O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

I. Nazorat savollari 
1. O`quv ustaxonasi unga qo`yilgan talablar 
2. Mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz 
3. O`qituvchining ish o`rni 
4. O`quvchining ish o`rnini tashkil qilish 
 
 
15-Mavzu. Texnologiya ta’limidao’quvchilarning 
o’zlashtirishlarini hisobga olish va baholash
REJA: 
1.
Texnologiya ta’limi darslari jarayonida o`quvchilarning bilim,ko`nikma va 
malakalarini reyting usulida baholash mezonlari. 
2.
Baholashning ob’ektivligi va differensialligi. 
3.
Texnologiya ta’limi darslarida baho turlari (amaliy, nazariy). 
4.
Baholashda hisobga olinadigan ishlar. 
5.
O`zlashtirishni hisobga olish turlari. 
Tayanch iboralar 
Bao`olash mezoni,baholash ob’ektivligi,reting tizimi, kirish yo`rig’
i
, baho turlari 
O`ZLAShTIRIShNI BAHOLASh MEZONLARI 
O`quvchilarning o`zlashtirishini hisobga olish, ya’ni aniqlash, yangi materialni 
mustahkamlash vaqtida, o`tilgan o`quv materiallarini o`zlashtirish, mehnat usullarini egallash 
va mustaqil mehnat topshiriqlarini, grafik ishlarini va uy topshiriqlarini bajarishlarini hamda 
o`quvchilarning bilimlari tekshiriladi va unga baho qo`yiladi. 
O`quvchilarning o`quv - mehnat faoliyatini muntazam tekshrfib borish va unga baho 
qo`yish - ularning berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida va puxta, mustaqil bajarishlarini 
ta’minlaydi, ilmiy -amaliy bilimlarni, mehnat ko`nikmalari va malakalarini astoydil 
egallashga undaydi. Shu bilan birga o`qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi o`qituvchilarining 
o`quvchilarda mavjud bo`lgan kamchiliklarni aniqlash bilan birga uni tuzatish choralarini 
izlashga undaydi. 
Bundan tashqari o`quvchilarning o`zlashtirishini tekshirish o`qituvchilarning 
faoliyatiga baho berishga ham asos bo`ladi. Ya’ni, u o`quv materiallini qanchalik tushunarli 
qilib qila olishi va mehnat usullarini ko`rsatishi, mehnat va hunar ta’limining tashkiliy 
formalari, metodlaridan ham ko`rsatmali qullanmalardan samarali foydesshnishiga, mustaqil 
ishlarni tashkil etish, ularning bajarilishga rahbarlik qila olishiga baho berish imkonini beradi. 
Bilim, dastlabki ko`nikmalar sifatini nazorat qilish buyicha baholash mezonlarini 
ko`rgazmali qo`llanma sifatida tayyorlab ustaxonaga olib qo`yishi ijobiy natija beradi. 
Bundan tashqari, ko`rgazmali qullanmaning oxirida izoh o`rnida quyidagilarni yozib qo`yish 
mumkin: 
Texnologiya ta’limi va yo`nalishlari maktab, kasb - hunar kolleji joylashgan iqtisodiy 
xududda keng tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlanadi. Shunga ko`ra yo`nalish 
tanlangandan keyin joylarda texnologiya ta’limi o`qituvchilari o`zlari baholash mezonlarini 


ishlab chiqishlari zarur. quyida ana shu baholash mezonlarini ishlab chiqish bo`yicha umumiy 
tavsiyalar keltirilgan: 
-
o`quvchilarning nazariy, texnika va texnologiyaga doir bilimlarni va dastlabki 
ko`nikmalari bo`yicha baholash mezonlarini ishlab chiqishda quyidagilarni hisobga 
olish kerak; 
-
texnologiyaga, texnikaga, iqtisodiyot va Mehnatni hamda ishlab chiqarishni tashkil 
etishga doir nazariy bilimlarni; 
-
asosiy texnologik operasiyalar va texnologik jarayonlarni bilishni; 
-
asosiy asbob va moslamalarni (qirqish, o`lchash tekshirish moslamalarini, priborlar, 
apparatlar. staioklar, mashinalarni, agregatlarni, ularning vazifasini, ishlash prinsipini, 
boshqarilishini, ta’mirlanishi va hokazolarni) bilishni; 
-
xavfsizlik texnikasi va shaxsiy gigiena qoidalarini bilishni;
-
asosiy manbalarni, ta’limning texnik va didaktik vositalarini va ulardan foydalanishni 
bilishni; 
-
har xil o`quv fanlari (matematika, kimyo, fizika va h.k) bo`yicha tegishli 
ma’lumotlardan foydalana olish ko`nikmasini; 
-
ishlab chiqarish mazmunidagi masalalarni hal qilish (ashyolarning zarurligini, ularni 
ishlatishni hisoblash va h.k) uchun turli bilimlardan mustaqil foydalanishni; 
-
buyumlar tayyorlashning sifatini nazorat qilshp ko`nikmasini.
Amaliy laboratoriya mashg’ulotlari bo`yicha baholash mezonlarini ishlab chiqishda 
esa quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: 
-
navbatdagi ishni rejalashtirishda mustaqillikdan, ish o`rnini rasional tashkil etishdan; 
-
tekshirish, sozlash, rostlashdan; 
-
mustaqil holda boshqarish, ishlash qayta tiklash, tanlash va h.k.lardan; 
-
tanlashni asoslash, ishlash rejimi, bo`yoqning rangi, ishlashusullari, texnologik 
operasiyalari va hokazolar nimalargaasoslanib tanlanganini isbotlashdan va h.k. 
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalariga o`qituvchi besh balli tizimda baho 
qo`yadi. Baho qo`yishning besh balli tizimini amalda tadbiq etishda so`zlar bilan 
ifodalanadigan «5», «4», «3», «2», «1» ballardan ifodalanadi. 
Ko`pincha o`qituvchilar o`quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi (kechikib 
kelishi, mashg’ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib o`tirishi va hokazolar) uchun 
bahoni kamaytirish kabi xatoga yo`l qo`yadilar. Bu o`rinda o`qituvchi tarbiyaviy ta’sir 
ko`rsatishning boshqa vositalaridan foydalanishi lozim. Baho mezonlari quyidagicha 
tavsiflanadi: 
-
A’lo (5 ball). O`kuv materialini butun tafsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni 
izchil, mantiqan bog’langan holda xatosiz bayon etish, hisob - kitob va grafika ishlarini 
namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini mustaqil, dalil va to`g’ri tatbiq etish, mehnat 
usullarini tug’ri bajarish (texnologiya ta’limi dasturining talablari doirasida), texnikaviy 
talablar doirasida sifat ko`rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish 
«5» ball bilan baholanadi. 
-
Yaxshi (4 ball). Baho butun o`quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni og’zaki va 
yozma ravishda to`g’ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to`g’ri va puxta 
bajarishi, olingan bilimlardan o`quv-mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni belgilangan 
vaqt me’yoriga muvofiq vaqtida bajarilganligi uchun qo`yiladi. 
-
Qoniqarli (3 ball). Baho dasturidagi asosiy materialni bundan keyingi o`quv - mehnat 
vazifalarini bajarishga imkon beradigan hajmda bilishi va tushunishi, o`quv materialini 
birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o`qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib 
bayon etishi, mehnatni tashkil etishda bir oz kamchilik bo`lgan holda belgilangan vaqt 
normasini 75% bajargani uchun qo`yiladi. 
Yomon (2 ball) baho dastur materialning ko`p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo`pol 
xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini etarli darajada bajarmaslik, olingan 
bilimlarni xatolarga yo`l qo`yib tadbiq etish, mehnat operasiyalarini ko`p xatolar bilan 
bajarish, mehnatda belgilangan sifat ko`rsatkichlarini ta’minlay olmasliklari uchun qo`yiladi. 


Juda yomon (1 ball) butun dastur matearialini bilmaslik va tushunmaslik, o`tilgan 
materialni bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik, mehnat 
usullarini qo`llay olmaslik, brakka yo`l quyish uchun «1» baho qo`yiladi. 
Baholarni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat 
bilan usta, o`qituvchilar qo`ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu xol o`quvchilarga 
o`z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi nuqsonlarni bilib olishlariga yordam 
beradi. Baholarni muntazam izohlab borish, ularning ta’limiy rolini oshiradi. 
Dars prosessida o`quvchilarni bilim, malaka va ko`nikmalarini o`qituvchi tomonidan to`g’ri 
baholash ko`p muammolarni echishga, ta’lim va tarbiyani yo`lga qo`yishga yordamlashadi. 
Bilimlarni va mehnat ko`nikmalarini tekshirish va ularga baho qo`yish texnologiya ta’limi 
hamma bosqichlarida o`tilgan materialni takrorlash va yangi materialni mustahkamlash 
vaqtida mehnat usullarini eslash va mustaqil topshiriqlarni bajarishda grafika ishlarini va uyga 
berilgan vazifalarni ado etishda amalga oshiriladi. O`qituvchilarni o`quv mehnat faoliyatlarini 
muntazam tekshirib borish va o`sha baho qo`yish, ularga beriladigan topshiriqlarni o`z 
vaqtida puxta bajarishlarini ta’minlaydi Mehnat texnikaviy bilimlarni, mehnat ko`nikmalarini 
va masalalarini astoydil eslashga undaydi. Baholashda bahoning ob’ektivligi o`quv tarbiyaviy 
ishda muhim rol uynaydi. Shuningdek, mehnat o`qituvchilari va ustalari uchun 
o`quvchilarning o`quv-mehnat faoliyati vaqtida qo`yiladigan talablarga rioya qilish ham 
ancha muhimdir. Bunday talablarga quyidagilar kiradi: o`quv materialini mehnat va hunar 
ta’limi dasturida belgilangan hajmda bilish, olingan bilimlar va mehnat ko`nikmalarini 
chuqurligi va anglanganligi, javoblarning va ko`rsatilayotgan usullarning to`g’riligi, 
o`rganilgan materialni tahlil qilish va umumlashtira bilish, o`rganilgan va egallangan 
bilimlardan amaliy faoliyatda foydalana olish. Ishdagi mustaqillik va olingan bilimlarni 
amalda qo`llanishi, ish joyini to`g’ri tashkil etish, hamda tayyorlanayotg.sh buyumlarga 
nisbatan quyiladigan texnikaviy talablarga rioya qilish, belgilangan vaqt normasini bajarish va 
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish va hokazolar. 
Ana shu talablar asosida quyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan. 
O`quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, - materialni izchil, 
mantiqan bog’lagan holda xatosiz bayon etish, hisob-kitob va grafika ishlarini namunali 
bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-texnikaviy bilimlarni mustaqil, 
dadil va to`g’ri tadbiq etish, mehnat usullarini to`g’ri bajarish, texnikaviy jarayonlar doirasida 
sifat ko`rsatkichlariga rioya qilish, ishni vaqt normasi doirasida bajarish "5" baho bali bilan 
baholanadi. 
"4" ball butun o`quv materiallarini bilish va tushuntirish, uni og’zaki va yozma 
ravishda to`g’ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to`g’ri va puxta bajarishi, 
olingan bilimlardan o`quv mehnat topshiriqlarini bajarishga nisbatan erkin foydalana bilish, 
barcha ish uslublarini sifat ko`rsatkichlarini belgilangan doirada to`g’ri bajarish, bunda 
mehnatni tashkil etishda kamchillikka yo`l qo`ymasdan, belgilangan vaqg normasiga muvofiq 
o`z vaqtida bajarganligi uchun qo`yiladi. 
"3" ball programmadagi asosiy materialni (bayon qilish) bundan keyingi o`quv mehnat 
vazifalarini bajarishga imkon beradigan, hajmda bilishi va tushuntirishi, o`quv materialini bir 
muncha xato va kamchiliklar bilan o`qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon 
etishi, olingan ilmiy - texnikaviy bilimlardan, amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida sust 
foydalanishi mehnat usullarini etarli darajada egallamaganligi (natijada buyum sifati pasayib 
ketadi), mehnatni tashkil etishda oz kamchilik bo`lgan holda belgilangan vaqt normasini 75 % 
bajargani uchun qo`yilmadi. 
"2" ball programma materialining ko`p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo`pol 
xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini etarli darajada qunt bilan 
bajarmaslik, olingan bilimlarni ancha xatolarga yo`l qo`yib tadbiq qilish, mehnat 
operasiyalarini ko`p xatolar bilan boshqarish, mehnatga belgilangai sifat ko`rsatkichlarining 
ta’minlay olmasligi uchun qo`yiladi. 


"1"ball o`quv jarayonini umuman bilmasligi, berilgan topshiriqdan bo`yin toblash, 
asboblardan foydalana bilmaslik va uni ishdan chiqarish xavfsizlik qoidalarini qo`pol ravishda 
buzish. 
Shuni eslatib o`tish lozim, ball baholar ishi tipovoy normalari bo`lsa ham, ular aslida 
umumiy o`rni normalar bo`lib, ularni albatta indivduallashtirish kerak. Usta va mehnat 
o`qituvchisi ball qo`yish normalariga ijodiy yondoshishi bu masalaga bir xil qaramasligi 
lozim. 
Baholarning tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat 
bilan o`qituvchini qo`ygan baholarini izoxlab berishi muhimdir. Bu xol o`quvchilarga o`z 
bilimlaridagi kamchiliklarni, amaliy ishlardagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. 
O`qituvchi baholarni izoxlar ekan, sinf, guruhini diqqat e’tiborini berilgan javob yoki 
bajarilgan topshrigini ijobiy va salbiy tomonlariga qaratilishi, buni barcha o`quvchilar keyingi 
o`quv mehnat faoliyatlarida hisobga olishlari zarur. Baholarni muntazam izohlab berish 
ularning ta’limiy rolini oshiradi. 
O`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini baholashda quyidagi talablarni 
bajarish talab etiladi. 
A) Nazariy va texnologik bilimlar me’yori va ularni praktik ish jarayonida qo`llay 
bilish. 
B) Asboblar, moslamalar va boshqa jihozlarni bilishi va ularni ishga sozlay bilishi. 
V) Praktik ish prosessida texnika xavfsizligi va sanitariya gigena talablarini bajara 
bilish. 
G) Ajratilgan vaqt normasida bo`lishi, bajarilishi.
D) Mehnat usullarini qanchalik egallay bilishi. 
E) Dars prosessida yozma va grafik hujjatlardan foydalana bilishi va ularni oddiylarini 
tuza bilishi.
J) Ish joyini nechog’lik to`g’ri tashkil qila bilish.
3) Materiallarni tanlay bilishi asbob - uskunalarga odamlarga munosabatda bo`lishi. 
I) Nechog’lik mutaqil ishlay bilishi va texnik ishlashi.
K) Buyumni tayyorlash sifati (silliqligi, pardoz andoz h.k.). 
Texnologiya ta’limi darslarida o`quvchilarni bilim, va malakalarini aniqlash 
maqsadida joriy, davriy, o`zlashtirishni hisobga olish turlari mavjud. 
Joriy hisobga olish har bir darsda amalga oshiriladi va o`quvchilarni texnologiya 
ta’limi bo`yicha milliy texnikaviy bilimlarni mehnat ko`nikmalarini va malakalarini tekshirish 
eng muhim usuldir. 
Davriy hisobga olish har bir o`quvchilarning bilimlari va mehnat ko`nikma 
malakalarini ilintirish formalaridan biri hunarning o`zlashtirishini o`quv choragi, yarim yillik 
va yilligida hisobga olishdir. 
Yakuniy hisobga olish o`quv yilning oxirida sinov tariqasida amaliy ishlarini o`tkazish 
yo`li bilan amalga oshriladi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish