Oxirgi bosish–bu kontakt prujinasi hosil qiladigan kuchdir (kontaktor to’la ulangan holatda).
Oxirgi bosishni tekshirish kontaktor to’la ulangan holatda bo’lganda boshlang’ich bosishini tekshirish kabi bajariladi, faqat bu holda qog’oz harakatlanadigan va harakatlanmaydigan kontaktorlar orasiga qo’yiladi (5–rasm, b qarang).
Kontaktorlarni bosish qiymati harakatlanadigan kotaktorlar tutqichi skobasining holatni o’zgartirib rostlanadi; skobaning holati tutqich 5 ni xomutlar 7 bilan val 6 ga maxkamlanadigan gaykani burab tortib yoki bo’shatib o’zgartiriladi.
Kontaktlarnig ochilishi darajasi, susayishi va kontaktlarning bosilishini rotlash uchun mahlumotlar apparatning zavod ilova qilgan pasportidan olinadi.
Nazorat savollari:
SHMA shinali o’tkazgichning tuzilishining bayon qiling.
SHMA shinali ztkazgich qayday tartibda montaj qilinadi?
Qisqa tutashtirilgan rotorli elektr dvigatelg’ qanday tuzilgan va faza rotorli dvigatelg’dan nimasi bilan farq qiladi?
Qanday apparatlar va nima uchun noavtomatik apparatlar deyiladi?
Uch fazali kontaktor qanday tuzilgan?
Izolatorlarni montaj qilish.
Reja :
Izolatorlarni montaj qilish
Izolatorlar tasnifi
1.Izolatorlarni montaj qilish .Izolatorlar yuqori va past kuchlanishli apparatlarning ajralmas, qismi bo‘lib, taqsimlovchi va transformator nimstansiyalarida izolatsiyalovchi va mexanik ushlab turgich sifatida keng tarqalgan.
Foydalanish sharoitiga qarab izolatorlar bino ichida qo‘llaniluv- chi konstruksiyali va ochiq atmosferada ishlashga mo‘ljallangan konstruksiyali bo'ladi.
Ichki (ichki binoga mo'ljallangan) izolatorlar mintaqaviy konstruksiyaga' ega bo‘lib, o‘rtacha (u), sovuq (xl) va tropik (t) mintaqalarga mofljallab, hamda GOST 15150—69 va GOST 15543— 70 larga ko‘ra 2 va 3-toifali o‘matishlarga munosib qilib ishlab chiqariladi. Tashqi izolatorlar U va XI mintaqalariga 1 toifali qilib chiqariladi.
Vazifalariga qarab izolatorlar tayanchli, o‘tuvchi va chiziqli izolatorlarga bo‘linadi. Har bir turdagi izolatorlar har xil ko'rinishlarga ega bo‘lib, ular konstruktiv tuzilishi bo‘yicha, texnik tavsiflari va ishlatilishi shartlariga qarab boflinadi. Har bir turdagi bir kuchlanishli izolatorlar har xil mexanik yuklamalarga mo‘ljallab yasaladi. Izolatorlar tasnifi 8.5-jadvalda keltirilgan.
0‘rnatilgan joyiga qarab izolatorlar statsionar, liniyali va apparat izolatorlariga bo'linadi. Statsionar izolatorlar taqsimlovchi quril- malardagi ichki va tashqi shinalarni mustahkamlash va o‘matish uchun ishlatiladi. Liniyali izolatorlar osma va shtirli bo‘lib, yuqori kuchlanishli liniyalar va ochiq taqsimlovchi qurilmalar shinalarini mahkamlash uchun ishlatiladi. Apparat izolatorlari apparatlar tok o‘tkazgichlarini mahkamlash va o‘rnatish uchun har xil konstruksiyalarda ishlab chiqarilib, qoTlaniladi (tayanchli, o‘tuvchi, o‘zak, tortgich va quvurcha ko‘rinishida).
Izolatorlar past kuchlanishli (680 V gacha) va yuqori kuchlanishli (680 V dan yuqori) bofladi. Yuqori kuchlanishlar 1, 3, 6, 10, 20, 35, PO, 150, 220, 330, 500, 750, 1150 kV qiymatlarga ega.
Izolatorlar bir qancha talablarga javob bera olishi kerak. Bu talablarga mexanik, elektr bardoshliklar kiradi.
Izolatorlar elektr tavsiflariga quyidagilar kiradi*. nominal kuchlanish, proboyga olib keluvchi kuchlanish, sanoat chastotasida razryad va chidovchi kuchlanish.
GOST 1516—76 da impuls va sinov kuchlanishlari qiymatlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |