O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Specify second point on circle: _tan to - sichqon bilan ikkinchi aylananing II choragida ixtiyoriy nuqtani ko‘rsatamiz



Download 2,27 Mb.
bet19/25
Sana30.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#596627
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi q

2.Specify second point on circle: _tan to - sichqon bilan ikkinchi aylananing II choragida ixtiyoriy nuqtani ko‘rsatamiz
3.Specify third point on circle: _tan to - sichqon bilan uchinchi aylananing IV choragida ixtiyoriy nuqtani ko‘rsatamiz
Muloqot o‘zbek tilida.
1.Aylana markazi nuqtasini ko‘rsating yoki [3 Nuqtalar/2 Nuqtalar /KKr(Urin.urin radiusi)]: _3 nuqta Aylananing birinchi nuqtasini ko‘rsating:urinma- sichqon bilan birinchi aylananing I choragida ixtiyoriy nuqtani ko‘rsatamiz
2Aylanadagi ikkinchi nuqtasini ko‘rsating:urinma – sichqon bilan birinchi aylananing II choragida ixtiyoriy nuqtani ko‘rsatamiz
3. Aylanadagi uchinchi nuqtani ko‘rsating:urinma – sichqon bilan birinchi aylananing IV choragida ixtiyoriy nuqtani ko‘rsatamiz













2-Bob. Chizmachilik fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim
texnologiyalari.
2.1. Yangi pedagogik texnologiyalar to’g’risida umumiy
ma’lumotlar.
Bugungi kunda mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy raqobat – fan, texnika va texnologiya sohasidagi raqobatga aylandi. Ta‘limning globallashuvi sharoitida ta‘lim sohasi bilan jamiyatning rivojlanib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlari o’rtasida farq yuzaga kelganligi kuzatilmoqda. Shuning uchun ham butun dunyoda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga, buning uchun esa o’quv jarayonini samarali tashkil etishga diqqat – e‘tibor qaratilmokda.
«O’quv – uslubiy adabiyotlar yangi avlodini yaratish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash va amaliyotga joriy etish, bir tomondan, davlat va jamoat muassasalari, ta‘lim idoralari hodimlaridan; ikkinchi tomondan pedagog olimlar, ilg’or o’qituvchilar, amaliyotchilar tomonidan, katta ishlarni bajarishni, ta‘lim – tarbiya, pedagogik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar o’tkazish, yangi pedagogik texnologiyalar loyihalarini ishlab chikish va ilmiy tajribada sinovdan o’tkazish, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. (Malla Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. «Nasaf» nashriyoti, 2000 yil, 4 bet).
Shuni ta‘kidlash lozimki, kadrlar tayyorlashni yangilash vazifalarini mavjud o’qitish usullarini pedagogik texnologiya asosida qayta tashkil etish, darsda, darsdan tashqarida o’quv tarbiyaviy ishlarni bajarishga kirishgandayoq pedagogik jarayonning natijasini kafolatlaydigan qilib loyihalash va amalga oshirish yo’li bilangina bajarish mumkin.
Mazkur vazifalar pedagogik texnologiya nazariyasini yaratish va ta‘lim jarayonini loyihalashga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
«Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish ehtiyoji tug’ildi, degan savol paydo bo’lishi lozim. Jamiyatimizda qanchadan – qancha bilimli kadrlarni va yukori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika usullari mavjudki, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan joylarini o’zgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa bo’lmaydimi? degan mulohazalar ham yo’q emas. O’zbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana shu yo’ldan bormokda. Bu yo’l ilojsizlikdan izlab topilgan bo’lib, qiska muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo’lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzoq xizmat qila olmaydi. (B.Ziyomuxammadov, Sh.Abdullaeva. Ilg’or pedagogik texnologiya. Toshkent. 2001 yil, 8 – bet). Chunki:
birinchidan, ma‘lum sabablarga ko’ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta‘limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanish zarurligi;
ikkinchidan, an‘anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli «Axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
uchinchidan, fan – texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga yetkazish uchun vaqtning chegaralanganligi;
to’rtinchidan, kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;
beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob‘ektiv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o’tilgan beshta sababiy shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta‘limiy tadbirdir.
Shu kundagi ijtimoiy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda, ma‘rifat va madaniyat sohalariga, shu jumladan ijtimoiy – gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyani joriy etishni taqozo etmokda.
Pedagogik nashrlarda o’qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o’z o’rnida ishlatilsa, shubhasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda o’quvchi – talabalar faolligining yuqori darajasini ta‘minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shu boisdan bu faslda hali pedagogik amaliyot uchun notanish bo’lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi.
Amerikaning “Street law” (ko’cha qonuni) dasturini bugungi kunda yer yuzining ko’plab davlatlari tomonidan “asr”ga olingan va ta‘lim maskaniga o’rnashib qolayapti. Bunga sabab dasturdan o’rin olgan yuzlab o’qitish metodlarining faolligi, jozibaliligi va ta‘sirchanligidir. Ular yordamida o’quvchilar o’z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul kilish, jamoada ishlash, o’z mavqeini mustahkamlash, fikrlarini himoya qilish, haq –xuquqlarini anglab yetish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo’ladilar. O’qituvchi esa didaktik jarayonni qurishda bu metodlardan oqilona foydalanmog’i, ularning mavzu bo’yicha o’quv elementlarining murakkabligi va vaqt tig’izligiga qarab chag’ishtirmog’i lozim.
O’qituvchi tomonidan o’zi o’qitayotgan fanning har bir mavzusi har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik xarita unga fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishga (bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha) yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib erishiladigan natijaga ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani o’quvchi – talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta‘limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
O’qitish jarayonida o’quvchi – talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas‘uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga, pedagogga va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda xilma xildir. Biz ulardan ba‘zilari haqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi haqida qo’llanma beramiz. Ushbu metodik qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi – talabalarda mantiqiy aqliy, ijodiy tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda muxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Ushbu metodik qo’llanmadan foydalanuvchilar o’quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilayotgan texnologik treninglarni xuddi shu tartibda o’tkazishlari shart emas, har qaysi o’qituvchi bu treninglarni umumiy shaklini olgan holda o’zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan treninglarni to’liq yoki ularning ba‘zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.
Biz quyida o’qitish jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan ba‘zi bir treninglar (texnologiyalar)ga tavsifnoma berib, ba‘zilarini o’tkazish tartibi to’g’risida metodik tavsiyanoma berib o’tamiz:
Ta‘lim texnologiyasida “Aqliy hujum” usulidan foydalanish. “Aqliy hujum” ta‘lim usulining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni yechish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.
Dars jarayonida aqliy hujumdan maqsadli foydalanish ijodiy tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. “Aqliy hujum”ni uyushtirish bir muncha sodda bo’lib, unda ta‘lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishda ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo yechimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o’z o’rtoqlari g’oya va fikrlariga hujum qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. Demak, “aqliy hujum” yo’li bilan qisqa minutlarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslini olganda, g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladilar. Bu usul shartlaridan biri hech qanday tashqi ta‘sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak. Bildirilgan g’oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib, muammo yechimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.
Shunday qilib, “aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:
olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi;
istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;
muammo yechimidan uzoq g’oyalar ham qo’llab – quvvatlanadi;
barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi (farazlari) qayd etish yo’li bilan yozib olinadi;
“Aqliy hujum”ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutilishi kerak.
Vazifasi. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko’rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo’qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o’tiladi va guruh yanada jipslashadi.
Ob‘ekti. Qo’llanish maqsadiga ko’ra bu usul universal hisoblanib, tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o’qitish jarayonida (o’quv materialini tezkor o’zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o’z – o’zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.
Qo’llanish usuli. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu usul samarasi fikrlar xilma xilligi bilan xarakterlanadi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar jamlanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
“Ajurli arra” – o’qitish usuli. Tuzilish jihatidan o’zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
Topshiriqni bo’lish: Topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga ( yoki mavzularga) ajratib qirqiladi.
Birlamchi guruhlar: Har bir guruh a‘zolari qirqilgan mavzuni oladilar va ekspertga aylanadilar.
Ekspert guruhlari: Qo’lida bir mavzuga oid o’quv topshiriqlari mavjud bo’lgan o’quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o’rgatish rejasini egallagani uchun ekspert guruhga birlashadilar.
Birlamchi guruhlar: O’quvchilar o’zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o’rganganlarini o’qitishadi.
Izoh: “Ajurli arra” mohiyatiga aniqlik kiritish uchun ba‘zi bir tavsiyalarni yoritish kerak.
O’qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda o’quvchilarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o’zlashtirishlariga imkon tug’iladi.
U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun o’quvchilarga boshlang’ich axborotlarni uzatish zarurati tug’ilsa, ma‘ruza o’rnini bosa oladigan samarali vosita hisoblanadi.
O’qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo’yicha o’quvchilarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo’ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi. Unda darslikdan, qo’shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo’lishi kerak.
Har bir o’quvchi 2 guruh tarkibiga ishtirok etadi: dastlab “o’z uyi” (birlamchi) guruhiga, keyin esa “ekspert” guruhiga birlashib, o’quv elementlarini mustaqil o’rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil etish uchun o’quvchilar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir xil rangdagi qog’ozlarga yoki rangli qalamlar bilan qog’ozning biror bir burchagi bo’yalgani ma‘qul.Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha kishi (o’quvchilar soniga qarab) bo’lishi mumkin. Har bir o’quvchi “o’z uyi”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab olishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilarni “rangli” topshiriq asosida guruhga birlashishini taklif etadi va ular alohida mavzular bo’yicha ekspertga aylanadi. Misol uchun, “qizil”larni sinf xonasi oxirida, “ko’k”larni esa maktab yo’lakchasida uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert guruhda 3 tadan kam o’quvchi bo’lmasligi kerak.
Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. Har qaysi guruh turli xil materiallar to’plamini olishlari va ularni o’qishi, muhokama qilishi, aynan shu axborotlar bo’yicha ekspertga aylanishi lozim. O’quv materiallari bo’yicha “ekspert” bo’lishi uchun o’quvchilarda vaqt yetarli bo’lishi kerak. Buning uchun, agar materiallar murakkab va katta bo’lsa, ehtimol, bir dars to’liq talab qilinadi.
O’quvchilarga quyidagicha topshiriqlar berish mumkin:
paketdagi materiallarni qunt bilan o’rganing va muhokama qiling.
bir – biringizdan so’rang va o’quv materiallarini har biringiz tushunib olganingizga ishonch hosil qiling
“o’z uyingiz” guruhini o’qitish zarurligini hisobga olib materialning muhim o’quv elementlariga e‘tiborni qarating.
O’quvchilarning o’z “uylariga” qaytishlarini iltimos qiling. Har biri o’z “uyi” guruhiga axborot beradi. Shaksiz “uy” guruhida ekspert guruhlaridan bittadan o’quvchi bo’lishi shart. O’quvchi o’rganib kelgan materiallarni o’z guruhi o’quvchilariga o’rgatish javobgarligini bo’yniga olishi lozim. Bu jarayon o’quv materialining o’zlashtirish zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin.
O’quvchilar bir – birlaridan o’rganishib bo’lishgach, o’qituvchi oldindan rejalashtirgan faoliyat turini o’tkazishi mumkin
“Klaster” metodi. Bu metodni ta‘lim jarayonida qo’llashdan maqsad talabalarning aqliy faoliyatini har tomonlama taraqqiy ettirish bo’lib, oldindan mavjud bo’lgan bilimlar zahirasiga tayanadi. “Klaster” so’zi ruschada “komok”, “puchok” degan ma‘noni anglatadi.
O’qituvchi “Klaster” usulini qo’llab, “asosiy so’zni” (klyuchevoe slovo) doskaning o’rta qismiga yozadi. Shundan so’ng talabalar asosiy so’zni to’ldiruvchi tushunchalarni bir nechasini ayta boshlaydilar. O’qituvchi asosiy so’z atrofida bu tushunchalarni bir nechasini “Klaster” atrofiga bog’lab mantiqiy zanjir hosil qiladi. Har bir mantiqiy zanjir “Klaster”ni ifodalovchi so’z bilan tugallanadi.
Bu metodni darsning turli etaplarida qo’llaganda turlicha natijaga erishiladi. Ya‘ni talabalarni darsda faollashtirish, yangi o’quv materialini esda saqlash va boshqalar.
Umuman bu metodni darsning qaysi etapida foydalanishdan qat‘iy nazar samaradorlikka erishish mumkin ekanligi tajribada sinalgan.
Bu metodlardan didaktik jarayonning qaysi bosqichida foydalanish kerak? Shubhasiz, mavjudlik algoritmida (MA) – o’quvchilarning o’quv – bilish faoliyatini tashkil etishda – mustaqil o’z – o’zini (sinfdoshni) o’qitishda, yakka tartibda, kichik guruhlarda foydalaniladi. Ularni tanlash mezonlari esa o’qituvchiga ma‘lum: mavzudan ko’zlangan maqsadga, mazmuniga mos kelishi, o’quvchi va o’qituvchining imkoniyatlari, vaqt o’lchovi, mavjud o’quv – moddiy baza va boshqalar. Eng asosiysi, yakuniy natijani ta‘minlaydigan va kafolatlaydigan pedagogik muhit yaratilishi lozim.
“Munozara”. Bu metod yordamida talabalarga muammo bo’yicha to’liq axborotlar yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni o’quvchilar ayovsiz “shturm” qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma‘lumotlarni atroflicha o’rganadilar.
“Tarmoqlar” metodi – o’quvchi – talabani erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan.
“3 x 4” metodi – mantiqiy fikrlashi, umumiy fikr doirasini kengaytirish, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olish, ta‘rif bera olishiga qaratilgan.
“Blits – o’yin” metodi - harakatlar ketma – ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma – xil fikrlardan, ma‘lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan.
“Intervyu” texnikasi – o’quvchi – talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javob berish, savolni to’g’ri tuzishni o’rgatishga qaratilgan.
“Ierarxiya” texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o’tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatishga qaratilgan.
“Bumerang” texnikasi – o’quvchi – talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi – talabalarni baholay olishga qaratilgan.
“Talaba” treningi – o’quvchi – talabalar bilan individual holda ishlash o’qituvchi va talaba o’rtasidagi to’siqni yo’q qilish, hamkorlikda ishlash yo’llarini o’rgatishga qaratilgan.
“O’qituvchi shaxsi” treningi – o’qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi “O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar” mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
“Muloqot” texnikasi – o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o’ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko’rsatishga, uni tashkil etishni o’rgatishga qaratilgan.
“Boshqaruv” texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o’quvchi – talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga qaratilgan.
“Tarmoqlar” metodi. (Klaster). Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilish mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Quyida biz, namuna sifatida misol keltirdik:
“Bumerang” texnologiyasi.
Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashga imkoniyat beradi.
“Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish