O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Reja:  1. Maktab o`quv rejasida texnologiya ta’liming tutgan o`rni



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

Reja: 
1. Maktab o`quv rejasida texnologiya ta’liming tutgan o`rni. 
2.Ta’lim va tarbiyani mehnat bilan qo`shib olib borish haqida ilg’or fikrlar. 
3.Politexnik ta’lim va uning mohiyati. 
 
Tayanch iboralar 
Texnologiya ta’limi metodikasi, politexnik ta’lim, maktab o`quv rejasi, yog’ochga 
ishlov berish,yoshlar tarbiyasi 
1. Maktab o`quv rejasida texnologiya ta’liming tutgan o`rni.
Texnologiya ta’limi o`qituvchilarini tayyorlash o`quv planida umumiy ta’lim fanlari 
va maxsus fanlar siklini o`qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlar siklini umumtexniq texnik va 
pedagogik fanlarga ajratish mumkin. 
Umumtexnika fanlari (texnik mexanika asoslari, mashinashunoslik asoslari, 
elektrotexnika va elektronika asoslari) texnik fanlar bo`yicha bilimlarni egallashga asos 
bo`ladi. Chizmachilik va chizma geometriya, materialshunosliq ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizasiyalash va avtomat-lashtirish asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va uning 
ekonomikasi asoslari, elektromontaj ishlari va elektr bi-lan ishlaydigan maishiy priborlar va 
hokazolar ham texnik fanlar jumlasiga kiradi. 
Texnologiya ta’limi o`qituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi 
psixologiya, pedagogika, texnologiya ta’limi va kasbga yo`llash metodikasi, chizmachilik va 
rasm o`qitish metodikasi, maktab gigienasi kabi fanlarni o`rganishda amalga oshadi. 
Shunday qilib, texnologiya ta’limi o`qituvchisini tayyorlashda «Texnologiya ta’limi 
metodikasi» ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlarni (pedagogika, 
psixologiya, slesarlik ishi va hokazolarni) takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bog’lanishda 
bo`ladi. Shu sababli oldindan inson psixik faoliyatining, o`quv jarayonini tashkil qilishning 
umumiy qonuniyatlarini, shuningdeq sanoat ishlab chiqarishi texnikasi, texnologiyasi tashkil 
qilinishi va ekonomikasi asoslarini egallamay turib «Texnologiya ta’limi metodikasi» kursiyai 
o`zlashtirib bo`lmaydi. 
Bo`lajak o`qituvchi «Texnologiya ta’limi metodikasi» kursini o`rganar ekan, umumiy 
ta’lim maktabidagi texnologiya ta’liming (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo`llash 
va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo`yicha o`quv jarayonining tashkiliy 
prinsiplarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxonalarida ta’lim-tarbiya 
jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar sistemasini 
egallashi kerak. 
«Texnologiya ta’limi metodikasi» kursining alohida roli shO’qi, o`quvchilarni 
mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga yaxshi munosabat tarkib topishi uchun 
ob’ektiv qulay sharoitlar vujudga keladi. Bo`lajak o`qituvchiga ana shu sharoitlardan qanday 
qilib to`la foydalanishni ko`rsatish kurs-ning vazifalaridan biridir. 
Texnologiya ta’limi metodikasi pedagogika fanining tarmog’i sifatida o`z ob’ektlari, 
vazifalari va tadqiqot metodlariga ega. 
Texnologiya ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: o`quv materialining 
mazmuni, o`qitish metodlari, o`quvchilarning bilish faoliyati, o`qitish natijalari va boshqalar 


o`rganish ob’ekti hisoblanadi. Bu jarayonning hamma tomonini o`rganish o`quvchilarning 
yosh xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak. 
Pedagogika fanining tarmog’i sifatidagi texnologiya ta’limi metodikasi oldiga 
quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo`yiladi: 
1- Texnologiya ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy 
ahamiyatini ochib berish.
Texnologiya ta’limi vazifalari fan va texnikaning rivojlanish tendensiyalariga, hozirgi 
zamon ishlab chiqarishining yoshlarni mehnatga tayyorlash borasidagi talablariga ham bog’liq 
ravishda belgilanadi.
Texnologiya ta’limi jarayonida o`quv materialining mazmuni bilan belgilanadigan 
o`ziga xos ta’limiy vazifalar, ya’ni metall qirqadigan va yog’ochga ishlov beradigan turli 
asboblardan foydalanish usullarini, ular bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini o`rgatish 
vazifalari ham hal qilinadi. 
Texnologiya ta’limi jarayoni o`quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat 
kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon berishi kerak.
2. Uquv materiali mazmunini asoslash.
Faoliyatning istalgan sohasida insoniyat tomonidan to`plangan bilimlar hajmi 
benihoya katta.
Shunday qilib, katta hajmdagi bilim va malakalardan umumiy ta’lim talablariga eng 
yuqori darajada javob beradigan va o`quvchilarda o`rganiladipan ishlab chiqarish 
jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qo`llanishi haqida to`g’ri tasavvur hosil qila 
oladiganlarini ajratib olishga to`g’ri keladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, o`quv programmasining mazmuni o`zgarmasdan 
qolmaydi.
O`quv materiallarini sistemaga solish alohida muammodir. Gap shundaki, fan va 
o`quv jarayonidagi «sodda» va «murakkab» tushunchalari bir xil emas.
Shunday kilib, o`kuv materialini sistemaga solishda fanning tuzilishi sistemasini 
to`g’ridan-to`g’ri ko`chirib olmasliq balki ta’lim-tarbiya vazifalarini nazarda tutish kerak. 
O`qitish metodikasi bu muhim talabni bajarishning eng samarador yo`li va vositalarini topishi 
keraq bu esa maktab fani mazmunini asoslash va o`quv programmasini tuzish uchun ham 
zarurdir. 
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish.
Uquv jarayonini tashkil etishning prinsip va usullarini ishlab chiqishda texnologiya 
ta’limi metodikasi boshqa o`quv fanlarini o`kitish tajribasidan, shuningdeq didaktik 
tadqiqotlarning ma’lumotlaridan foydalanadi.
O’quvchilar mehnatining natijalarini baholashda boshqa fanlar uchun muxim
bo`lmagan: mehnat havfsizligi qoidalariga rioya etish, ish o`rnini tashkil qilish, mehnat 
usullarini to`g’ri bajarish singari qator faktorlarni xisobga olishga to`g’ri keladi 
Maktab praktikasida o`quvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy: frontal, brigada 
va individual formalari o`zining ijobiyligini ko`rsatdi.
Ma’lumki, agar mehnat topshirig’i ijtimoiy foydali qimmatga ega bo`lmasa, 
o`quvchilarning uni bajarishga qiziqishlari ancha susayadi.
Keltirilgan misollar o`quv jarayonini tashkil etish bo`yicha texnologiya ta’limi 
metodikasi oldida mas’uliyatli vazifalar turganini ko`rsatmoqda. 
4. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
Yuqorida ko`rsatilgan hamma vazifalarni hal qilishda texnologiya ta’limi metodikasi 
quyidagi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi. 
1) 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish