O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/38
Sana18.02.2022
Hajmi1,36 Mb.
#450544
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Binolarning zamonaviy issiqlik taminoti tizmlarning samaradorlogini aniqlash

 
 


64 
GAZ ALANGASIDA PAYVANDLASH VA KESISHDA MEHNAT 
XAVFSIZLIGIGA NISBATAN QO'YILADIGAN ASOSIY TALABLAR. 
 
Gaz alangasida payvandlash va kesishda xavf sodir bo'lishining asosiy 
manbalari quyidagilar bo'lishi mumkin: 
— agar suv zatvori ishga tushmasa, alanganing orqaga urilishi oqibatida 
asetilen generatorining portlashi (suv zatvori har doim belgilangan sathgacha suvga 
to'lg'azilgan bo'lishini kuzatib turish va zatvorning nazorat jo'mragini ochib uni 
vaqti-vaqtida tekshirib turish kerak); 
— agar ballon shtutserida yoki reduktor klapanida moy bo'lsa, kislorod 
ballonlarini ochish paytida ularning port-lab ketishi; 
— gorelka alangasidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish; alanga sochlaming, 
kiyimning yonishiga, payvandchining kuyishi va xonada yong'in chiqishiga sabab 
bo'lishi mumkin; 
— payvandchilar yorug'lik filtrlaridan foydalanmagan hollarda ko'zlarning 
kuyishi (kesish, payvandlash va boshqa gaz alangasi yordamida ishlov berish 
jarayonlarida payvandchilar Г-1, Г-2 va Г-3 oynali, yordamchi ishchilar esa B-l, B-
2 va B-3 oynali himoya ko'zoynagi taqib ishlashlari kerak, ulardan Г-3 va B-3 
oynalilari eng to'q rangda); 
— xonada havo almashtirish ventilatsiyasi bo'lmaganda to'planib qolgan 
zararli gaz bilan zaharlanish; zararli gazlar to'planib qolishi mumkin bo'lgan 
bo'linmalar, o'ralar va rezervuarlar icliida gaz alangasi yordamida ishlarni 
bajarishda so'rish-haydash ventilatorlari ishlashi kerak. 
Suv zatvorisiz yoki buzuq suv zatvori bilan ishlash man etiladi. 
Asetilen gencratori har kuni ishlatilganda uni bir oyda kamida ikki marta 
ohaktosh loyqasidan tozalab yuvish zarur. Asetilen generatoridan foydalanish va 
unga qarash qoidalarini ayni generatorni ishlatish qo'lianmasiga muvofiq qat'iy 
bajarish lozim. 


65 
Ballonlarni yelkaga qo'yib tashish man qilinadi; maxsus kajavalar yoki 
nosilkalardan foydalanish lozim. Kislorod va asetilen ballonlari qulab tushmasligi 
uchun maxsus stoyka-larda turishi kerak. 
Ballonlarii quyosh nuri tushadigan joyga, isitish asboblari yoniga o'rnatish 
man qilinadi. Zarur bo'lganda istalgan ballon payvandlash gorelkasi yoki 
keskichdan kamida 5 m masofada turishi kerak. 
Asetilenning o'rniga benzin ishlatish tavsiya etilmaydi (tegishli apparati bor 
bo'lganda faqat A-66 benzinini ishlatish mumkin). Gaz alangasi bilan ishlov 
beriladigan bar-cha hollarda etillangan benzindan foydalanish man etiladi. Kerosin, 
benzin va ularning aralashmalaridan foydalanib bajariladigan ishlarga maxsus 
o'rgatilgan, malaka komissiyasi guvohnomasiga ega bo'lgan ishchilargagina ruxsat 
etiladi. 
Stapel ishlarida, kemalar va berk xonalarda (qozonlar, sisterna va boshqalar) 
suyuq yonilg'i ishlatish man etiladi. 
Suyuq yonilg'ilardan foydalanib ishlashda ichki diametri 6 mm va uzunligi 
kamida 5 m bo'lgan benzin-moy ta'siriga chidamli shlanglardangina foydalanishga 
ruxsat etiladi. 
Gaz alangasida payvandlash va kesishga oid ishlarni bajarishda «Asetilen-
kislorod ishlab chiqarish va metallarni gaz alangasi bilan ishlashda mehnat 
xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari»ga rioya qilish kerak. 
KISLOROD YORDAMIDA KESISHDA MEHNAT 
XAVFSIZLIGINING ASOSIY TALABLARI 
 
Gaz alangasida payvandlash va kesishda xavfsizlik talablariga qo'shimcha 
ravishda kislorod yordamida kesishga tayyorlanish va jarayonning o'zi yonilg'ining 
turiga qarab xavfsizlikning quyidagi asosiy talablariga rioya qilgan holda 
bajariladi. 
Benzin va kerosin uchun asetilenga mo'ljallangan shlanglardan foydalanib 
bo'lmaydi. Bochkalarni suyuq yonilg'i bilan yong'in chiqish jihatidan xavfsiz 


66 
bo'lgan maxsus joylarda to'ldirish kerak; yonilg'ini kiyimga to'kib yubormaslik 
zarur. Shuning uchun bochkani ochiq havoda yonilg'i bilan to'ldirishni amalga 
oshiruvchi shaxs shamol esayotgan tomonga emas, balki shamol yo'nalishi tomon 
qarab turishi kerak. 
Bochkachaga yonilg'i quyishdan oldin uni filtrdan o'tkazib iflosliklardan 
tozalash kerak. Bochkachaga yonilg'i quyiladigan joy yaqinida chekish man etiladi. 
Yoiilg'ili bochkadagi bosim 0,6 MPa dan oshmasligi va har doim keskichga 
keltiriladigan kislorod bosimidan past bo'lishi kerak. Yonilg'ili bochkachani 
kislorodli ballondan kamida 5 m narida o'rnatish zarur. Alangani to'g'ri yondirish 
zarur: oldin yonilg'i, so'ngra kislorod yuborish kerak. Bug'latkichning asbest 
tiqmasi qizigandan kcyin alangani rostlash va kesuvchi kislorod ventilini ochish 
kerak. Alangani o'chirishda avval yonilg'i beriladigan ventil, so'ngra esa kislorod 
ventili berkitiladi. Asbest tiqmasi bo'lmagan keskich bilan ishlash man etiladi. 
Kesish jarayonida mundshtukning keskich kallagiga jips mahkamlanganligini 
kuzatib turish zarur. O'ta qizigan bug'latgich (to'q qizil rang) bilan ishlash mumkin 
emas. Alanga orqa tomonga urilganda darhol kislorod va yonilg'i ventillarini 
berkitish, soplolarni tozalash va qaytadan alangani yondirish kerak. Berk idishda 
kislorod yordamida kesish (va payvandlash)da suyuq yonilg'idan foydalanish man 
etiladi. Haftada kamida bir marta keskichni qismlarga ajratib bug'latgichni tozalash 
kerak.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish