construktio
qurish, tuzish)
a)
tabiiy muhitni o‘zgartirishni majmuiy dasturlari;
b)
muhit resurslarining ayrim xossalarini yaxshilash
(sun‘iy biogeotsenozlarni melioratsiyalash lot.
melioratio
yaxshilash, boyitish);
c)
stixiyaviy (yun.
stoision
unsur, element) hodisalardan
himoya qilish;
d)
xo‘jalik faoliyatining noxush oqibatlarini bartaraf
qilish;
III. Tabiiy resurslarni qayta tiklash:
a)
tiklanadigan resurslarni bevosita tiklash (sun’iy
biotsenozlarni yaratish, o‘rmonlarni barpo qilish,
dengiz suvlarini chuchuklashtirib foydalanish);
b)
tiklanadigan resurslarni qayta tiklash uchun sharoitlar
yaratish (masalan, suvni muhofazalovchi o‘rmonlarni
himoya qilish);
c)
qayta tiklash (landshaftlar rekultivatsiyasi (lot.
re
qayta;
kultus
yetishtirish, ekish, ishlov berish), darayolarni
tozalash);
IY. Yashash muhitini va tabiiy resurslarni muhofaza qilish:
a)
ishlab chiqarish va iste’mol qilishning salbiy ta’sir-
larini bartaraf qilish;
b)
landshaftlarni konservatsiya (lot.
konservatio
asrash,
saqlash) qilish yo‘li bilan bevosita muhofaza qilish;
c) biosferaning genetik xilma – xilligini saqlab qolish,
Y. Boshqarish va monitoring:
a)
inventarizatsiya (lot.
inventarium
xar xil narsalar
majmuasi) qilish, hisobga olish va nazorat qilish;
b)
resurslar va tabiiy muhit holatlarini tartibga solish;
c)
tabiatdan foydalanish jarayonlarini boshqarish.
Yaqin paytlarga qadar tabiatdan foydalanish tushunchasi
mazmuni va mohiyatiga ko‘ra resurslarni iste’mol qilish
tushunchasini sinonimii sifatida qaralar edi.
41
84
rivojlanishida ayrim komponentlarning ahamiyati va ularning
jamiyatining rivojlanishi uchun resurslik va muhitlik ahamiyati
to‘g‘risida tasavvur beradi. Geografik qobiqning asosiy xossalari
va
rivojlanish
xususiyatlarini,
unda
sodir
bo‘ladigan
jarayonlarning energetik manbalarini bilish esa atrof muhit muho-
fazasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Geografiya
fanlarining
o‘rganish ob’yekti bo‘lgan
geografik qobiq xususiyatlariga ko‘ra inson yashaydigan va uning
faoliyati kechadigan muhitni hosil qiladi. Geografik qobiq
haqidagi ta’limotning asoschilaridan biri P.I. Brounov 1910-
yildayoq geografiya “insoning atrof tabiatini o‘rganishi” lozim
ekanligini ta’kidlagan holda, bu fan “tabiatshunoslikning insonni
va boshqa organizmlarning hayoti kechadigan muhit haqida talqin
qiladigan predmetlaridan biridir” deb yozgan edi.
Murakkab
tuzilishga
ega
bo‘lgan
va
uzluksiz
rivojlanadigan, bir butun va sifat jihatdan o‘ziga xos moddiy
sistema bo‘lgan geografik qobiq jamiyat va tabiiy muhit
manfaatlari to‘qnashadigan geotoriya bo‘lib xizmat qiladi.
Geografik qobiqni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalar
tabiatdan foydalanishning ob’yektlarini tashkil etadi. Shu sababli
geosistemalarning tuzilishi, rivojlanishi va mavjudligi to‘g‘risidagi
bilimlar tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishning asosi
bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Jamiyatning tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’siri barcha
davrlarda geografik tadqiqotlarning predmeti bo‘lib xizmat qilgan.
Ammo o‘tmishda olimlarni asosan muhitning insonga ta’siri
muammosi qiziqtirgan bo‘lsa, hozirgi paytda inson ta’sirining
tobora kuchayib borishiga bog‘liq holda tabiiy muhitning taqdiri
muammosi ko‘proq e’tirbordadir. Shu sababli geografiya fanlari-
ning asosiy e’tibori tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi
komponentlar va geosistemalarni va ularning texnogen omillar
ta’siri ostida o‘zgarishi muammolarini o‘rganishga qaratilishi
lozim. Shuningdek, atrof muhit monitoringining hamda atrof
muhit barqarorligi va ishlab chiqarishning rivojlanishi, urbani-
zatsiya,
yirik
xo‘jalik
dasturlari
ta’sirida
o‘zgarishi
bashoratlarining ilmiy asoslarini yaratish katta ahamiyatga ega.
Shu sababli atrof muhit muammolarining geografik jihatlarini
tadqiq qilish dolzarb masalaga aylandi. Muayyan geosistemalar
faoliyatini
joylashtirish va rivojlantirish sharoitlari
sifatida
foydalanishdir. Tabiatdan foydalanishning bu turiga qishloq va
shahar aholisini joylashtirish, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish –
sanatoriya va sport faoliyatlarining ko‘pgina turlari, shartli
ravishda suv transporti kiradi. Tabiatdan foydalanishning bu
turlari muayyan landshaftning tabiiy (tibiiy – ekologik, estetik,
bioiqlimiy, flora, fauna, suv havzalarining holati) xususiyatlaridan
imkoni boricha ko‘proq foydalanish va saqlab qolishga harakat
qiladi va landshaft sharoitlariga moslashgan holda landshaftni
o‘zgartiradi.
5)
tabiatdan ilmiy – tajribaviy maqsadlarda foydalanish.
Tabiatdan qo‘ruqlash – muhofaza qilish faoliyatining barcha
majmuasini tashkil etish, milliy bog‘larni, zaxiraviy (rezerv)
o‘rmonlarni, hayvonot va botanika bog‘larini bunyod etish,
reliktlarni asrash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish
maqsadlarda foydalanishdan iborat. Bu turning asosiy vazifasini
xo‘jalik faoliyatining hozirgi turlari ta’siri ostida tabiatni
o‘zgarishdan saqlab qolish, tabiatni hozirgi va kelajak
avlodlarining ehtiyojlari uchun o‘rganish tashkil etadi.
II. Tabiatdan bilvosita foydalanish.
6)
resurslarni iste’mol qilish.
Tabiatdan foydalanishning
bu turi tabiat xossalariga ehtiyoji juda kam bo‘lib, tabiatdan
asosan boshqa tarmoqlar tomonidan olingan xom ashyo, yoqilg‘i,
energiyani iste’mol qilish vositasi orqali, shuningdek hudud
sifatida, joylashish uchun asosi sifatida foydalanadi. Bu turga xom
ashyo va yoqilg‘ini qayta ishlash tarmoqlari, yer usti va havo
transporti, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura, kommunal –
maishiy xo‘jalik kiradi. Faoliyatning bur turlarida tabiiy
materiallarni qayta ishlash va tayyor mahsulotni iste’mol
qilinganligi tufayli, tabiatdan bu tarmoqlar ortiqcha narsalarni
to‘plash, aniqrog‘i chiqindilarni tashlash uchun foydalanadi.
Tabiatdan bunday foydalanish garchi boshqa tarmoqlar uchun ham
xos bo‘lsada, bu tarmoqlarda ustivor usuldir.
I.Y.Blexsin (1981 ) tabiatdan foydalanishning quyidagi
asosiy yonalishlari va turlarini ajratadi:
I. Tabiiy resurslarni iste’mol qilish:
a)
resurslarni tabiatdan olish (jumladan qidirib topish,
organish, tayyorlash va bevosita ajratib olish);
42
83
doirasida tabiiy resurslar salohiyatidan bevosita foydalanish, tabiiy
resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida
ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, insonnig faoliyati uchun
noqulay bo‘lgan ayrim tabiiy jarayonlarni oldini olish va bartaraf
qilish, madaniy landshaftlarni hududiy tashkil etish va boshqa bir
qator masalalar atrof muhit muammolarini tadqiq etishning
geografik jihatlarini tashkil etadi. Atrof muhit muammolarining bu
jihatlari geosistemalarning miqyoslariga bog‘liq holda global,
zonal, regional va hududiy miqyoslarda o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |