5-rasm. 10 kV taqsimlagich qurilmaning o‘tuvchi izolatori.
kaolin (45—50%), kvars (15—20%) chinni qorishma (8% gacha), dala shpati (30—35%)'dan tashkil topgan. Termik ishlov davrida xoma- shyolar murakkab fizik va mexanik jarayonlar tufayli yangi kristall va shishalar birikmasi natijasida yangi modda (mullit, korund va boshqalar) hosil bo‘ladi va uchinni pishiqligi hamda kichik liniyali harorat uzayish koeffitsiyentiga ega bo‘ladi. Ishlov davrida dala shpati va kvars aralashmasidan hosil boiadigan shisha chinniga elektr pishiqligi va gigroskopiyasizlikni beradi. Elektr va mexanik tavsiflarni yaxshilash maqsadida izolator yuzasi glazur bilan yupqa qoplanadi. Chinni asboblarni qattiq qizdirilganda uning yuzidagi glazur eriydi, natijada u yuza bo'ylab bir xilda surkaladi. Bu yuza nurlanishni pasaytiradi, to- zalash osonlashadi. Glazur tayyorlash izolatorning elektr va mexanik xususiyatlari yaxshilanadi. Xuddi shunday xususiyatlarga dala shpati miqdorini kamaytirib, qo'shimcha material-glinozem (AI203) qo‘shish bilan ham erishish mumkin. Keramik elektr texnik materiallar tasnifi GOST 20419—83 da keltirilgan.
Keyingi vaqtlarda yuqori kuchlanish apparatlarida o'zakli shisha plastinkali, diametri 10—30 mm bo‘lgan trekich qoplamali izolatorlar qo'llanilmoqda.
Istiqbolli yo‘nalishlardan yana biri — izolator va izolatsiyali konstruksiyalarni quyma izolatsiya orqali yaratishdir. Bunda izolatorlar soddalashadi, o‘lchamlari va vazni kamayadi, narxi arzonlashadi. Hozir bu toifada keng tarqalgan izolator — epoksid smolali izolatordir.
SHinali o’tkazgichlarni montaj qilishga . Reja:
1. Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish
2. Yopiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish
1. Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish Ochiq shinali o’tkazgichlar kronshteynlar, ustunlar va tayanch tuzilmalarda o’rnatiladigan izolyatorlarga bolg’tlar yoki skobalar vositasida mahkamlangan to’g’ri burchakli, qutisimon yoki naychasimon profilli po’lat, alyuminiy yoki mis shinalardan tuzilgan qurilmadir. SHinali o’tkazgichlarning tayanch tuzilmalari binoning qurilish elekmntlariga (devorlar, shiplar, fermalar, kolonnalar) mahkamlanadi. SHinali o’tkazgichlarni montaj qilish trassani rejalashdan boshlanadi. Rejalash so’rilar, havozalar yoki teleskopik vishkalarda turib po’lat ruletka va andozalar yordamida bajariladi. SHinali o’tkazgichlarning trassasi uning yo’lida truboprovodlar, ventilyatsiya qutisi kabi tsex kommunikatsiyalari bo’lmagan joylarda o’tkazilishi kerak, chunki shularga o’xshash to’siqlarni aylanib o’tish mahlum qiyinchiliklar tug’diradi va shuning uchun iloji boricha bunday to’siqlardan narida o’tkazishga harakat qilinadi.
SHinali o’tkazgichlarni mahkamlash uchun tayanch tuzilmalar poldan bir xil balandlikda va bir–biridan loyihada ko’rsatilgan masofada o’rnatiladi. Izolyatorlar tayanch tuzilmalarga tayanch tuzilmalarni devorlar, fermalar yoki kolonnalar mahkamlashdan oldin o’rnatiladi.
O’lchamlari 100x10 mm li to’g’ri burchakli shinalar maxsus qaychilar bilan kesiladi. Katta kesimli va profilli alyuminiy shinalar shina kesgich stanoklarda yoki slesarlik dastarra bilan kesiladi. To’g’ri burchakli shinalarni ustma–ust qo’yib, shinaning eni 60 mm gacha bo’lganda ikkita bolg’t bilan, eni 80 mm va undan katta bo’lganda to’rtta bolg’t bilan biriktiriladi. Alyuminiy shinalarning bolg’tlar bilan tutashtiriladigan qismlariga oldin vazelin suriladi va shina frezerlash stanogida ishlov beriladi yoki shinalar tutashtiriladigan joyda ishonchli kontakt hosil qilish uchun yirik tishli egov bilan egovlanadi. Bolg’tning kallagi va shaybalar qo’yiladi.
Alyuminiy shinalarni bolg’tlar bilan tutashtirish uncha ishonchli emas; ishlatish davomida ko’pincha bahzi bir qismlari juda qizib ketishi natijasida bunday birikmani qaytadan tutashtirishga to’g’ri keladi. O’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokda elektr yoy bilan, shuningdek argon–yoy bilan payvandlab biriktirishning ancha ishonchli usuli hisoblanadi. To’g’ri burchakli, qutisimon va naychasimon profilli shinalarning payvandlangan birikmalari 1–rasm, a, b, v larda ko’rsatilgan. SHinalar ularni tayanch tuzilmalarga o’rnatishdan oldin, biroq faqat zarur sharoitlar bo’lgandagina va shinalarni tayanch tuzilmalarga yotqizilgandan keyin maxsus moslamalar payvandlanadi.
1–rasm. Payvandlab biriktirilgan shinalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |