Forfeyting operatsiyalari asosan yirik banklar va kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatga, juda katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni to‘lashda qo‘llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi. Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi singari uch tomon ishtirok etadi. Birinchi mol etkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi, vositachi-bank yoki moliyaviy muassasa. Forfeyting operatsiyasilarining faktoring operatsiyalaridan asosiy farqi sifatida ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5-6 yilgacha) va yirik summalarga tuzilishini takidlash mumkin. Forfeyting iqtisodiy termini odatda majburiyatni sotib olish manosida qo‘llaniladi, uni so‘ndirish tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida kelgusida yuz beradi “a forfeit”so‘zi fransuzchadan vujudga kelgan bo‘lib, “huquqdan voz kechish” manosini anglatadi. Forfeytingda pul mablag‘larini olishga talabgor bo‘lgan sotuvchi o‘tkaziladigan veksel indossamentiga “to‘lovni qaytarish shartisiz” so‘zini qayd etish orqali to‘lov regressidan o‘zini himoya qiladi. Forfeyting vekselni sotuvchi asosan yirik eksporterlar hisoblanib, ular vekselni to‘lov hujjati sifatida akseptlab sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning summasini diskont asosida zudlik bilan to‘lash hisobiga barcha risk va majburiyatlar bilan birgalikda forfetterga (yani vekseldagi summani to‘lab beruvchi va o‘zida qayd etib boruvchi bankka) o‘tkazadi. Agar importer birinchi darajali to‘lov qobiliyatiga va yuqori moliyaviy mavqeiga ega bo‘lmasa, har qanday forfetterlangan qarz summa aval shaklida kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‘lish lozim. Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‘liq muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans tarzida ushlab qolinadi.Eksporter forfet krediti bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘zida olmaydi, faqatgina u jo‘natilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tuzilayotgan hujjatlarning qonuniyligi hamda haqoniyligini taminlashda masul hisoblanadi. Forfeyting operatsiyalariga misol sifatida AQSH ning Boing samolyotini ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik aviakompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro oldi-sotdilarni keltirish mumkin. CHunki, boeng samolyotlarining bahosi juda yuqori bo‘lishi aviakompaniyalarga ushbu mablag‘larni birdan to‘lash imkoniyatini bermaydi, biroq o‘z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‘lovni olomagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini taminlashda muammolar vujudga keladi. Aynan shu muammo banklarning ishtirokida forfeyting operatsiyalari orqali hal etiladi. Bundan bank samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boeng kompaniyasi oldidagi majburiyatlarni sotib oladi (savdo trattasi, o‘tkazma yoki oddiy veksel shaklida) va to‘lovni bir yo‘la amalga oshiradi, kelgusida esa bank va aviakompaniya ortasida tuzilgan shartnomaga muvofiq asosiy summa tegishli jadval asosida, qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan birgalikda undirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |