II bob.Turkistonda Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri tarixshunosligining asosiy manbalari
II.1Mustamlakachik davri O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda rus sharqshunoslari manbalarining o’rni
XIX asrda O`rta Osiyoga kelgan va o`lkamiz haqida ma`lumotlar to`plagan Nikolay Potanin, Aleksandr Byorns, P.I.Demizon, P.S.Savel’ev, I.V.Vitkevich, K.F.Butenov, G.I.Danilevskiy, N.V.Xanikov, A.I.Butakov, savdogar Abrosimov, V.V.Vel’yaminov-Zernov, A.P.Xoroshxik, V.V.Krestov, G.A.Aminov va Arminiy Vamberilarning asarlari haqida Boris Vladimirovich Lunin o`z asarlarida ma`lumotlar beradi2. Ushbu to`plam asarda mualliflarning qisqacha tarjimai holi va yozgan asarlarining tafsilotlari haqida ma`lumotlar bor.
Bundan tashqari XIX asrning so`nggi choragida Turkiston siyosiy-ijtimoiy tarixi sahifalarini yoritishda ozmi-ko`pmi xizmat qilishga harakat qilganlar – Vladimir Petrovich Nalivkin va A.G.Serebrennikov haqida ocherklar respublika matbuoti sahifalarida e`lon qilindi3.
Bartol’d Vasiliy Vladimirovich 1869 yilda Sankt-Peturburgda tavallud topib, 1930 yilda dunyodan ketgan, sharqshunos, akademik olim. Bartol’d haqida ma`lumot O`zbekiston milliy entsiklopediyasining birinchi tomida, 641-642 betldarida, Ashraf Ahmedov tomonidan keltirilib quyidagi, dumlalarni o`qiymiz: «Nashr qilingan 685 ta asaridan 320 tasi O`rta Osiyo tarixiga bag`ishlangan. Bartol’d Sho`ro sharqidagi xalqlarning alifbosini arabchadan lotinchaga o`tkazishda faol qatnashdi. «Islom entsiklopediyasi»da 246 ta maqolasi bilan qatnashgan. Bartol’d O`rta Osiyo xalqlari tarixi, etnografiyasi va psixologiyasini chuqur o`rgangan olim bo`lsada, Turkiston xalqi madaniyatini ob`ektiv va haqqoniy baholay olmadi, ma`lum darajada uni kamsitdi. Bu uning «Ulug`bek va uning davri» asarida aniq seziladi. Chunki Bartol’d chor Rossiyasi mustamlakasiligining ideologi edi, u eropaliklarning osiyoliklardan ustunligi g`oyasini olg`a surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi».
Akademik Bo`riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar»nomli asarida, 5-11 betlarida V.V.Bartol’dning Toshkentdagi faoliyatini yoritib beradi. Olimning ilm-fan jabhasida barakali mehnat qilganligini va o`zidan ulkan ilmiy meros qoldirganligini ham alohida ta`sidlaydi.
Xuddi shuningdek, professor I.I.Umnakov ham V.V.Bartol’dning 30 yillik professorlik faoliyatiga baho berilgan asarida, uning ustozlari haqida ilmiy-pedagogik qarashlari haqida batafsil ma`lumotlar beradi. I.I.Umnyakovning4 ushbu asari V.V.Bartol’dning ilmiy merosi tarixshunosligi to`liq bag`ishlanadi. Bejiz emaskim I.I.Umnyakov «Bibliografiya trudov V.V.Bartol’da» nomli yirik asar-ko`rsatkichni ham tuzib, nashr ettira olgan (Ushbu asar, SamDU ilmiy kutubxonasida mavjud).
Xullas, V.V.Bartol’dning 9-tomlik asarlar to`plami5 nashrdan chiqarilgan bo`lib, faktik materiallarga boy, ilmiy jihatdan puxta, bugungi kunda ham har bir sharqshunos, tarixchi, geograf va filolog undan bahramand bo`lib kelmoqda.
Bu davrda uyz bergan voqealar bir tomondan o`sha davr rasmiy hujjatlarida rossiyalik mualliflar tomonidan turlicha yoritilgan. Mana shuning uchun ham XX asrning boshlarida Turkistonda tarixnavislikni mahalliy xalq vakillari qarashlari asosida o`rganish, turli tomonlar qarashlari-uy o`zaro qiyosiy tahlil qilinishi maqsadga muvofiq. G`arb sharqshunoslari, Rossiyalik mualliflarning dunyoqarashi Turkistonlik tarixnuvislarning ijodiga ham turlicha ta`sir qildi. Natijada mahalliy xalq orasidan ma`rifatparvar, kitobchevar kishilarning ham soni asta-sekinlik bilan bo`lsada orta bordi. Mustaqillik sharofati bilan mana shunday ma`rifatparvar insonlar haqida risolalar chop etila boshladi. Masalan, taniqli olim, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Qo`rg`on Bo`ronov XIX asrda yashab, milliy madaniyatimiz va ma`naviyatimizga o`z hissasini qo`shgan atoqli olim Sattorxon Abdug`afforovning hayoti va ma`rifat yo`lidagi xizmati haqida «Atoqli o`zbek ma`rifatparvar olim Sattorxon» nomli risolasini Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida chop ettirdi. Ushbu risolada Sattorxon Abdug`afforovning faoliyati va ma`rifatparvarlik qarashlarning turli ijtimoiy voqea-hodisalarda namoyon bo`lganligi to`g`risida hikoya qilinadi.
XX asr boshlarida Turkistonda tarix fani haqida to`xtalar ekanmiz, ulkan tarixnavis olim Bo`riboy Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» nomli asarida keltirilgan ushbu jumlalarni o`qiymiz: «V.V.Bartol’d 1902 yilgi safari vaqtida toshkentlik bir necha kitobsevarlar: general Jo`rabek (1840-1906); Muhiddin qozi, Said Boqixon qozi, tuttor Mirza Abdulla Isamuhammedov, shuningdek o`sha paytda Piskentda istiqomat qilib turgan qoshg`arlik Bekkulibekning shaxsiy kutubxonalarida saqlanayotgan qo`lyozma asarlarni ham borib ko`rdi»6.
Demak bu hol o`sha davrda mahalliy kitobsevarlar ham o`z tarixini o`rganishga munosib hissa qo`shishga harakat qilganliklaridan dalolat beradi.
O`sha zamon muarrixlaridan, Toshkent shahar himoyasiga o`z jasorati bilan hissa qo`shganlar safida Muhammad Solih Qoraxo`ja o`g`li bo`lib, uning «Tarixi jadidai Toshkant» («Toshkentning yangicha tarixi») nomli asari ham mavjud7.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston xalqlari tarixshunosligiga Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) ham munosib hissa qo`shdi. XIX asrning 90-yillarida jadidlar harakatiga qo`shilib, 1901 yili Toshkentda «Usuli jadid» maktabini ochdi. O`zbek matbuotining vujudga kelishida Munavvarqorining xizmati katta bo`lgan. U XX asr boshidagi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy harakat va milliy ko`tarilishning eng nufuzli namoyondalaridan edi.
Turkistonda teatr ishlarini yo`lga qo`yishda ham Munavvarqori Abdulla Avloniy yonida turib jonbozlik qildi.
Munavvarqori oktyabr to`ntarishini tashvish va sarosima bilan kutib oldi. Sho`rolar tuzumi va ma`rifatparvar insonni 1931 yilda xalq dushmani sifatida otib tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |