Politexnik ta’lim va uning mohiyati.
Politexnik prinsip texnologiya ta’limi o`quvchilarda hozirgi zamon ishlab
chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab chiqarish
texnik faoliyatining ko`p sohalarida qo`llanadigan umumlashgan malakalarni egallaydigan
yo`sinda tashkil etishni talab qiladi. Boshqacha aytganda, o`quvchilarga ular ustaxonalardagi
mashg’ulotlar jarayonida oladigan texnik bilim va malakalarning universalligini; bu bilim va
malakalardan yangi ishlab chiqarish sharoitlarida foydalana olish (malakalarni ko`chirish)
kerakligini ko`rsatish zarur.
O’quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiiing muhim
tarmoqlari bilan ikki yo`l orqali tanishtirish mumkin: a) ularning har birini izchil o`rganish; b)
ishlab chiqarish jarayonlarini ularning asosi bo`lgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bog’liq holda
klassifikasiyalash va mazkur qonuniyatlarni xalq xo`jaligining bir-ikkita tarmog’i misolida
o`rganish orqali.
Birinchi yo`lni maktabda qo`llab bo`lmaydi, chunki u juda ko`p o`quv vaqtini
sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yo`l esa maktabda xalq xo`jaligining eng muhim tarmoqlarini
o`rganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jihatdan ancha qimmatlidir, chunki u xalq
xo`jaligining o`quvchilar maktabda o`rgangan tarmoqlari bilan o`rganmagan tarmoqlari
orasida uzviy bog’lanishni ta’minlaydi. Gap shundaki, turli ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan
qaraganda xar xilligidan qat’i nazar, anchagina o`xshashlik va umumiylikka ega, chunki ular
ko`pincha tabiatning bir xil qonun va hodisalaridan foydalanishga asoslangan.
Tabiat qonunlaridan har xil texnik qurilma va texnologik jarayonlarda ularning ilmiy
asosi sifatida foydalanilishidan kelib chiqib, ba’zi pedagoglar politexnik ta’lim vazifalarini
fan asoslariga oid fanlar doirasida to`la bajarish mumkin, deb noto`g’ri xulosaga keldilar. Fan
asoslarining politexnik ta’lim ishidagi katta ahamiyatini inkor etmagan holda buning o`zi
kifoya qilmasligini ko`rmaslik mumkin emas. Fan asoslariga doir fanlarni texnikadan olingan
misollar bilan boyitish problemani hal qilmaydi, chunki bunda doimo u yoki bu ishlab
chiqarish hodisasining o`quv fanining mazkur temasiga bog’liq bir tomoni ko`rib chiqiladi.
Shu sababli o`quvchilarda ishlab chiqarish hodisasi haqida umuman tasavvur hosil bo`lmaydi.
Masalan, o`quvchilarda detal haqida fan asoslarining u yoki bu qonunidan foydalanishning
konkret misoli sifatida emas, balki mashinaning tipovoy qismi sifatida to`la tasavvur hosil
qilishuchuv uning vazifasi va mashinadagi o`rni haqida, zagotovkasi uchun materiallar
tanlash, uni proektlash va tayyorlash hakida gapirib berishi kerak. Ko`rinib turibdiki, bunda
fan asosdari bo`yicha maktab fanlarida ko`riladigan masalalar haqidagina emas, balki ularga
kirmaydigan (masalan, detalni tayyorlash) masalalari haqida ham gapirish kerak. Shunday
qilib,
ishlab
chiqarish
hodisasi
haqida
tabiatdagi
u
yoki
bu
qonunning illyustrasiyasi sifatida gapiradigan bo`lsaq bunda faqat uning bittagina sifatini
yoritish mumkin. Agar ishlab chiqarish hodisasi har tomonlama xarakterlansa, fan asoslari
bo`yicha fanlarni o`rganish mantiqini buzadi, bu fanlar mazmuniga ularga bevosita aloqasi
yo`q materialni kiritishga majbur qiladi.
Bundan tashqari, mehnat usullarini egallash (bu politexnik ta’lim vazifalaridan biridir)
didaktikaning asosiy prinsipiga bo`ysundirilgan va o`z mantiqiga ega bo`lgan ma’lum bir
sistema bo`yicha amalga oshishi kerak. Agar mehnat usullarini egallashni fan asoslari
bo`yicha ayrim fanlar vazifasiga kiritilsa, ular ana shu fanlarning tuzilishi mantiqiga
bo`ysunadi.
Nihoyat, mehnat ob’ektlarini tanlashda fizika, matematika va boshqa fanlarning
o`qituvchilari eng avval shu ob’ektlar o`tilayotgan tema bilan bog’liq bo`lishiga harakat
qilishadi, mehnat jarayonining mazmuni esa ikkinchi planga o`tib qoladi. Natijada amaliy
mashg’ulotlar uchun ob’ektlar tanlash juda cheklangan va texnologiya ta’limi sistemasi
talablariga javob bera olmaydigan bo`lib qoladi.
Shunday qilib, o`quvchilarni hozirgi zamon sanoati va qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishining muxim tarmoqlari bilan tanishtirish fan asoslari bo`yicha fanlar doirasi bilan
chegaralanmasligi kerak. Xuddi shuning uchun ham maktab o`quv planida texnologiya ta’limi
bo`yicha maxsus fan bor.
Ta’lim jarayonining politexnik yo`nalishiyi ta’minlash uchun ayrim konkret ishlab
chiqarish jarayonlari misolida hozirgi zamon sanoati yoki qishloq xo`jalik ishlab
chiqarishining umumiy asoslari o`rganiladigan didaktik vaziyatni vujudga keltirish talab
qilinadi.
Texnologiya ta’limi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik prinsip uchun katta
ahamiyatga ega. Masalan, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda o`smirlar quyi sinflarda
o`zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo`llashi va takomillashtirishi juda muhimdir.
Chunonchi, qog’ozni rejalashda chizg’ich, go`niya va qalamdan foydalanish malakasini
yog’och va metallni rejalashda qo`llash kerak. Bu jihytdan o`kuvchilarning andaza rejalash
malakalari juda foydali bo`ladi. O`kuvchilar qog’ozni, gazlamani va listli metallni qaychi
bilan qirqish orasida ko`pgina umumiylik topadilar. Modellashtirish jarayonida o`quvchilar
yana shu ish bo`yicha quyi sinflarda olgan bilimlarini qo`llashi va hokazolar uchun
cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi.
I—IV sinflarda ustaxona mashg’ulotlari bilan mehnat darslarining bog’lanishi o`z
xarakteriga ko`ra bir tomonlamadir, ya’ni V—VII sinflardagi o`qitish metodikasi I—IV
sinflardagi texnologiya ta’limi mazmunini xisobga olgan holda tuzilishi kerak.
Ustaxonalardagi mashg’ulotlar bilan fan asoslari bo`yicha fanlar orasidagi bog’lanish buidan
farqli ravishda ikki tomonlamadir: bunday bog’lanish natijasida fan asoslari bo`yicha fanlar
konkret mazmun bilan boyiydi, mehnat esa fan asoslarining qonunlari pozisiyasidan
tushuniladi. Shunday qilib, didaktik bog’lanishlarni ta’minlash fan asoslari bo`yicha fanlarni
o`qitishning ham, ustaxonalarda mashg’ulotlar o`tkazish politexnik saviyasini oshirish uchun
ham muhimdir.
Didaktik bog’lanishning bir maromda amalga oshirilishi fan asoslari bo`yicha
bilimlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirish uchun ham, texnologiya ta’limi amalga oshirish uchun
ham zarurdir. Ammo bu ikkala holda ham didaktik bog’lanishning yo`nalishi mutlako bir xil
degan so`z emas.
Masalan, fizika, ximiya va matematika darslarida ishlab chiqarish jarayonlari va
hodisalaridan tabiatning u yoki bu qonuni amaliy qo`llanilishini ko`rsatish uchun
foydalanildi. Bunda ishlab chiqarish jarayonining, hodisaning darsda o`rganilgan
qonunning amaliy qimmatini tasdiqlaydigan sifati qarab chiqiladi.
O’quvchilar, ma’lum fanlarni tayyorlashda o`rgangan mehnat malakalari shunga
o`xshash ko`pgina fanlarni tayyorlashlari uchun asos bo`lishini tushunishlari kerak. Shu
maqsadda har bir yangi operasiyani (ish turini) o`rganishga kirishilar ekan, o`qituvchi bu
operasiyani bajarish usuli bilan bir nechtagina konkret misollar orqali tanishishlarini, amalda
esa o`rganilayotgan ana shu operasiya juda ko`p qo`llanilishini ta’kidlash lozim.
O’quvchilarga mazkur operasiyani qo`llab tayyorlanadigan detallar (buyumlar)dan o`zlari
misollar keltirishlarini tavsiya etish mumkin. yog’och va metallga qo`lda ishlov berish
tugallanadigan VII sinfda bu tema bo`yicha maxsus suhbat o`tkazish, o`quvchilarga
tayyorlashda ma’lum operasiyani (kesish, arralash, qirqish va hokazolarii) qo`llashlariga
to`g’ri kelgan hamma fanlarni aytib chiqishni taklif qilish kerak.
Politexnik ta’lim nuqtai nazaridan har xil kasblarga doir mehnat usullari
(operasiyalari)ning izchilligini ko`rsatish ham muhimdir. Hozirgi zamon sanoat ishlab
chiqarishining xarakterli xususiyatlaridan biri mehnat qurollarining tez almashinuvi, yangi
mashinalarning va shunga ko`ra yangi kasblarning vujudga kelishidir.
Shunday qilib, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda har bir texnik ob’ektga, ishlab
chiqarish jarayoniga o`z holicha emas, balki boshqa o`xshash ob’ektlar, o`xshash jarayonlarga
bog’liqlikda hozirgi zamon ishlab chiqarishi asosini biror jihatdan xarakterlovchi zanjirning
bir xalkasi sifatida qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |