Texnik talab.
Unga isitish tizimlarining ishlatilish davrida samarali
ishlashini ta'minlash, oddiy boshqarilishi, oson ta'mirlanishi, shovqinsiz ishlashi,
issiqlik tashuvchining xavfsiz harakati va uskunalarning ishonchli hamda
mustahkam ishlashi kabi talablar kiradi.
Bu talablar shartli ravishda qabul qilinadi, chunki isitish tizimlarini
loyihalash, qurish va ishlatish jarayoni mahalliy talablarga uzviy bog'liqdir.
Yuqorida eslatilgan talablarning asosiy zarurlari sanitariya-gigiyenik va texnik
talablarni tashkil qiladi.
Binolarni isitishdan asosiy maqsad yi'ning sovuq davrida binolar tashqi
devorlari, deraza oynalari, eshiklar, torn yopmalari va pastki qavat pollari orqali
yo'qolgan issiqlikni to'ldirishdir.
Tashqi havoning harorati bilan bino ichidagi havoning harorati orasidagi
farq va tashqi to'siqning sathi qancha katta bo'lsa, binodagi to'siq konstruksiyalari
orqali shuncha issiqlik yo'qotadi.
Binoning issiqlikni qanchalik tashqi to'siqlarning konstruktiv tuzulishiga va
qanday materialdan yasalganligiga, material zichligiga va boshqa ko'rsatkichlarga
ham bog'liq. Masalan, bir jinsli yupqa devor qalin devorga nisbatan issiqlikni
ko'proq o'tkazadi. Bir xil qalinhkka ega yog'och devor g'isht devorga nisbatan
issiqlikni kam o'tkazadi va g'isht devorga nisbatan beton blokli devorlar ham
issiqlik o'tkazuvchanligi kattadir.
Ba'zi materia liar (g'isht, tosh, materiallar) issiqlikni organik va boshqa
polimer (yog'och, namat, penoplast, kigiz, asbest) materiallarga nisbatan ko'proq
o'tkazadi. Bu farq tashqi to'siq konstruksiyalarning turiga, material zichligiga,
namligiga, issiqlik o'tkazuvchanlik va issiqlik o'zlashtirish koeffitsiyentiga hamda
tashqi va ichki havo haroratlarining farqiga bog'liq.
Demak, bino xonalarida zarur harorat muhitini tashkil etish uchun va tashqi
to'siq orqali sarf bo'lgan issiqlikni tiklash uchun isitish asboblari quriladi. Binoni
isitish uchun zarur bo'lgan issiqlik miqdori yoqilg'i yondirilib hosil qilinadi.
Yoqilg'i qozonlar tagida yoki isitish otashx-onalarida yoqiladi va ulardan issiqlik
suv, bug', havo ko'rinishida binoga quvurlar orqali o'tkaziladi.
15
Binoning xonalariga issiqhk asboblari orqah beriladigan issiqlik miqdori
Vatt orqali o'lchanadi va Vt(Bm) deb belgilanadi.
1.2. ISSIQLIK TA’MINOTI ISITISH TIZIMLARIGA QO'YILADIGAN
ASOSIY TALABLAR
Isitish tizimlari joylashishi va harakat doirasiga asosan mahalliy va markaziy
turlarga bo'linadi.
Mahalliy isitish tizimlari
bir binoga xizmat qilib, ular asosiy uch elementdan
iborat bo'ladi: issiqlik ishlab chiqaruvchi qozon qurilmalari, issiqhk tashuvchi
quvurlar tizimi va xona ichiga o'rnatilgan isitish asbobi. Isitish tizimlaridagi
issiqlik tashuvchi sifatida issiq suv, bug', elektr toki yoki biror turga mansub
bo'lgan elementdan foydalaniladi.
Markaziy isitish tizimlari
esa birgina issiqlik ishlab chiqaruvchi qozon
qurilmalaridan (issiqlik ishlab chiqaruvchi markaz) hosil bo'lgan issiqlik bilan ikki
va undan ortiq binolarni isitishdan iborat bo'ladi. Issiqlik ishlab chiqaruvchi
markaz o'rnida qozon qurilmalari yoki issiqlik almashtiruvchi uskunalar bo'hshi
mumkin. Issiqlik almashtiruvchi uskunalarda o'ta isitilgan suv yoki bug' orqali
(teploobmen) issiqlik asboblari uchun kerak bo'lgan haroratdagi issiq suvni
vujudga keladi. Bunda markaziy issiqlik beruvchi uskunalar isitilayotgan binoning
ichida joylashgan bo'lsa, bu qurilraa
mahalliy issiqiik markazi
yoki
mahalliy qozon
qurilmalari
deyila-di. Aksincha, markaziy issiqiik beruvchi qurilmalar alohida
turuvchi binoda joylashgan taqdirda ular issiqiik markazi, issiqiik stansiyalari
(alohida turuvchi qozon qurilmalari) yoki issiqiik elektr markazi (IEМ-TETS) deb
yuritiladi.
Issiqiik tizimining ikkinchi asosiy elementlaridan biri issiqiik tashuvchi
harakatlanadigan quvurlardir. Bu quvurlar issiq tarqatuvchi manbalarga ulangan
magistral quvurlar, issiqiik asboblaridan issiqiik tashuvchi o'tib, sovutilib yig'ihb
qaytuvchi magistral quvurlardan, tirgaklardan (vertikal), shahobcha quvurlardan va
uzatmalardan iborat bo'ladi.
16
Issiqiik tizimlari markazlashtirilgan tizimini quyidagi turlari mavjud:
A. Issiqiik tashuvchining turiga qarab, issiq suv yordarnida ishlaydi-gan,
bug' yordarnida ishlaydigan, issiq havo yordarnida ishlaydigan va gaz yordarnida
ishlaydigan isitish tizimlari mavjud. Bundan tashqari issiqiik tashuvchining paydo
qilinishidagi uslubga qarab aralash holatda ishlaydigan, issiq suv-suvli, bug'-
havoli, bug'-suvli va havo-gazli isitish tizimlari mavjud.
B. Issiqiik tashuvchining quvurlardagi harakat uslubiga qarab sun'iy va
tabiiy issitish tizimlariga bo'linadi. Sun'iy isitish tizimida issiqiik tashuvchi
mexanik kuch (so'rg'ich)lar yordarnida harakatga keltiriladi. Tabiiy isitish tizimida
issiqiik tashuvchi tabiiy bosim kuchi ta'siri ostida harakatga keladi. Tabiiy bosim
kuchi ta'siridan issiqiik tashuvchi, issiqiik ishlab chiqaruvchi markazda
isitilayotgan muhitga va issiqiik asboblaridan sovigach qaytib kelayotgan issiqiik
tashuvchining zichliklaridagi arifmetik farq evaziga harakatga keladi. Bu issiqiik
tizimlaridagi bosim kuchini issiqiik qurilmalaridagi
gravitatsion bosim
deb ham
ataladi.
D. Issitish tizimlaridagi issiqiik tashuvchining boshlang'ich haroratiga qarab
past haroratli va yuqori haroratli isitish tizimlariga bo'linadi. Yuqori haroratli
isitish tizimidagi issiqiik tashuvchining harorati 1500 С gacha bo'lib, past haroratli
isitish tizimidagi issiqiik tashuvchining harorati 700 С gacha bo'ladi va o'rta
haroratlisi 700 С dan 1000 С gacha bo'ladi.
Isitish tizimlarining markazlashtirilgan tizimining sxemasi misol ariqasida
1.2-rasmda ko'rsatilgan.
Doimiy harakatda bo'luvchi issiqlik tashuvchilar (suv, bug', havo va gaz)
doimo issiqlikni issiqlik beravchi manbadan yig'ib olgach, uni eltib issiqlik
asbobida xona ichidagi havoga uzatadi. Issiqlik tashuvchi yetarli darajada tez va
yaxshi harakat qilishi hamda arzon bo'lishi lozim. Yer kurrasining o'ta sovuq
joylarida isitish tizimlaridagi suvning muzlab qolmasligi uchun kalsiy xloming 27
foizli eritmasi suvga qo'shiladi. Issiqlik tashuvchilarning xususiyatlariga qarab
ulardagi afzallik va kamchiliklar bir-biriga solishtirib ko'riladi.
17
Suvning issiqlik tashuvchi sifatida keng ko'lamda ishlatilishi, uning
siqilmasligi, katta zichlikka ega ekanligi va issiqlik sig'imining kattaligidadir. Suv
haroratga bog'iiq holda zichligini, hajmini va yopishqoqlik xususiyatini o'zgartiradi
va bosim hamda haroratning o'zgarishiga bog'iiq holda havoni o'ziga eritib qabul
qilishi va uni chiqarish qobiliyatiga ega.
Agar isitish tizimlarida issiqlik tashuvchi suv bo'lgan taqdirda ham
xonalardagi havo haroratini bir xil ushlash miunkin. Bu issiqlik asboblari oldidagi
jo'mraklar yoki tirgaklarda o'rnatilgan ventillar yordamida amalga oshiriladi.
Ammo suv, quvur va asboblarning issiqlik inertsiyasi ta'siridan havo harorati
1÷2°C atrofida o'zgarib turishi mumkin.
Sanitariya-gigiyenik talablardan yana biri isitish asboblari sirtining
haroratini cheklashdir. Buning sababi organik changiar issiqlik uskunalari yuzasiga
o'tirgach ular baland harorat ta'siridan ko'chib ko'mir oksidi chiqara boshlaydi. Bu
haroratning chegarasi issiqlik uskunasining tashqi yuzasida haroratning 650ºC-
700º С oralig'ida chang ajralish jarayoni boshlansa, t > 800º С da jadal ravishda
chang ajrala boshlaydi.
Suvning harorati 1500-700C, bug' 0,17 MPa bosim ostida 130 °C harorat
bilan va havoning harorati 600-150 °C oralig'ida bo'lganda hisoblar natijasi 1.1-
jadvalda keltirilgan.
Bu jadvaldan foydalanib chiqarilgan xulosa asosida issiqlik tashuvchilaming
eng samarali turini tanlash mumkin. Qo'shimcha qihb shuni aytish raumkinki, ko'p
qavath binolarning isitish tizimlarini loyihalashda bug'li tizimni qabul qilish lozim,
aks holda tizimdagi gidrostatik bosim kuchi ta'sirida quvurlar mustahkamligi
chidashga qodir bo'lmay qolishi mumkin. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda
baland qavatii binolardagi isitish tizimlari bug' bilan ishlaydi (AQSH). Issiqlik
tashuvchilarni bir-biriga nisbatan o'ziga xos ustunliklari va kamchiliklari mavjud.
18
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |