yer usti suvlari, tuproq, o‘simlik hamda hayvonot dunyosining
hududiy birikmasidan tashkil topgan. Bu tabiiy komponentlarning
har biri o‘ziga xos qonuniyatlar asosida mavjud va rivojlanadi.
Landshaftlarning
o‘zgarish ko‘lami uning tarkibiy
qismlarining, ya’ni tabiiy komponentlarning bir–biri bilan
bog‘liqligi, aloqasi, hamjihatligi hamda o‘zgarish miqyoslariga
bevosita bog‘liq. Shuningdek, komponentlarning rivojlanish
tezligi ham har xil. Konservativlik ( lot.
konservatus
qo‘riqlanish,
himoyalanish, muhofazalanish) darajasiga ko‘ra komponentlar
quyidagicha joylashtirilishi mumkin: litogen asos–relyef–iqlim-
suv–tuproq-o‘simlik–hayvonot dunyosi. Shu sababli landshaftda
dastavval biotik komponentlar (o‘simlik va hayvonot dunyosi),
so‘ngra nobiotik (tuproq, suv rejimi, iqlim, litogen asos va relyef)
o‘zgaradi. Komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro
ta’sirning mavjudligi tufayli biror komponentning o‘zgarishi
boshqa komponentlarga ham ta’sir ko‘rsatadi va ularning
o‘garishiga olib keladi va pirovardida butun landshaft ham
o‘zgaradi. Biroq hech bir tabiiy komponent bir-biridan ajralgan
holda rivojlanmaydi, ular doimo bir-biriga ta’sir etadi, ular
o‘rtasida modda va energiya almashinib turadi, natijada
landshaftlar muayyan muvozanatda shunday uyg‘unlashib
ketganki, har bir landshaft uning tarkibiy qismlarining oddiy
yig‘indisidan iborat bo‘lmay, ular bir butun geosistemani hosil
qiladi. Landsaftning komponentlarigina emas, undagi har bir
element ham o‘zaro chambarchas bog‘langan, muayyan
muvozantda turadi. Biror tabiiy element o‘zgarishi oqibatida butun
landshaft ham muayyan darajada o‘zgaradi.Bundan tashqari,
muayyan bir landshaftdagi o‘zgarishlar qo‘shni landshaftlarda
ham o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Shu sababli tabiatdan
foydalanishda bu qonunga rioya qilish juda muhim.Bu hodisa
ayniqsa geopara sistemalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan,
Orol dengizi sathining keskin kamayishi tufayli Orolbo‘yi
hududlarida sodir bo‘layotgan antropogen cho‘llashish hodisasi
Amudaryo va Sirdaryo deltalarida landshaftlarning tiklab
bo‘lmaydigan darajada o‘zgarisiga olib kelmoqda.
Geografik qobiqdagi bir butunlik qonunining namoyon
bo‘lishini kichikroq hudud misolida ham ko‘rish mumkin.
Masalan, sug‘oriladigan yerlarda sug‘orish – landshaft
Tashqi asosiy jarayonlar o‘z navbatida boshqa jarayonlarga
ajratiladi. Masalan, suvlarning faoliyati bilan surilmalar, qayta
sho‘rlanish, eroziya va boshqa jarayonlar bevosita bog‘liq
Insonning ishtirokisiz vujudga keladigan, ammo uning ishtirokida
ham, ishtiroksiz ham rivojlanadigan tabiiy jarayonlar tabiiy-
geografik jarayonlar deyiladi. . Inson faoliyati ta’sirida vujudga
keladigan
yoki
rivojlanadigan
jarayonlar
antropogen
jarayonlar
dir.
Amaliy geografiyaning muhim muammolaridan biri tabiiy
jarayonlarning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Amaliy
geografiya asosan inson xo‘jalik faoliyati ta’siri jabhasida
rivojlanayotgan (kechayotgan) tabiiy jarayonlarni tadqiq qiladi.
Insonning ta’siriga bog‘liq holda tabiiy jarayonlarni uchta
toifaga ajratish mumkin:
1. Inson faoliyati ta’siri bo‘lmagan tabiiy jarayonlar
(dengiz abraziyasi, daryo eroziyasi, sel va b.);
2. Insonning ta’sirsiz vujudga keladigan, ammo sifat va
miqdor jihatdan insonning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy –
antropogen jarayonlar;
3. Inson faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan antropogen
jarayonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: