoq o’tmishi davomida turli jarayonlar 
ta’sirida tog’ jinslari deformatsiyaga uchrab, o’zining yotish shakllarini o’zgartiradi 
va tobora murakkablashib boradi. Deformatsiya natijasida yangi struktura shakllari, 
shu jumladan burmali va uzulmali strukturalar paydo bo’ladi. Geologik rivojlanishda 


ketma-ket sodir bo’lgan magma-tektonik jarayonlar bilan magmatik tanalar shakllari 
orasida uzviy munosabatlar mavjud. 
Mamlakatimiz hududining tarixiy geologik taraqqiyoti bosqichlarini, geologik 
tuzilishini va foydali qazilma konlarining hosil bo’lish qonuniyatlarini tahlil qilishda 
struktura shakllarini har tomonlama o’rganish muhim ahamiyatga ega. Strukturalar 
geologiyasi va geologik xaritalash amaliy geologiya fanlaridan biri bo’lib, geologik 
strukturalar shakllarini dala sharoitida o’rganish va ularni geologik xaritalarda 
tasvirlashni o’z ichiga oladi. Geologik xaritalar, geologik xaritalash ishlarining 
mantiqiy yakuni hisoblanadi. Ularda har xil geologik hosilalarning struktura shakllari, 
moddiy tarkibi, hosil bo’lish sharoitlari va rivojlanish tarixi tasvirlanadi. Geologik 
xaritalar yoshi va tarkibi bo’yicha bo’lingan tog’ jinslarining yer yuzasida tarqalishini 
ko’rsatib qolmasdan, balki ularning yer po’stining ichki qismidagi yotish sharoiti 
to’g’risida ham yetarli ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratadi. 
Foydali qazilma konlarini bashorat qilishda va qidirishda struktura shakllari 
bilan foydali qazilmalar turlari orasidagi aloqani o’rganish muhim amaliy ahamiyatga 
ega. Masalan, uzilmali strukturalar yer po’stida ma’danli eritmalarning harakatini 
tartibga soladi va u orqali ma’danli foydali qazilma konlarining vujudga kelishiga, 
tarkibiga, shakliga va ko’lamiga bevosita ta’sir qiladi. Burmali strukturalarning neft 
va gaz konlari shakllanishida ham ahamiyati katta. Odatda, antiklinal burmalarning 
gumbazida neft va gaz konlari hosil bo’ladi. Ularning harakati va to’planishida 
stratigrafik nomuvofiqlik yuzalari va litologik "tutqichlar" asosiy ahamiyatga ega. 
Yerosti suvlarining harakati ham bevosita struktura shakllariga bog’liq. Yer 
yoriqlarining bo’shliqlarida va sinklinal strukturalarning muldasida yerosti 
suvlarining katta zaxirasi to’planadi. 
Geologik xaritalash tufayli o’rganilayotgan hududning taraqqiyot tarixi 
davomida yuz bergan barcha tabiiy geologik jarayonlarning ketma-ketligi, o’zaro 
munosabatlari, kelib chiqishi va vaqti orasidagi uzviy bog’liqlikni aniqlash 
imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, u yoki bu hududda foydali qazilma boyliklarini 
topish imkoniyati tug’iladi, ularning tarqalish qonuniyatlari va navbatdagi qidiruv-


razvedka ishlarining yo’nalishi belgilanadi. Geologik xaritalar shahar va sanoat 
inshootlarini qurishda ham asos bo’lib xizmat qiladi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish