58
55-mamlakati hisoblanadi. Aholining soni bo‘yicha 42-o‘rinda turadi. Iqtisodiy jihatdan
O‘zbekistonning o‘rnini belgilayotganda shuni aslo unutmasligimiz lozimki, uzoq yillar
mustamlaka iskanjasida hayot kechirishga majbur bo‘lgan biron-bir davlat va xalq ro‘shnolik
ko‘rgan, ya’ni iqtisodiy taraqqiyotga erishgan emas. Qariyib bir yarim asrga cho‘zilgan
so‘nggi mustamlaka davrida O‘zbekistonimiz ham jahon iqtisodiy taraqqiyotidan ko‘p
orqada qolib ketganini hech kim inkor eta olmaydi. Albatta, biz o‘ta rivojlangan (AQSH,
Kanada, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya) yoki rivojlangan (Avstraliya,
Argentina, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Indoneziya, Meksika,
Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy, Hindiston) davlatlar safida emasmiz. Lekin jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, O‘zbekistonimiz har yili 8
foizdan kam bo‘lmagan miqdorda yalpi ichkimahsulot ishlab chiqarishda yuqori darajalarga
erishyapti.
Yana bir yutug‘imiz shuki, O‘zbekistonimizning tashqi qarzi mamlakat bir yillik
yalpi ichki mahsulotining o‘rtacha 10 foizidan oshmaydi. Dunyoda mamlakatlarga xalqining
bashariyat umumtaraqqiyoti, ya’ni tamadduniga
qo‘shgan hissasiga asoslangan holda o‘rin ajratish tajribasi ham bor. Bu – aynan
ma’naviyat degani. Ko‘hna tarix mobaynida bashariyat tamadduni ravnaqiga ulkan hissa
qo‘shgan mamlakatlar esa u qadar ko‘p emas: Xitoy, Hindiston, Turon (O‘zbekiston),
Eron, Vavilon (Iroq), Vizantiya, Arabiston (Saudiya), Misr, Yunoniston, Italiya, Angliya,
Fransiya, Germaniya, Rossiya... Markaziy Osiyoning tamaddunga beshik bo‘lgan
markazlari, asosan, bugungi O‘zbekiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Bu
ro‘yxatni hech kim o‘z ixtiyoricha kengaytirib yuborishga haqli emas. Bu ro‘yxatning
o‘rtalarida O‘zbekiston degan muqaddas diyorning nomi ham mustahkam o‘rin olib turibdi!
Shu nuqtai nazardan, biz – shak-shubhasiz, buyuk xalqmiz. Turon deganda esa, asosan,
bugungi O‘zbekiston hududi ko‘zda tutiladi. Chunki qadim-qadimdan tamaddun aynan shu
hududda ravnaq topgani, bizdan ne-ne buyuk zotlar yetishib chiqqani – hammaga ma’lum.
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri –
“INSEAD” tomonidan 2012-yili o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra
mamlakatimizning dunyoda oldingi o‘rinlardan birini egallab turgani ma’lum qilindi. Inson
kapitalining taraqqiyot darajasi bo‘yicha O‘zbekistonimiz 141 mamlakat orasida 53-o‘rinni
egallab turibdi. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun
ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha mamlakatimiz yer yuzida 5-o‘rinni ishg‘ol etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: