5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish vazifalari belgilangan.
“Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi” konseptual g’oyalar – O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ko’zda tutilgan islohotlarni hayotga tatbiq etishning asosi hisoblanadi. Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda.
Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu-tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.
Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo’lish, og’irini yengil qilishga, aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga qaratilgan tizim yo’lga qo’yildi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Xalq bilan samarali muloqot mexanizmlari Harakatlatlar strategiyasining qaysi bandida o’z aksini topgan?
Sud tizimida qanday axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi kutilmoqda?
Sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi nimadan iborat, deb hisoblaysiz?
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillari va shartlari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash deganda nimani tushunasiz?
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari nimalardan iborat?
O’zbekistonda 2017-2021-qillarda aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida qanday vazifalar belgilangan?
O’zbekiston Resppublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni qanday munosabatlarni tartibga solidi?
Markaziy Osiyoda davlatlar o’rtasida yaxshi qo’shnichilikni yo’lga qo’yishda, tinchhlik va barqarorlikni saqlashda O’zbekistonning o’rni qanday?
O’zbekistonning tashqi siyosati asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
15-MAVZU. О’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI О’RNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI
Reja:
1. О’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi о’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yо’nalishdagi ishlarning samaradorligiga tо’siq bо’layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
2. О’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо’lgan xalqaro reyting va indekslar bо’yicha samaradorlikning eng muhim kо’satkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. Ushbu kо’rsatkichlarni oshirish uchun О’zbekiston Respublikasida quyidagi suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari jadallashtirilmoqda. “Biznes yuritish” indeksi.
3. Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi” indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi.
4. Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |