13- Mavzu. «Texnologiya ta’limi o`qituvchisining darsga va o`quv
yiliga tayyorgarligi kasbkorlik sifatlari"
REJA:
1.
Asbob uskunalarni ishga sozlash.
2.
Xom ashyo va namuna tayyorlash.
3.
Ko`rgazmali qurollar va texnik vositalar.
4.
O`qituvchining shaxsiy fazilatlari.
Tayanch iboralar
Dasr rejasi , O`qituvchining o`quv yiliga tayyorgarligi, Ko`rgazmali qurollar, Darsga
qo`yilgan talablar, Texnik vositalar
O`quv yili tugashi bilan o`qituvchining navbatdagi o`quv yiliga tayyorlanishi
boshlanadi.
Mehnat o`qituvchisi jihoz va asboblarning xolatini tekshiradi.
Jihozlardagi mayda
nosozliklarni o`qituvchining o`zi bartaraf qiladi, agar o`rtacha yoki kapital remont talab
qilinsa, o`qituvchi talabnoma tuzadi va bu uning bajarilishi uchun ma’muriyat orqali tegyupli
tadbirlarni qullaydi. Asboblar olishiga alohida talabnoma tuziladi.
O`quv ishining rejalashtirish maktab programmasini va undagi tushuntirish xatini
o`rganishdan boshlanadi. Tushuntirish xatini o`rganishda mashg’ulotlarning vazifalarini,
shuningdek, o`quv
prosessini tashkil qilishga, ko`rsatmali qullanmalardan foydalaiishga,
o`quvchilarning faoliyatini tekshirish, baholash va hokazolarga oid metodik ko`rsatmalarini
sinchiklab analiz qilishlari kerak. Shuningdek programmaning mazmuni bilan ham sinchiklab
tanishib chiqishi lozim, unda har qaysi sinf o`quvchilariga o`zlashtirishi kerak bo`lgan bilim,
ko`nikma, malakalar, bo`limlar va temalar, u yoki bu temaga ajratiladigan
soatlar miqdori
bilan mehnat ob’ektlarining taxminiy ro`yxati ham ko`rsatilgan.
Maktab programmasini o`rganish va analiz qilishini tamomlab o`qituvchi
o`quvchilarning ish ob’ektlari sifatida xizmat qiladigan buyumlarni tanlashga kirishadi.
Buyumlarni tanlash
o`qituvchi mashg’ulotlarini o`tkazishga tayyorlanishida
mas’uliyatli bosqich hisoblanadi, chunki buyumlar o`z vazifalariga ko`ra ijtimoiy-foydali
bo`lishi kerakligidan
tashqari, ularga yana qator talablar qo`yilgan.
1.
Buyumlarga ishlov berish o`quv programmasidagi mavjudoperasiyalaridan iborat
bo`lishi lozim.
2.
Buyumni tayyorlash bilan bog’liq ish talab qilinayotgan aniqlik jihatidan ham,
planlashtirilgan vaqt normasi jihatidan ham o`quvchilarni kuchlari etadigan bo`lishi kerak. Bu
talab o`qituvchiga katta ma’suliyatni yO’qlaydi, chunki vaqt normasini, ko`pincha ishlov
berish
aniqligini xam, o`qituvchining o`zi belgilaydi.
3. Buyum vazifasi konstrO’qsiyasiga ko`ra o`quvchilar tushuna oladigan bo`lishi
kerak. Bu talab ayniqsa o`quvchilar har xil modellarni tayyorlayotganida muhimdir.
Maktab rahbarlari darslardagi mehnat mashg’ulotlarini har xil korxonalarning
buyurtmalari asosida tashkil qilishga intiladilar, chunki bu xolda o`quvchilarning unumli
mehnatini yo`lga qo`yish mumkin. Ammo bunda o`quvchilarni faqat ishlanadigan konkret
detallar
bilangina emas, balki bu detallarni vazifalari va mashinadagi o`rin bilan tanishtirish
ham kerak bo`ladi. Bunda o`quvchilardan detallarni tayyorlash bo`yicha talablarnigina emas,
balki ularni asoslab berishni talab qilish ham mumkin bo`ladi, chunki har bir talab detalning
mashinada bajaradigan funksiyasidan kelib chiqadi. Shunga ko`ra o`quvchilarning mehnati
ongli mehnatga aylanadi, bu esa butun ta’lim-tarbiya ishining natijalariga ijobiy ta’sir qiladi.
O`quvchining navbatdagi tema bo`yicha mashg’ulotlarga tayyorlanishi kalendar reja
tuzishdan boshlanadi.
Maxalliy sharoitlarga bog’liq xolda kalendar reja bir yo`la butun o`quv yiliga,
yarim
yil yoki o`quv choragiga tuzilishi mumkin. Agar maktab ba’zi korxona orqali moddiy
ta’minlanishi doimiy ishonchli manbaiga ega bo`lsa, reja butun o`quv yiliga ega bo`lishi
mumkin. Agar materiallar tasodifiy manbalardan keladigan bo`lsa, reja qisqaroq, ammo o`quv
choragidan kam bo`lmagan muddatga tuziladi.
Butun gruppa bilan frontal tarzda o`rganib bo`lmagan temalar uchun alohida grafik
tuziladi. Masalan, agar maktabda tokarlik stanogida materiallarga ishlov berish, termik
ishlash, maishiy elektr isitgich asboblarini remont qilishni frontal o`rganish uchun etarlicha
jihozlash va isitish qurilmalari bo`lmasa, o`quvchilarning
soni va mazkur ustaxonaning
ta’minlanganligini hisobga olib grafik tuziladi, bu grafik buyicha o`quvchilar programmada
nazarda tutilgan ishlarni navbati bilan bajariladi.
Buyum tayyorlash texnologiyasida variantlilik jihozlardanancha to`liq foydalanish
imkonini beradi. Masalan, serkultayyorlash darsida texnologayani bir qancha varianti berilishi
mumkin. O`quvchilar bu texnologiyalar bo`yicha ishlab toblanishni har xil vaqtda bajariladi,
shu usul bilan qizdirish qurilmasida uzlO’qsiz foydalaniladi.
Sirkul tayyorlash va texnologik prosessining varianti
Do'stlaringiz bilan baham: