O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri
. Ta’lim jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash 
sodir bo`ladi. Bu umumiy qoida mehnat tarbiyasi uchun ham xarakterli. Texnologiya ta’limi 
o`quvchilarga mehnat tarbiyasi berish, ularni mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash 
maqsadida maktab o`quv planiga majburiy fan sifatida kiritilgan. Shunday, qilib, mehnat 
tarbiyasi muhim ta’limiy masalalardan biri sifatida qaralishi keraq bu masala ish ob’ektlarini 
tanlashda, mashg’ulotlarni tashkil qilish va hokazolarda hisobga olinadi. O’quvchilarning 
mehnat ta’lyami jarayonidagi faoliyatlarining xarakteri mehnat tarbiyasi uchun eng qulay 
sharoit yaratadi. Avvalo o`quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu 
o`quvchilar o`z topshiriqlarini katta mas’uliyat va juda ishtiyoq bilan bajarishlarida namoyon 
bo`ladi. O’quvchilar unumli mehnatga qo`shilib, jismoniy mehnat o`zining ijtimoiy ahamiyati 
bo`yicha aqliy mehnatdan qolishmasligini tushuna boshlaydilar. 
Mashg’ulotlar 
to`g’ri 
tashkil 
qilinsa, 
o`quvchilarda 
kollektivizm 
xissi 
mustahkamlanadi, chunki ular bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. 
Texnologiya ta’limi jarayonvda o`quvchilarga mehnat madaniyatining umumiy 
qoidalari (ish kiyimlariga qarash, ish joylarini batartib tutish, sozlangan asbob bilan ishlash va 
boshqalar), mulkka nisbatan tejamkorlik munosabatida bo`lish singdiriladi. 
Ilmiylik prinsipi
. Texnologiya ta’limi jarayonida o`quvchilar har xil materiallarga 
ishlov berish, elektr montaj ishlarini bajarish, mexanizmlarini yig’ish, razbor qilish usullari va 
boshqalarni o`rganadilar. Shu bilan birga ularda ma’lum malaka va ko`nikmalar tarkib topib 
qolmay, balki o`rganilayotgan mehnat operasiyalarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar 
ham hosil bo`ladi.
Ilmiy asoslar o`quvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid bilimlarini 
hisobga olib tushunarli formada bayon qilinadi. Ko`pincha ayniqsa material tabiiy matematik 
sikldagi asosiy o`quv fanlariga nisbatan ilgarilagan xarakterga ega bo`lgan hollarda ayrim 
qoidalarni soddalashtirishga ham to`g’ri keladi. Lekin bunday soddalashtirish buzilish va 
ziddiyatlarga olib kelmasligi kerak. Bunga misollar keltiramiz. 
O’quvchilar qator fizik hodisalar ro`y beradigan metallni qirqish bilan tanishadilar. 
Hozirgi vaqtda qattiq jismlar fizikasi bu jarayon haqida juda ko`p ma’lumotlarga ega. Bu 
ma’lumotlar orasidan o`quvchilarda kesish jarayonining mohiyati haqida ularning fan asoslari 
bo`yicha bilimlari saviyasida to`g’ri tasavvur hosil qilish uchun etadigan eng zarur ma’lu 
motlarni ajratishi kerak. Buning uchun o`quvchilarga metallning qirqiladigan qavati oldin 
elastiq keyin plastik deformasiyalanishini tushuntirish etarli. Deformasiya kuchi yashlov 
berilayotgan materialning puxtaligidan oshib ketganda, material zarrasi ko`cha boshlaydi. 
Payraxa (qirindi) hosil bo`lish jarayoni shunday ro`y beradi. Bunda sirpanish tekisligi haqida 
tushuncha berish kerak emas. Bu keyinchalik materiallarga ishlov berish bilan bog’liq 
ixtisoslik bo`yicha ta’lim olishni davom ettiruvchi o`quvchilarga o`z bilimlarini to`ldirishda 
halal bermaydi. 
Ikkinchi misol. O’quvchilar elementar texnologik sinashlar (egish, egovlash va 
hokazolar) orqali metallar va qo-tishmalarning ba’zi xossalari bilan tanishadilar. Metallar va 
qotishmalarni bunday sinash formasi bo`yicha ibtidoiydir, ammo mazmuni bo`yicha u ilmiy 
asosga tayanadi, chunki unda qattiq jismlarning xossalarini aniqlashga harakat qilinmoqda. 
Agar buni o`quvchilarga tushuntira olinsa, bu holda ta’limda ilmiylik prinsipiga amal 
qilinmoqda, deb hisoblash mumkin. 
Demaq texnologiya ta’limida ilmiylik prinsipini ta’limni eng yuqori ilmiy-nazariy 
saviyada o`tkazish talabi sifatida zmas, balki ta’lim jarayonini markscha-lenincha 
metodologik asosda, hozirgi zamon ilmiy-texnik ma’lumotlarga va o`quvchilarning fan 
asoslari bo`yicha bilimlariga tayangan holda tashkil etish talabi deb tushunish lozim. Shuning 


uchui ilmiylik prinsipidan kelib chiqib o`quvchilarga texnologiya ta’limi jarayonida 
matematika, fizika va boshqa fanlardan eropedevtik ma’lumotlarni aytmaslik kerak. 
Shunday hollar ham bo`ladiki, texnologiya ta’limi mashg’ulotlarida ilmiy asoslari 
o`quvchilar hali o`rganmagan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga tayanadigan ma’lumotlarni bayon 
qilish ham zarur bo`lib qoladi. Bunday holda texnologiya ta’liming vazifalarini bajarishdan 
bosh tortmasliq balki ularni hal qilish yo`llarini izlash kerak. Bunga sakkiz yillik maktabda 
mashinashunoslik elementlarini o`rganish xarakterli bo`la oladi. Bu materialni o`rganishga 
zarurat tug’ilgan paytda ishlab chiqilgan ta’lim metodikasi o`quvchilarni «mexanizm» va 
«mashina» tushunchalari bilan ular bu tushunchalarga fizika kursida duch kelishidan oldin 
tanishtirish imko-nini beradi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish