Bog'liq “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” Konsepsiyasi
Shavkat Mirziyoyevning, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” kitobi nashr etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti ma’lumot tarqatdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlat rahbarining O‘zbekistonning siyosiy - ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.