qotila.
(Lutfiy)
3-topshiriq.
Matnlardagi shakldosh so’zlarni aniqlang, shakldoshlikni yuzaga
keltiruvchi holatlarni sharhlang.
1. Sotuvchi do’konda qirq ishni o’ylar,
Savdoda bo’y-endan qirqishni o’ylar...
2. Keldi bahor, pishdi tut,
Tut yesang, shunday ish tut,
Chig’irchiq kelishini kut,
Bekorga sinmasin tut.
4-topshiriq. 1-ish.
Shakldosh so’zlarni quyidagi to’rtburchak shaklida joylashtiring,
so’zlarning ma‘nolarini izohlang: ko’k, tut, it, o’t, tuz, qirq, qir...
Namuna:
1. Rang 2. Marosim
к
o’
к
o’
o’
к
o’
к
3.Samo 4. Kўkat
2-ish.
Shakldosh so’zlarning har bir ma‘nosiga to’g’ri keladigan so’z birikmalari
tuzing.
Namuna
: Ko’k ko’ylak, ko’kka parvoz, ko’k somsa, ko’k kiymoq.
3-ish.
So’z birikmalarini qatnashtirib gaplar tuzing.
Namuna:
1.Guldor ko’k ko’ylakli qiz mening dugonam. 2.Y.Gagarin ko’kka
birinchi parvoz qilgan. 3.Ko’k somsa Navro’z ayyomining tansiq taomlaridan. 4.Azada ko’k
kiyish odati hamon saqlanb qolgan.
5-topshiriq.
Mumtoz shoirlarimizlan Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy
tuyuqlaridan yod ayting. Birorta tuyuqda qo’llanilgan shakldosh so’zlarni quyidagi tartibda
tahlil qiling.
1. So’zning atash ma‘nosini aniqlang.
2. So’zlarning uyadoshlari qatorini toping.
3. Shakldoshlikni yuzaga keltiruvchi holatni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |