o‘zaro ta’sirining yangi shakli bo‘lgan atrof muhitni muhofaza
qilish zaruriyatini vujudga keltirdi. Inson faoliyatining tabiatga
ta’siri mahalliy va regional miqyoslarda o‘zining nomaqbul
oqibatlarini namoyon qila boshladi va shu tufayli dastlab
tabiatning ayrim komponentlari yoki o‘ziga xos ladshaftlarini
alohida belgilangan hududlarda muhofaza qilishga ehtiyoj tug‘ildi.
Ana shu maqsadlarda dastavval tabiatning noyob, diqqatga
sazovor bo‘lgan ob’yektlari, tabiat yodgorliklari, hayvonot va
nabotot olamining kamayib borayotgan turlari konservativ (lot.
konservatio
- qo‘riqlash, saqlash, asrash) shaklda muhofaza qilina
boshlandi. Tabiatni muhofaza qilishning bunday shakli tabiat
ob’yektlarini inson faoliyatidan saqlash maqsadlarida amalga
oshirilgan holda insonning o‘zini, uning hayotiy muhitini
muhofaza qilishni nazarda tutmaydi.
“Tabaitni
muhofaza
qilish”
termini
Yevropa
mamlakatlarida XYII asrdan boshlab qo‘llanila boshlangan
bo‘lsada, u 1913 yilda Shveysariyada o‘tkazilgan tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha I Xalqaro s’yezddan so‘ng ilmiy termin
sifatida keng qo‘llanila boshlandi. Inson faoliyati hali regonal
sajiyaga ega bo‘lgan XIX asrning oxiri – XX asrning boshida
tabiatni muhofaza qilish tabiat ob’yektlarini xo‘jalikda
foydalanishdan chetlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan
tadbir sifatida qaralar edi. Keyinroq tabiatga inson ta’siri
miqyoslarining kengayishi va chuqurlashuviga bog‘liq holda
tabiatni muhofaza qilishning mazmuni ham o‘zgardi.
Tabiatni
muhofaza qilish
deganda barcha tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, tiklanadigan tabiiy resurslarni qayta tiklash va inson
hayotining qulay ekologik sharoitlarini saqlashga doir tadbirlar
tizimi tushunila boshlandi. XX asrning 60–yillaridan boshlab
maxsus adabiyotlarda “tabiatni muhofaza qilish” ternini bilan bir
qatorda, ko‘pgina hollarda esa uning o‘rnida “atrof muhit”
tushunchasi va u bilan bog‘liq bo‘lgan “atrof muhit musaffoligi”,
“atrof muhitni asrash”, “atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish”
“atrof muhitni muhofaza qilish” kabi tushunchalar keng qo‘llanila
boshlandi.Hozirgi paytda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida
chop etilayotgan maxsus adabiyotlarda, xalqaro diplomatik
shartnomalarda “atrof muhitni muhofaza qilish” ustivor termin
sifatida qo‘llanilmoqda.
o‘tkazilishi lozim.
Tabiiy resurslardan foydalanish, ularni qayta tiklash va
muhofaza qilishning usullari va tamoyillarini ishlab chiqish tabiiy
sharoitlarning xususiyatlarini, hududni o‘zlashtirish tarixini va
undan hozirgi paytda foydalanish sur’atlarini hisobga olgan holda
tabaqalashtirilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: