“Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” Konsepsiyasi
Narsullayev Abduolim
Reja
1.
- Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
2.
- Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
3.
- Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
.2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin.
2016-yil 24-sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi pm.gov.uz (2017-yil yanvar oyidan Prezident virtual qabulxonasi) ochilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini bugungi shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |