115
Er-xotin bolani ko‘tarib, Abu Ali ibn Sinonikiga kelishibdi. U bir kichik,tor
kulbada yashar, shunday bo‘lsa-da, dong‘i olamga ketgan olim ekan.
Abu Ali ibn Sino er-xotinni yaxshi kutib olibdi. Nima ish bilan kelganliklarini so‘rabdi.
– Bolamizning tarbiyasi haqida bizga maslahat bersangiz. Toki katta bo‘lgach, el-
yurtga foydasi tegadigan bo‘lsin, – debdi eri.
– Qachon tug‘ildi? – deb so‘rabdi Ibn Sino.
– Erta bilan tug‘ildi, erining o‘rniga xotini javob beribdi.
– E ... аzizlar, –
debdi Ibn Sino, bola erta tongda tug‘ilgan ekan, hozir
choshgoh bo‘ldi, kechikibsizlar. Bola tug‘ilishi bilan uning tarbiyasi haqida qayg‘urish kerak.
”Niholni boshdan, bolani yoshdan” – deb, bekorga aytishmagan, axir.
“Allomalar ibrati” Malik Murodov.
GRAMMATIKA: REPORTAJ TAYYORLASH SIRLARI
Reja:
1. Jurnalistlik kasbi haqida.
2. Lavhani tushunish.
3.Asosiy faktlarni tanlash.
Jurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza olmasa,
demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi. Qachonki yozishni
o‘rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim. Tasvir uchun matn yozishning ikki usuli
mavjud. Birinchisi mutaхassislar talqinida «amerikacha usul» deb nomlanadi. Unga ko‘ra,
jurnalist avval matn yozadi, keyin esa unga mos tasvirni topadi. Ikkinchi usul ham borki, buni
mutaхassislar professional usul deb bilishadi. Bu usulga ko‘ra, dastlab kadrlar teriladi, montaj
qilinadi va shundan keyingina matn yozishga kirishiladi. Natijada birinchi usulga nisbatan
mukammal, professional matnga ega bo‘lish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.
Birinchi uslubda
matnga moslab montaj qilingan videoga nisbatan ikkinchi uslubdagi tasvirlar tomoshabin
e’tiborini ko‘proq jalb qiladi. Sabab esa televideniyeda tasvirning birlamchiligiga borib
taqaladi.
Tomoshabin e’tiborini jalb qilish uchun videoyozuvga «to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etish»
mumkin. Masalan, «mana bu» so‘z birikmasini qo‘llash barobarida
biror-bir narsaga
tomoshabin e’tiborini qaratsa bo‘ladi: «O‘z bilimiga ishonmaydigan ba’zi abituriyentlardan
mana bunday “shpargalka”lar imtihon boshlanishidan oldin olib qo‘yildi». Bu kabi
videotasmaga bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat tomoshabinni
tasvirdagi eng muhim
elementga e’tibor qaratishga chaqiradi. Jurnalist o‘z materiali ustida ishlayotganda albatta
uning asari «o‘tkinchi» bo‘lmasligiga, shunchaki efir vaqtini to‘ldirish uchungina kerak
bo‘lmasligiga
umid qiladi, uni tomoshabinlar, hamkasblari baholashini,
u odamlarning esida
qolishini, ularning fikrlari, qarashlari, faoliyatlariga ta’sir etishini хohlaydi. Lekin negadir ba’zi
ko‘rsatuvlar, dasturlarni tomoshabin shunchaki tasodifan ko‘radi va shu zahotiyoq unutadi,
yana qaysilarinidir biroz e’tibor bilan ko‘radi, uchinchilarini esa diqqat bilan kuzatadi, o‘ylaydi
va o‘z tanishlari bilan ham muhokama qiladi. Bu esa jurnalistning qay tarzda yoza olishi,
mahoratiga borib taqaladi.
Jurnalist telematn yozish davomida bir qancha bosqichlardan o‘tishi lozim.
Quyida axborot
dasturlari uchun yoziladigan telematn tayyorlash bosqichlarini ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: