O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk 371. 044. 2 Baratova sarvinoz yuldashevna boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi



Download 359 Kb.
bet1/6
Sana22.11.2019
Hajmi359 Kb.
#26750
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
53be705994ff7




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

Qo‘lyozma huquqida

UDK 371.044.2

BARATOVA SARVINOZ YULDASHEVNA
Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi
5А110701-“Boshlang‘ich ta’lim”
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya

Ilmiy rahbar:

p.f.n., dots. Oripova N.X

QARSHI –2013

M U N D A R I J A

Kirish....................................................................................................................3

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI

1.1 Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirish pedagogik muammo sifatida...................................................................................................10

1.2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari va turlari......................................19

1.3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli ..28

1-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..31
II-BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLAR TARBIYAVIY ISHLARINI TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

2.1.Boshlang’ch sinf ertaliklarini texnologiyalashning mazmuni……………….32

2.2. Boshlang’ch sinflarda ko’rik tanlov va sayohatlarni texnologiyalash.......................................................................................................42

2.3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining ahamiyati................................................................................................................47

2-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..57
III-BOB. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish jarayonining samaradorlik darajasi
3.1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining tarbiyachilik o`rni…….58
3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili ............................................................................ 75
3-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………. 78

Umumiy xulosalar ...............................................................................................80

Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................83

Ilovalar ..……........................................................................................................87

K I R I SH

Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama barkamol insonlar shaxsini shakllantirish masalasi bilan bog'liq. Buning uchun esa avvalo ularning ongida yangicha dunyoqarashni, mustaqil fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish kerak. Shu bilan birga ularda Sharqona odob-ahloqqa xos bo'lgan barcha hislatlar, fazilatlar jumladan: kattalarga hurmat, shirin so'z, mehribonlik, yurtni e'zozlash, saxiylik va ilm egallash kabilar mujassam bo'lmog’i lozim. Bu borada bizga asosiy manba bo'lib milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki, bizning millatimizga xos bo'lgan axloqiy qarashlar, tartib-qoidalar barchasi ana shu milliy qadriyatlarda mujassamdir.

Prezidentimiz I.Karimov “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” asarida yoshlarimizning tarbiyasiga alohida to'xtalib, «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ochiq ko'ngillilik, millatidan qat'iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan munosabatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdard bo'lish va o'zaro yordam tuyg'usi kishilar o'rtasidagi munosabatlarning me'yori hisoblanadi. O'zbeklar diyoriga, o'z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma'rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O'zbekiston aholisiga xos fazilatdir”1- degan edi.

Darhaqiqat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tavoze, sahovat, shirinsuhanlik, o'zidan kattalarni hurmat qilish, ota-onani e'zozlash, ilm egallash, to'g'ri so'zlik, mehmondo'stlik, bag'rikenglik kabi insoniy fazilatlar barchasi shaxsning axloqiy qadriyatlari turkumiga kiruvchi xalqimizning eng ezgu hislatlaridan biridir. Bizning vazifamiz xalqimizning ushbu qadriyatlarni yanada churroq o'rganish, ularni ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish hamda boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilar shaxsini shakllantirishda ulardan tarbiya vositasi sifatida foydalanishdan iboratdir.

Bizga ma'lumki, shaxsning shakllanishi tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, tarbiya esa bola dunyoga kelgan kundan boshlab amalga oshiriladi. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi ikki oylik farzadini Ibn Sino huzuriga olib boradi va bolasining tarbiyasi bilan qachondan boshlab shug'ullanish lozimligini so'raydi. Ibn Sino esa afsus siz ikki oyga kech qolibsiz, degan javobni beradi. Bu rivoyatdan qo'rinib turibdiki, bola tarbiyasi kechiktirib bo'lmas masaladir.

Milliy qadriyatlarimizda mavjud ma'naviy merosda, ayniqsa, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Jomiy singari ma'naviyatimiz durdonalari bo'lgan mutafakkirlarning shaxs tarbiyasi haqidagi ko'plab fikr-mulohazalari ham bugungi kunda har bir inson uchun, ayniqsa, yoshlar shahsini shaqllantirish uchun qimmatli tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barqamollikka etqazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun avvalo bolalarni jismoniy va fikriy tarbiyaga da'vat qiling, keyin axloqiy quvvatlarini muhokama orqali tushuntiring, ularni yaxshi (foydali) ishlarga odat qildiring, yomon ishlardan nafrat uyg'oting – deb ta'kidlagan edi, Abdurauf Fitrat.



Mavzuning dolzarbligi: Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb muaamolardan biri ekan, ayniqsa bu masalaga mustaqillik yillarida jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimizni rivojlantirib bo‘lmaydi, chunki, mamlakatimiz taraqqiyoti shu yosh avlod qo‘lidadir. Ularni qanchalik vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ayniqsa milliy ruhda tarbiyalay olsakgina mustaqil ona diyorimiz yanada gullab yashnaydi, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi.

Bizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish masalasi kun tartibidagi dolzarb masalaga aylandi. Mu’telik, o‘z qadriyatlarini unutish va namoyon qila olmaslik xalqimiz qalbi va shuurining xiralashib ketishiga sabab bo‘ldi.

Shu bois yurtimiz fuqarolari ma’naviyatini yuksaltirish, o‘z qadrini tiklashi, o‘z vataniga o‘zi egalik qilishi hissini o‘yg‘otish Prezidentimiz I.A. Karimov va hukumatimiz zimmasiga tushdi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli asari ham ana shu tarzda dunyoga keldi.

Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bo‘lgan e’tibor yurtimizda har qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy ishlarda namoyon bo‘ladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi o‘quvchi tarbiyaviy ishlarda qatnashish jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadi, shuningdek, ularda jamoatchilik, uyushqoqlik, hamdardlik kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda g‘oyaviy-siyosiy bilimdonlikni oshirishdan iboratdir. Ushbu masalaning yana muhim tomonilaridan biri shuki, bugungi kunda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda zamonaviylikka asoslanish, ya’ni tarbiyaviy ishlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir.

Yuqoridagi ehtiyoj va pedagogik talablardan kelib chiqqan holda biz magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini “Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi” tarzida tanladik.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Yosh avlod tarbiyasi aslida inson paydo bo‘lgan davrdan boshlanadi. Kishilar goh u, goh bu yo‘sinda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanib kelganlar. Qadimda ular tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, maqollar va boshqalarda pand-nasihat tarzida ifodalab o‘tganlar.

“Avesto”, O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kabi yozma manbalarimizda ham yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelingan.

Markaziy Osiyo allomalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur kabi allomalarimizning asarlarining bosh g‘oyasini ham yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, ma’rifatli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash masalasi tashkil etadi.

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan qator ishlarda muammoning pedagogik talqini bayon etilgan bo‘lib, S.Nishonova, O.Musurmonova, U.Mahkamov kabi ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqotlari shu jihatdan e’tiborga loyiqdir.

Pedagog olimalarimizdan professor Oysha Hasanova o‘z tadqiqotlarida kuni uzaytirilgan guruhlarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning ko‘lamiga to‘xtalib o‘tgan.

Mustavillikdan keyingi yillarda professor R.Mavlonova va kat. o‘qit. B. Normuradovalar tadqiqotlarining mazmunini ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga bag‘ishlangan.

Oliy ta’lim talabalari tarbiyaviy ishlarini tashkil etish muammosi pedagog olima Zuhra Ashurova tadqiqotlarida o‘rganilgan.

Afsuski, yurtimizda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga birinchi darajali ish sifatida qaralayotgan bugungi bir paytda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilayotgan yo‘q.. Balkim, shu boisdan tarbiyaviy ishlarga oid darsliklar, metodik qo‘llanmalar yetarli daraja deb bo‘lmaydi.



Tadqiqotning maqsadi – boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning ob’yekti – boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil jarayoni.

Tadqiqotning predmeti – boshlang'ich синфларда тарбиявий ташкил этишнинг mazmuni, manbalari, shakllari, vositalari.

Tadqiqot metodlari: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, anketa, savol-javob, test so‘rovlari, pedagogik ekspriment, matematik statistika.

Tadqiqotning ilmiy farazi shundan kelib chiqadiki, agar:

- Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil texnologiyasi pedagogik muammo ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilsa;

- o'quvchi shaxsini shakllantirishda tarbiyaviy ishlarning muhim vosita ekanligi tadqiqotda o‘z isbotini topsa,

- boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa kutilgan samaradorlikka erishish mumkin.



Tadqiqotning maqsadi va ilmiy faraziga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:

Birinchidan, tarbiyaviy ishlarning mazmuni, turlari va yo‘nalishlarini tahlil qilish;

Ikkinchidan, boshlang'ich ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish;

Uchinchidan, tarbiyaviy ishlar jarayonida o'quvchi shaxsini shakllantirishning omillarni aniqlash;

To‘rtinchidan, ishlab chiqilgan tadqiqotni sinovdan o‘tkazish va uning samaradorligini aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish muammosi birinchi marta ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganildi.

2. Maktab tarbiyaviy ishlarining nazariy va texnologik asoslari yaratildi.

3. Boshlang‘ich sinf tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.



Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Pedagogika nazariyasi fani boshlang'ich ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishdan foydalanish texnologiyasiga oid nazariy qarashlar, yondoshuvlarga ega bo'ladi. Qaysikim, ushbu metodika va nazariy qarashlardan boshlang'ich sinf o'qituvchilari, kadrlar malakasini oshirish tinglovchilari foydalanishlari mumkin.

Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi”, Pedagogika fani konsepsiyasi, Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi, Boshlang‘ich ta’limning davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning shaxs kamoloti, yoshlarni vatan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim tizimi, shu jumladan, boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish haqidagi nazariy qarashlari, yondashuvlari, tarixiy-ma’naviy meros namunalari, shuningdek, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalar, o‘quv metodik majmualar.

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:

1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari.

2. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga xizmat qiladigan manbalar va vositalar.

3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari va uning samaradorlik darajasi.



Tadqiqotning bosqichlari: tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi:

Birinchi bosqich (2011-2012 yillar)da izlanayotgan muammo bo‘yicha ya’ni tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqidagi pedagogik va ilmiy ommabop adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, metodik adabiyotlar, hujjatlar tahlil qilindi. Ish tajribalari bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari, holati aniqlandi, tadqiqot ishining dasturi va metodlari ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyasi holati bo‘yicha yutuq va kamchiliklar tahlil etildi hamda tajribalari umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonlari belgilandi.

Ikkinchi bosqich (2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov ishlari olib borildi va uning natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari o‘rganildi. Kuzatishlar va chiqarilgan xulosalarga asoslanib, metodik tavsiyalar tayyorlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilindi, umumlashtirildi, mavjud materiallar dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi.

Tadqiqot natijalarining joriy etilishi va amaliyotga tatbiq qilinganligi: Tadqiqot 2011yilda Qarshi davlat universitetining «Boshlang’ch ta’lim» kafedrasining majlisida, ilmiy metodologik seminarlarda atroflicha muhokama qilingan va himoya uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotchi o‘z chiqishlari bilan Viloyat ilmiy-amaliy anjuman va seminarlarida (2012-2013 yillar) qatnashgan.

Ishning sinovdan o‘tganligi: Tadqiqot ishi natijalari Qarshi tumanidagi 25–sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatiga tatbiq etilganligi hamda tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan tavsiflanadi.

Tadqiqot natijalarining chop etilganligi: dissertatsiya ishining mazmuni 2012-2013 yillarda o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislarda ( 3 ta ilmiy maqolalarda ) o‘z ifodasini topgan.

Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 95 sahifani tashkil etadi.

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish pedagogik muammo sifatida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini ta’lim sohasi tashkil etadi. Ayni damda ta’lim jarayoni islohoti rejalashtirilgandek amalga oshrilmoqda. Ya’ni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro'yobga chiqarishning uchinchi sifat bosqichida - «ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o'quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish»2 vazifalari belgilab qo'yilgan edi. Shubhasiz, ushbu vazifadan maqsad mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishi, bozor iqtisodiyoti saroitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishdan iboratdir.

Bugungi kunga kelib Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar o’z natijasini berdi va dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Bu ulkan yutuqlarning samarasi sifatida ta’lim jarayonida keng qo’llanilib kelinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligining oshganligini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Bizga ma’lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonida o’quvchilarning sifatli bilim olishlarini kafolatlabgina qolmay, ularning intellektual qobiliyati, mustaqillik tafakkurini shakllantirishga olib keladi.

Demak, innovatsiyalar yangiliklar asosida vujudga keladi va ta'lim jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida innovatsiyalardan o’rinli foydalanish o’qituvchi uchun ham o’quvchi uchun ham ko’plab qulayliklarni yaratib beradi. Xuddi shunday tarbiyaviy ishlarda ham innovatsion texnologiyalardan foydalanish faqat va faqatgina samadorlikning oshishiga olib keladi.

Demak, belgilangan vazifalar asosida bugungi kunda ta’lim sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning ta’lim-tarbiya jarayoniga kirib kelishi jadallashmoqda.

Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra redagogik texnologiyaning rivojlanishini 4 bosqichga bo‘lish mumkin:

1-bosqich – 40-50 yillar. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida audiovizual (texnik vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan.

2-bosqich. 50-60 yillar. Ta’lim texnologiyasim programmalashtirilgan ta’lim sifatida qaralar edi.

3- bosqich. 60-70 yillar. Ta’lim jarayonini loyihalashtirib, aniq belgilangan maqsadning kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaraladi.

4- bosqich. Ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyasi va axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog‘liq.

Texnologiya nima?

Texnologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san'at, logos-tushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta'riflanadi.

V.M.Shepel ta’rifiga ko‘ra texnologiya- ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi. Keyinchalik texnologiya tushunchasi ta’lim jarayonlarida ta’lim texnologiyasi nomi bilan qo‘llanila boshladi.

Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida Amerika Qo‘shma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi.

YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferensiyasida mamlakatning ma‘naviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va ta’lim-tarbiyani intensivlashtirishda pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi.

“Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘rganish yaxlit jarayonida ta’lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir”, - degan xulosaga kelinadi.

Pedagogik texnologiya nima?

Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta’riflarini berganlar. Bular:

BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKO ta’rificha:

Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta‘sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir.

V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san‘at bo‘lishi mumkin. San‘at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. hammasi san‘atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi» - degan edi.

M.Ochilov “Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir”, degan ta’rifni beradi.

Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: “Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni”-degan ta’rifni beradi.

Ta’lim texnologiyasi – oldindan belgilangan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, ta’lim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. XTV “Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish” markazi ta’rifi.

Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg‘or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo‘llanilmokda. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o‘qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.

Aslini olganda, pedagogik texnologiya - bu o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir.

Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, uzoq horijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsada, farqi ham anchaligini ko‘ramiz. Jumladan, YUNESKO ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urg‘u berilgan.

Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy etishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident I. Karimov ta’kidlab o‘tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga ko‘ra mustaqil ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi».3

Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur» va «Davlat ta’lim standart»lari talablariga mos keladigan yangi ta’lim texnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylandi. An’anaviy ta’lim tizimidan farqli ravishda, pedagogik texnologiyalar ta’lim – tarbiya jarayonidagi boshqa innovatsiyalar bilan kirishib va rivojlanib keta olishi ilg‘or davlatlar tajribasida allaqachon o‘z isbotini topgan.

Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan tarbiyaviy ishlar samarali natija berib, o‘quvchilarni bevosita maktab, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Bunday innovasion metodlarga kichik guruhlarda ishlashning quyidagi: «Aqliy hujum», «Rolli o'yinlar», «Munozara-ringi», «Yechimlar daraxti», «Sinkveyn», «Klaster», «Kubiklar», «B-B-B», “Zigzag» va boshqa shakllarini misol qilib keltirish mumkin.

Shulardan biri - “Breynshtorming” (“Aqliy hujum”) metodidir. Breynshntorming – yangi g'oyalar yaratish metodidir. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga birlashgan holda muammoni echishga harakat qiladilar: muammoni echish uchun shaxsiy g'oyalarini ilgari suradilar.

«Aqliy hujum»ning vazifasi o'quvchilarni ko'proq mustaqil fikrlashga va yangi g'oyalarni yaratishga undashdir. Masalan, ko’rik tanlovlar tashkil etganda ham ushbu metoddan foydalanish mumkin. Bunda o'quvchilar kichik guruhlarga bo’linadilar va har bir guruh nomlanadi. Ko’rik tanlov shartlari o’quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan g’oyalar asosida baholanadi. Bunda o'quvchilar tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi.

O’quvchilar faolligini oshiruvchi metodlardan biri - sinkveyn strategiyasidir. Sinkveyn-fransuz tilida «besh qator» ma'nosini bildiruvchi pedagogik strategiya hisoblanadi. Sinkveyn-ma'lumotlarni umumlashtirishga yordam beradigan qofiyasiz she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risidagi axborot yig'ilgan holda, o'quvchi tilidan turli variantlarda ifodalanadi.

Sinkveyn tuzish-murakkab fikrlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan ko'nikmadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.

Sinkveyn tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:

1- qator: Mavzu birgina so'z, ot orqali ifodalanadi.

2- qator: Mavzu ikki so'zdan iborat sifat bilan ifodalanadi.

3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so'z orqali ifodalanadi. Bu so'zlar fe'l yoki ravishdosh bo'lishi lozim.

4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan yaxlit fikr ifodalovchi gap yoziladi.

5-qator: Mavzuni takrorlaydigan sinonim so'z yoziladi.

Masalan:



Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish