O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana15.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#552879
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Жаҳон ҳамж

 
o'zaro manfaatli 
aloqalarni yo'lga qo'yish va tobora chuqurlashtirish alohida o'rin tutadi. 1996-yil 
21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi 
o'rtasidagi „Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim", uning 1999-yil 1-iyulda 
kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro 
munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
 
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar 
aloqalari yildan-yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. 1995–2002-yilladga 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ning firma va kompaniyalari respublikamizda 
umumiy qiymati qariyb 8 mlrd AQSH dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni 
amalga oshirishda qatnashdi. 2002-yilda O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi 


mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd 65,8 mln AQSH 
dollarini, 2003-yilda esa 1,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
 
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqining a'zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy salohiyatga ega bo'lgan Germaniya bilan o'zaro manfaatli aloqalari 
kengayib bormoqda.
 
O'zbekiston Prezidentining Germaniyaga 1993-yil 28-aprel 
kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O'zbekiston bilan 
Germaniya o'rtasida munosabatlarni yo'lga qo'yishda muhim ahamiyatga egadir. 
Ayni paytda bu safar respublikamizga Yevropa sari katta yo'lni ochdi. I. Karimov 
GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kansleri Gelmut Kol 
bilan samimiy, o'zaro tenglik asosida, ishonch va qat'iyat bilan suhbatlashdi. Ikki 
davlat o'rtasida madaniy hamkorlik to'g'risida, sarmoyalar qo'yishni amalga 
oshirish va o'zaro himoya qilishga ko'maklashish to'g'risida, ilmiy tadqiqotlar va 
mutaxassislar fondini tashkil etish to'g'risida bitimlar imzolandi. O'zbekiston 
delegatsiyasi Germaniya sanoatini o'rganishga katta e'tibor berishdi. Safar 
samarali bo'ldi, jiddiy va istiqbolli munosabatlar o'rnatishga, bo'lajak hamkorlik 
imoratiga poydevor qo'yildi. „Doyche-bank", „Mercedes-Benz" va „Simens" 
kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'ldi, ular bilan hamkorlik 
qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko'ra O'zbekiston Germaniya 
hamkorligi masalalari bo'yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki 
tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 
1994-yil 1-sentabrda GFR poytaxti Bonnda O'zbekiston Respublikasining 
Yevropada 
birinchi 
elchixonasi 
ochildi. 
Hozirgi 
paytda 
elchixona 
Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. „Toshkent-
Frankfurt" havo yo'li yo'lga qo'yildi, O'zbekistonda „Doyche-bank"ning bo'limi 
faoliyat ko'rsatmoqda.
 
1995-yil aprelda Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning 
O'zbekistonda bo'lishi ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada 
mustahkamladi. Roman Gersog O'zbekistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan 
ortiqroq nemis millatiga mansub O'zbekiston fuqarolarining hayoti bilan tanishib, 
ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan mamnun bo'ldi. Germaniyaning 
„Geydelberg" firmasi O'zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik 
qilayotgan yirik kompaniyadir. „Geydelberg" firmasi asbob-uskunalari bilan 
Yangiyo'l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, 
Samarqanddagi „Tong" nashriyoti qayta jihozlandi. O'zbekistondagi „Rastr" va 
„Groteks" nashriyotlari „Geydelberg" firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. 
Natijada maktablar uchun darslik, o'quv qo'llanmalari va boshqa turdagi nashriyot 
mahsulotlari ishlab chiqarish anchayaxshilandi. 2001-yilda O'zbekiston-
Germaniya-Rossiya hamkorligidagi „Namangan qog'oz" qo'shma korxonasi 
qurilib ishga tushirildi. O'zbekistonning Germaniya bilan hamkorligi boshqa 
sohalarda ham kengayib bormoqda. 
O'zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 2001-yil 2-5-aprel kunlari 
Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard 
Shryoderning 2002-yil 9-10-may kunlari O'zbekistonga qilgan rasmiy safarlari 


O'zbekiston-Germaniya o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga 
ko'tardi. 
Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari o'rtasida aloqalar kengayib 
bormoqda. 1997-yilda O'zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining 
vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo'lsa, 2001-yilda bu ko'rsatkich 80 taga yetdi. 
Ularning eng yiriklari „Xobas TAPO", „Xiva Karpet" va boshqalardir. 2003-yilda 
germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa 
sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko'rsatdi, ulardan 40 tasi yuz 
foizlik Germaniya kapitaliga ega. O'zbekistonga kiritilayotgan Germaniya 
sarmoyalari hajmi 2001-yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Ikki mamlakat 
o'rtasidagi savdo aylanmasi 2001-yilda 283,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 
Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonning Yevropadagi eng yirik 
iqtisodiy hamkoridir. 
1994-yil 9-12-iyun kunlari O'zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya 
(Gollandiya)da bo'ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig'i bosh vazir Rudolf 
Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to'g'risida suhbatlar bo'ldi. O'zbekiston 
delegatsiyasi a'zolari kun davomida dehqonlar va chorvadorlar xo'jaligida bo'ldi, 
ular bilan suhbatlashdi, ko'p narsalarni o'rganishdi. Safar natijasida O'zbekiston 
va Gollandiya o'rtasida davlatlararo munosabatlar prinsiplari haqida bayonot va 
savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya agrar xo'jaligi 
texnologiyasi, urug' va nasllari, mehnat usullaridan O'zbekistonda foydalanishga 
kelishildi. Bugungi kunda O'zbekistonda Gollandiya kartoshka urug'lari ekilib 
mo'l hosil yetishtirilmoqda. 
O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
1993-yil 
28–30-oktabr 
kunlari 
O'zbekiston 
delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikka 
asos soldi. Birinchi Prezident I. Karimov Fransiya Prezidenti F. Mitteran, 
Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do'stona suhbat 
va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so'zlab: 
„Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o'rinni egallab turgan 
mustaqil O'zbekiston Sharq bilan G'arb o'rtasida ishonchli ko'prik bo'lishi 
mumkin. Ko'p asrlik tarix teran an'analarga ega bo'lgan, insoniyatning faxriga 
aylangan allomalarni yetkazib bergan O'zbekiston doimo fransuzlarning diqqatini 
tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, 
mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo'lib qoldi", deb ta'kidladi. Bu Vatanimiz 
to'g'risida, uning shon-shuhratini ulug'lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan 
bahodir. Safar natijasida Parijda „O'zbekiston Respublikasi va Fransiya Respub-
likasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma", madaniyat, ilmiy-
texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim, sarmoyalarni 
o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida bitim imzolandi. 
Mamlakat rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublikamizda 
demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O'zbekistonning Yevropa va 
boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim 
ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik „Kredit 


Kommersial de Frans" banki o'rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda 
Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta'minlash ko'zda 
tutildi. Taniqli „Elf-akiten" neft-kimyo konserni, „Texnip" firmasi va boshqa 
kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. 
Fransiya va O'zbekiston o'rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta'minlab turgan 
„Kredit kommersial de Frans" banki zavod qurilishini ham mablag' bilan 
ta'minladi. O'zbekiston bu bankka mablag' qo'ydi, u hamkorlik uchun kafolat 
bo'lib turibdi. Ana shu hamkorlik va hujjatlar qatoriga 1994-yil 25–27-aprel 
kunlari Fransiya Prezidenti F.Mitteranning O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi 
chog'ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik 
to'g'risida, O'zbekiston va Fransiya o'rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi 
bitimlar, shuningdek havo transporti sohasida hamkorlik to'g'risidagi 
deklaratsiyalar qo'shildi. 1996-yil aprel oyida O'zbekiston Prezidenti 
boshchiligidagi davlat delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi chog'ida ikki 
mamlakat o'rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to'g'risida konvensiya hamda 
moliyaviy protokol imzolandi. O'zbekiston bilan Fransiya o'rtasida iqtisodiy, 
ilmiy, madaniy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini 
qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda 
hamkorlik qilinmoqda. 
O'zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo'lgan Buyuk 
Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17-19-iyul kunlari Buyuk 
Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O'zbekistonda bo'lib, mamlakatimiz 
bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o'lmas 
tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15-oktabr kuni Buyuk 
Britaniya tashqi ishlar va hamdo'stlik ishlari bo'yicha davlat vaziri Daglas 
Xogning O'zbekistonga safari chog'ida ikki davlat o'rtasida madaniyat va ta'lim 
sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik to'g'risida bitimlar imzolandi. 
1993-yil 22–25-noyabr kunlari O'zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov 
boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk 
Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo'lishi ikki mamlakat 
o'rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo'ldi. Mamlakat rahbarini qirolicha 
Yelizaveta II, bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq, o'zaro manfaatli 
suhbatlari, muzokaralari bo'lib o'tdi. Safar samarali bo'ldi. O'zbekiston 
Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o'rtasida o'zaro iqtisodiy aloqalar 
to'g'risida shartnoma, sarmo-yalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash 
to'g'risida bitim, havo yo'llarini ochish to'g'risida bitim, ikki mamlakat hududida 
fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar 
banki hamda Yevropa tiklash va taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuvlar 
bo'ldi, ular bilan o'zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. Yevropa qayta tiklash 
va taraqqiyot banki O'zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150 
mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi. O'zbekiston va „Lonro" kompaniyasi 
o'rtasida imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo'ldi. Bu 
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi rahbarlari bilan 
O'zbekiston paxta tolasini jahon bozorida sotish masalalari bo'yicha muzokaralar 
bo'ldi. „Toshkent-London" havo yo'lida samolyot qatnovining yo'lga qo'yilishi 


aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1996-yilning boshlarida 
O'zbekistonda Britaniya Kengashi bo'limining ish boshlashi hamkorlikni 
mustahkamlash va kengaytirish yo'lidagi yangi qadam bo'ldi. O'zbekistonning 
Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, 
Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari 
bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o'rnatildi va kengayib 
bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O'zbekiston Savdo uyining 
ochilishi muhim voqea bo'ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo'lib 
qolmay, O'zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi 
hisoblanadigan mamlakat – Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995-
yil oktabrda Jenevada „O'zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun 
imkoniyatlar" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi. Shu yil noyabr oyida esa 
Londonda o'tgan „O'zbekistonda biznes" konferensiyasida iqtisodiy 
islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtut-gartda bo'lib o'tgan „Buyuk 
ipak yo'li merosi: O'zbekiston" ko'rgazmasi O'zbekistonning aql-ziyo sohasida 
jahonda tutgan o'rniga va salohiyatiga berilgan katta baho bo'ldi. O'zbekiston 
Birinchi Prezidentining Davosda har yili o'tadigan jahon iqtisodiy anjumanida 
ishtirok etishi va anjumanda so'zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va 
hukumat boshliqlarini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va 
kompaniyalarning rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O'zbekiston 
bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb 
qilishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston tashqi siyosatining jo'g'rofiyasi 
uzluksiz kengayib bormoqda. U mustaqillikni mustahkamlashga, xalq 
farovonligini va xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan. O'zbek diplomatiyasi 
xorijiy mamlakatlardan sadaqa so'rashga emas, ikki tomonlama manfaatdorlikka, 
insonparvarlikning yuksak va oliyjanob prinsiplariga tayanadi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro 
munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar 
amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro 
foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, 
jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi, uning mavqeyi yildan 
yilga mustahkamlanib bormoqda.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish