O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/159
Sana27.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#513096
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159
Bog'liq
Технология фанини укитиш укитиш методикаси

Ivariant
IIvariant
IIIvariant
1. Sirkulni yigish va sharnir 
o`qini parchinlash
 
Sirkulni yigish va sharnir 
o`qini parchinlash
 
Oyoqlarni ishchi qismini toblash
 
2. Sharnirni egovlash 
Oyoqlarni ishchi qismini 
toblash 
Sirkulni yigish va sharnir o`qini 
parchinlash
 
3. Oyoqlarni ishchi qismini 
toblash 
Sharnirni egovlash. 
Sharnirni egovlash.
 
O`qituvchi har bir mashg’ulotning mazmunini oldindan bilsa, o`quvchilarni aniqlash 
va ular oldiga o`tilgan materialni taqrorlashga doir topshiriq qo`yish imkoniga ega bo`ladi. 
Yuqorida ko`rsatilgan barcha ishlar natijasida navbatdagi temani o`rganishni kalendar reja 
tuzilishi ham mumkin. 
O`quvchining darsda tayyorlanishida tashkiliy va metodik xarakterdagi tadbirlarni, 
shuningdek maxoratni oshirish tadbirlarini ifodalash mumkin. 
Mutlaqo ayonki, o`qituvchini bilimlari o`quvchilardan talab qilinadigan ancha keng 
chuqur bo`lishi kerak. O`qituvchi o`quvchilarning o`quv programmasidan tashqari savollarga 
javob berishiga tayyor bo`lishi kerak. U shuningdek professional malakalarni puxta egallab 
olishi zarur. Shu sababli ishlab chiqarish materiallariga, masterlariga mo`ljallangan kitoblar 
o`qituvchining tayyorligi uchun ham manba bo`ladi. 
O`qituvchi darsga tayyorlanishida ilg’or maktablarni tajribalari umumlashtirilgan 
metodik adabiyotlar bilan tanishishi katta ahamiyatga ega. Metodrk adabiyotda o`quv 
prosessini tashkil etshp, ish ob’ektlarini tanlashga va mehnat darslarida o`quv topshiriqlarshsh 
bajarish bilan bog’liq. Ilg’or o`qituvchilar metodik adabiyot yangiliklarini muntazam kuzatib 
boradilar, ulardagi tavsiyalarni o`rganadilar va ularni o`z ish praktikalarida qo`llaydilar. 
Boshqa o`qituvchilarning tajribalarini bevosita o`rnganishning ham axamiyati kam emas. Har 
bir rayonda o`quv vazifalarini bajarishda katga muvaffaqyyatlariga erishayotgan 
o`qituvchilari bor. Ularning ba’zilari o`qituvchilarda puxta sifatli malakalarini 
shakllantirishga erishmoqda, ba’zilari o`quvchilarni bilimlardan mehnatdan foydalanishni 
o`rganmoqda, yana ba’zilar mashg’ulotning tashkil qilishning har xil formalarini qo`shib olib 
borishga muvaffaq bo`lmoqda va hokazo. Metodik birlashmalar, ochiq darslar tashkil qiladi, 
o`z majlislarida o`qituvchilarning xisobotlarini eshitadi. Qator oblastlarda hozir ko`rsatmali 
darslar o`tkazish yo`lga qo`yilmoqda, bu dars programmadan birmuncha ilgarilab ketadi va 
shu tufayli maxalliy sharoitlarni hisobga olgan xolda hamma o`qituvchilar tomonidan ijodiy 
takrorlanishi mumkin. Ko`rsatmali darslarga qatnashish o`qituvchining darsga metodik 
tayyorlanishning formalaridan birdir. O`qituvchiga mashg’ulotlar boshlangunga qadar 
o`quvchilarga mehnat topshirig’i sifatida belgilanadigan ob’ektni mustaqil tayyorlash tafsiya 
qilinadi bu ish metodik nuqtai nazardan bir qancha sabablarga ko`ra muhimdir. 


Birinchidan, mehnat usullarisi mO’qammal ztallaganligini va shaxsan namuna 
bo`lishini ko`rgan o`quvchilar nazarida o`qituvchining obro`si ortadi. 
Ikkinchidan, o`qituvchi tayyorlangan namunalar o`quvchilarga etalon sifatida xizmat 
qiladi 
Uchinchidan, o`qituvchi mehnat prosessini mustahil bajarib,o`quvchilar qanday 
qiyinchiliklarga duch kelishini, qanday xatolarga yo`l qo`yishlari mumkinligani aniq tasavvur 
qiladi. 
Xonasi kelganda shuni ta’kidlash zarurki, o`quvchilarning xatolarini analiz qilish 
o`qituvchining darsiga tayyorlanishida muhim o`rin tutadi. Tajriba o`quvchilarning xatolarini 
tuzatishga o`quv vaqtining 10% ketishini ko`rsatmoqda. O`quvchilarda xatolar har xil 
sabablarga ko`ra paydo bo`lishi mumkin. Ba’zai o`qituvchi yangi materialni etarlicha aniq 
bayon qila olmasa, mehnat usulini bajarish etarlicha yaqqol ko`rsata olmasa, uning aybi bilan 
xatolar sodir bo`ladi. 
Ba’zan esa o`quvchi o`qituvchining tushuntirishlarini etarli darajada diqqat - e’tibor 
bilan kuzatib bormasa, ish vaqtida boshqa ishlar bilan ovora bo`lsa, uning aybi bilan xatolar 
sodir bo`ladi. Xatolar ob’ektiv sabablarga ko`ra ham ro`y beradi. Masalan, ba’zan 
materiallarni qirqishni bajarish uchun o`quvchining jismoniy rivojlanishi etarli bo`lmay 
qoladi. O`qituvchining vazifasi avvalo xatolarni oldini olishdan iboratdir. Ravshanki, u 
xatolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni yaxshi bilsagina, bu vazifani uddalay oladi. Shu 
sababli mehnat o`qituvchisi o`quvchilar yo`l qo`yadigan xatolarni muntazam analiz qiladi va 
bu xatolarning sabablarini yo`qotish yo`llarini izlaydi. Qaysi temalarni o`rganshsda 
o`quvchilar xatolarga yo`l qo`yishlarini va bu xatolar oldingi yillar tajribasidan bilgani holda, 
bu xolatlarning oldini olish tadbirlarini belgilaydi. Masalan, V-VII sinflarda o`quvchilar 
chizmalarni o`qishga va ular bo`yicha ishlashga tayyor bo`lmaydilar. Shu sababli o`qituvchi 
chizmachilikdan ba’zi bilimlarni beradi, bu bilimlarga asoslanib o`quvchilar amaliy ishga 
kirishadilar. Shuningdek ma’lumki, metallarni arra bilan qirqishda o`quvchilar tez-tez arra 
polotnosini sindirib quyadilar. Shu sababli o`quvchi asbobni qanday ushlashni o`rgatishga 
arra polotnosi qiyshayishining oldini olishga alohida e’tibor beradi. Darsning sifati ko`p 
jihatdan o`qituvchining tashkiliy masalalarni oldindan ishlab chiqishga bog’liq. Chunonchi, 
har bir o`quvchi qirqish va o`lchash asboblari va komplekt bilan zaro`r miedorda zagatovkalar 
bilan ta’minlangan bo`lishi kerak. Biror asbob ishdan chiqib qolgan, zagatovka buzilgan 
paytida asbob va zagatovkaga ega bo`lishi kerak. 
Ko`rsatmali qo`llanmalarni tayyorlash o`qituvchidan jiddiy e’tiborni talab qiladi. 
Bunday gap avvalo texnika hujjatlar: chizmalar, operasiya kartalari haqida bormoqda. 
Operasiya 
kartalarining 
qanday 
formada 
bo`lishi, 
buyumning 
murakkabligiga, 
o`quvchilarning tayyorligiga, kartalarda qay darajada, mufassal ko`rsatmalar berilishiga qarab 
hal qilinadi. Mehnat o`qituvchilari beshinchi, ettinchi sinflar uchun operasiya kartalari bilan 
chegaralanmay alohida stendllr tayyorlaydilar va ularda buyumga ishlov berishning hamma 
bosqichlari aks ettiriladi. Bunday stendlar o`quvchilarning chizmalarini o`qishni o`rganishga 
yordam beradi. 
O`qituvchi ta’limiy modellar tayyorlash haqida o`z vaqtida o`ylashi kerak. Masalan, 
tokarlik rezesi (keskichi) ni o`rganishda asbobning haqiqiy o`lchamlariga nisbatach 
katgalashtirilgan va yog’ochdan yasalgan rezesning razbar qiladigan modeliga ega bo`lish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ba’zi hollarda, masalan, mashina detallarini, yog’ochning turlari va hokazrlarni 
o`rganishda tarqatma materiallar ko`zda tutiladi. 
Joriy ishlarni hisobga olish jurnalida amalga oshiriladi, bu jurnalda o`quvchilarning 
davomati, o`zlashtirishlari qayd qilinadi, shuningdek mashg’ulotlarning mazmuni ham 
yoziladi. 
O`qituvchining darsga tayyorlanshni dars planini tuzish bilan tamomlanadi. 
Dars plani qanchalik to`la, mufassal bo`lsa, mashg’ulot o`tkazishga o`quvchiga 
shunchalik yordam beradi. 
Har bir dars plani quyidagi taxminiy formada tuziladi: 


1.
Darsning maqsadi va ta’limiy vazifalar: 
2.
Mehnat ob’ekti; 
3.
Jihozlar: 
4.
Darsning borishi: 
Mashg’ulot nimaga bag’ishlanganini, uning maqsadi va ta’limiy vazifalaridan 
ko`rinadi. Masalan, ta’limiy vazifa o`quvchilarning texnologik prosessini mustaqil tashkil 
etishga uyushtirishdan, ularning metallarini qirqish va egovlash bo`yicha dastlabki 
malakalarni mustahkamlashdan iborat bo`lishi mumkin. O`quvchilar buyumlar tayyorlaydigan 
darslarda mehnat ob’ektlari ko`rsatiladi. 
«Jihozlar» bulimida mazkur darsda ishlatiladigan jihozlar, asboblar va har xil 
ko`rsatma materiallar ifodalanadi. 
«Darsning borishi» bo`limida dars strO’qturasi ochib beriladi, dars elementlarining 
almashinish tartibi va ularning har biriga ajratiladigan vaqgi ko`rsatiladi. 
Quyida misol tariqasida darslardan birining planini keltiramiz. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish