2-Mavzu. Maktab o`quv rejasida texnologiya ta’liming qo`yilishi
uning tarixiy taraqqiyoti.
Reja:
O`rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limi berishning maqsadi.
Maktab islohatida texnologiya ta’limi vazifalari.
Texnologik tayyorgarligining asosiy yo`nalishlari.
Tayaach iboralar:
O`zbekistonda
texnologiya ta’liming rivojlanishi,unumli mehnat, ijodkorlik,
mehnatsevarlik, kasbga yo`llash
1.O`rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limi berishning maqsadi
Mamlakatimizda Ulug’ Oktyabr sosialistik revolyusiyasi g’alaba qozongandan keyin
o`sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga texnologiya ta’liming ko`p qirrali ta’siridan to`la
foydalanish sharoitlari vujudga keldi. Bu haqda sovet maktabining rivojlanish tarixi ishonchli
dalolat beradi. Masalan, Sovet hokimiyatining xalq maorifi haqidagi dastlabki dekretlarining
biri — «Yagona mehnat maktabi haqida nizom»da mexnatga o`qitishning, ta’limning, shaxsni
har tomonlama kamol toptirishning eng muhim faktorlaridan biri sifatida qaraladi.
Maktabning tashkil topishi jarayonda xalq maorifi xodimlari orasida munozaralar
bo`ldi. O`qituvchilar va metodistlarning bir gruppasi maktabning turmush bilan bog’lanishini
eng yaxshi ta’minlash uchun maktab o`quv planiga texnologiya ta’limi mustaqil fan sifatida
kiritish zarur deb hisobladilar. Boshqa bir qismi bunga e’tiroz bildirib, odatdagi fan asoslari
bo`yicha fanlarni o`qitish jarayonida ham mehnatga o`rgatish mumkin, deb hisobladilar. Ana
shu ikki xil fikrni o`qituvchi va metodistlarning uchinchi gruppasi
mutlaqo rad etdi va ular
mexnat ta’limi maktab sistemasida markaziy o`rinni egallashi kerak degan fikrni yoqlab
chiqdilar. Bu gruppa vakillari 20-yillarda xalq maorifi organlari xodimlari orasida birmuncha
muddat ko`pchilikni tashkil qildi. Natijada o`qitishning kompleks, biroz keyinroq esa proekt
(loyiha) sistemasi paydo bo`ldi; proekt sistemaga binoan matematika, fizika, biologiya va
boshqa o`quv fanlariga oid bilim elementlari o`quvchilarga beriladigan
mehnat topshiriqlari
atrofiga gruppalasha boshladi. Masalan, bog’da o`ra qazish topshirig’ini olgan o`quvchilar uni
bajarish uchun qancha tuproq chiqaribtashlanishini hisoblashlari (matematika), o`ra konturini
belgilashlari (chizmachilik), tuproq xarakteri bilan tanishishlari (geografiya) kerak edi. O`quv
jarayonini bunday tashkil etishda o`quvchilarni fan asoslaridan sistemali bilimlar bilan
qurollantirishning iloji yo`qligi mutlaqo ravshan. Texnologiya ta’liming o`zi ham hech narsa
yutmagan, chunki u aniq sistemasiz olib borilgan, vaqtincha tasodifiy topshiriqlar bilan
bog’liq bo`lgan.
Maktab ishidagi mazkur kamchiliklarni bartaraf qilishda VKP (b) Markaziy
Komitetining 1931 yil 5 sentyabrdagi «Boshlang’ich va o`rta maktab haqida», 1932 yil 25
avgustdagi «Boshlang’ich va o`rta maktablarning o`quv programmalari va rejimi
to`g’risida»gi qarorlari g’oyat katta rol o`ynadi, bu qarorlardan
keyin maktablarda fan
asoslarini fanli o`qitish tiklandi. O`quv planiga boshqa o`quv fanlari bilan bir qatorda
texnologiya ta’limi ham mustaqil fan bo`lib kirdi. Bu esa mexnat ta’limi jarayoniga yangi
imkoniyatlar ochib berdi. Shunga qaramay dastlabki paytlarda maktablarni maxsus
tayyorlangan mehnat o`qituvchilari bilan ta’minlashning, texnologiya ta’limi uchun
qanoatlanarli moddiy baza yaratishning, texnologiya ta’limi bilan fan asoslarnni o`qitish
orasida bog’lanishni amalga oshirishning imkoni bo`lmadi. 1937 yilda maktablarda mustaqil
o`quv fani sifatidagi texnologiya ta’limi tugatildi.
Keyingi yillarda o`quvchilarning mehnat tarbiyasi asosan sinfdan tashqari, maktabdan
tashqari va ijtimoiy foydali ishlar jarayonida amalga oshirildi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatimiz jamoatchiligining e’tibori yana o`rta
maktabda texnologiya ta’limi muammosiga qaratildi. 1952 yilda maktabda politexnik ta’lim
va mehnat tarbiyasini rivojlantirish zarurligini ko`rsatdi. Agar shungacha maktab asosan oliy
o`quv yurtlarining rezervi hisoblangan bo`lsa, shundan
keyin yildan-yilga maktabni
bitiruvchilar soni ortib bordi va ularning hammasi ham oliy o`quv yurtlariga kira olmay qoldi.
Maktabni tamomlaganlarning katta qismi bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlashga
qo`shilishi kerak edi. 1954 yilda texnologiya ta’limi o`rta maktab o`quv planiga o`sib
kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. Shundan keyin
yuqori sinflarda umumiy o`rta ta’limni kasbga tayyorlash bilan qo`shib olib borish
imkoniyatlari o`rganila boshlandi. Masalan, 1958-59 o`quv yili O’qrainadagi 5659 ta o`rta
maktabda 508 mingdan ko`proq o`quvchiga taxminan 200 xil kasb o`rgatildi. Boshqa
respublikalarda ham shunday tajriba to`plandi.
1958 yilda «Maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifini
rivojlantirish to`g’risida»gi qonunni qabul qildi. Bu qonunda, xususan, hamma o`quvchilarni
ijtimoiy foydali mehnatga qo`shish haqida, ta’limni unumli mehnat bilan bog’lash haqida,
maktabning xayot bilan, kommunistik qurilish praktikasi bilan aloqasi xaqnda gapiriladi.
qonunda o`rta maktablarning yuqori sinflarida umumiy ta’lim bilan kasb bo`yicha
tayyorgarlikni qo`shish xam nazarda tutildi. Kasb bo`yicha tayyorgarlikni
zarur sharoitlar,
avvalo, tegishli moddiy baza va malakali kadrlar mavjud joylarda amalga oshirish mumkin
bo`ldi. Lekin hamma maktablarda xam bunday sharoitlar mavjud emas edi. Shu sababli 1966
yilda Maktab haqidagi qonunning 4-moddasiga o`quvchilar kasb bo`yicha tayyorlanishi
uchun zarur sharoitlar mavjud maktablardagina kasb bo`yicha tayyorlanadilar-deb juz’iy
tuzatish kiritdi.
1961 yil, «siyosiy ish markaziga jamiyatning hamma a’zolaridan mexnatga ijodiy
munosabatni rivojlantirishni qo`yadi. Jamiyat farovonligi uchun mehnat qilish har bir
insonning sharafli burchidir». o`quvchilarning mehnat tarbiyasi, politexnik ta’limi
va kasb
tanlashi bo`yicha maktab oldida turgan vazifalar ko`rsatiladi.
Yuqoridagi sabablarga ko`ra texnologiya ta’limiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu
xO’qumatning qator qarorlarida o`z aksini topgan. Masalan, «Umumiy ta’lim maktablarining
o`quvchilariga ta’lim, tarbiya berishni va ularni mexnatga tayyorlashni yanada
takomillashtirish haqida» (1977 y.), «Maktab o`quvchilarining mehnat tarbiyasini, ta’limini,
ularni kasb tanlashga o`rgatishni yaxshilash xamda ularning ijtimoiy foydali, unumli
mexnatini tashkil etish to`g’risida» (1984 y.) kabi qarorlarini ko`rsatish mumkin.
1984 yil aprel aprel oyida ma’qullagan «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh
qilishning asosiy yo`nalishlari» o`quvchilar mehnat tayyorgarligining samaradorligini oshirish
g’oyalari bilan sug’orilgan.
Isloxotga ko`ra o`quvchilarning mehnat tayyorgarligiga ajratilgan o`quv vaqti deyarli
ikki marta orttirilgan. Maktabda umumiy
kasbkorlik joriy etilmoqda, shu tufayli o`quvchilar
o`z mehnat faoliyati boshlanishiga qadar ommaviy kasblardan birini egallash imkoniga ega
bo`ladi. Kasb tanlash ishlariga talablar ortmoqda. Bu muxim masalani xal qilish uchun VIII—
IX sinflarda yangi «Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash» o`kuv fani joriy etiladi. Bu fan
o`quvchilarning politexnik ta’limini amalga oshirishda ham muhim rol o`ynaydi. Ta’limni
unumli mehnat bilan qo`shib olib borish quyi sinflardan boshlanadi, yuqori sinflarda esa
unumli mehnat o`quvchilar mexnat faoliyatining asosiy formasi bo`lib qoladi.
1997 yilda O`zbekiston xO’qumati “Ta’lim tug’risidagi” qonun qabul
qilindi, bunda “Umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`quv
rejasida texnologiya
ta’limi o`quv faniga 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda haftasiga 2 soatdan
va 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi bo`lib 408 soat vaqt ajratilgan.
O`quvchilarni mehnatga tayyorlash jaryonida kasb-hunarga yo`naltirishni yanada
kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yog’ochga, metallga va gazlamaga ishlov
berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq xo`jalik asoslari, badiiy mehnat
texnologiyasi va mashina elementlari yo`nalishlari bo`yicha bilim, ko`nikma va
malakalarni
egallashlari ko`zda tutilgan.
5-7-sinflarda
o`quvchilarning
ijtimoiy-estetik
didi
va
dunyoqarashini
kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak bo`ladigan yuqorida ko`rsatilgan
o`quv kurslari o`quvchilarda milliy madaniyat va an’analarga mehr-muhabbat uyrotadi. 8-9-
sinflarda kasb-hunarlarga yo`nal-tirish kursi ta’lim oluvchilarning ijtimoiy dunyoqarashini
kengaytiradi, kasb-hunar ta’limi yo`nalishlarini ongli ravishda tanlashlariga ko`maklashadi.
Shunday qilib, umumiy ta’lim maktabi islohoti o`quvchilar mehnat tayyorgarligini
yangi, yanada yuqori darajaga ko`taradi, bu esa hozirgi yO’qsak rivojlangan ishlab
chiqarishning sosialistik korxonalardagi mehnatkashlarga qo`yadigan talablariga javob
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: