o`rganish ob’ekti hisoblanadi. Bu jarayonning hamma tomonini o`rganish o`quvchilarning
yosh xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Pedagogika fanining tarmog’i sifatidagi texnologiya ta’limi metodikasi oldiga
quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo`yiladi:
1- Texnologiya ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy
ahamiyatini ochib berish.
Texnologiya ta’limi vazifalari fan va texnikaning rivojlanish tendensiyalariga, hozirgi
zamon ishlab chiqarishining yoshlarni mehnatga tayyorlash borasidagi talablariga ham bog’liq
ravishda belgilanadi.
Texnologiya ta’limi jarayonida o`quv materialining mazmuni bilan belgilanadigan
o`ziga xos ta’limiy vazifalar, ya’ni metall qirqadigan va yog’ochga
ishlov beradigan turli
asboblardan foydalanish usullarini, ular bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini o`rgatish
vazifalari ham hal qilinadi.
Texnologiya ta’limi jarayoni o`quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat
kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon berishi kerak.
2. Uquv materiali mazmunini asoslash.
Faoliyatning istalgan sohasida insoniyat tomonidan to`plangan bilimlar hajmi
benihoya katta.
Shunday qilib, katta hajmdagi bilim va malakalardan umumiy ta’lim talablariga eng
yuqori darajada javob beradigan va o`quvchilarda o`rganiladipan
ishlab chiqarish
jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qo`llanishi haqida to`g’ri tasavvur hosil qila
oladiganlarini ajratib olishga to`g’ri keladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, o`quv programmasining mazmuni o`zgarmasdan
qolmaydi.
O`quv materiallarini sistemaga solish alohida muammodir. Gap shundaki, fan va
o`quv jarayonidagi «sodda» va «murakkab» tushunchalari bir xil emas.
Shunday kilib, o`kuv materialini sistemaga solishda fanning tuzilishi sistemasini
to`g’ridan-to`g’ri ko`chirib olmasliq balki ta’lim-tarbiya vazifalarini nazarda tutish kerak.
O`qitish metodikasi bu muhim talabni bajarishning eng samarador yo`li va vositalarini topishi
keraq bu esa maktab fani mazmunini asoslash va o`quv programmasini
tuzish uchun ham
zarurdir.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish.
Uquv jarayonini tashkil etishning prinsip va usullarini ishlab chiqishda texnologiya
ta’limi metodikasi boshqa o`quv fanlarini o`kitish tajribasidan, shuningdeq didaktik
tadqiqotlarning ma’lumotlaridan foydalanadi.
O’quvchilar mehnatining natijalarini baholashda boshqa fanlar uchun muxim
bo`lmagan: mehnat havfsizligi qoidalariga rioya etish, ish o`rnini
tashkil qilish, mehnat
usullarini to`g’ri bajarish singari qator faktorlarni xisobga olishga to`g’ri keladi
Maktab praktikasida o`quvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy: frontal, brigada
va individual formalari o`zining ijobiyligini ko`rsatdi.
Ma’lumki, agar mehnat topshirig’i ijtimoiy foydali qimmatga ega bo`lmasa,
o`quvchilarning uni bajarishga qiziqishlari ancha susayadi.
Keltirilgan misollar o`quv jarayonini tashkil etish bo`yicha texnologiya ta’limi
metodikasi oldida mas’uliyatli vazifalar turganini ko`rsatmoqda.
4. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
Yuqorida ko`rsatilgan hamma vazifalarni hal qilishda texnologiya ta’limi metodikasi
quyidagi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi.
1)
Do'stlaringiz bilan baham: