O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

 
 
TABIIY JARAYONLAR VA ULARNI O‘RGANISHNING 
AHAMIYATI 
 
Mavzuning asosiy masalalari 
Tabiiy jarayonlar va ularning vujudga kelishi. Tabiiy 
hodisalar va qurilish muammolari.Hidrotexnik inshootlarni barpo 
qilishda tabiiy jarayonlarni hisobga olish.Temir yo‘l va avtomobil 
yo‘llarini loyihalashda tabiiy jarayonlarni hisobga olish. Tabiiy 
jarayonlar va shaharsozlik muammolari. 
Tabiiy jarayonlar va ularning vujudga kelishi.

Jarayon
” 
tushunchasi muayyan ysulda sodir bo‘ladigan va o‘xshash 
natijalarga ega bo‘lgan harakatlarning to‘xtovsiz yoki doimiy 
izchilligini anglatadi.Umuman, jarayon biror – bir hodisaning 
yo‘nalishi, holatlarning, rivojlanish bosqichlarining va h.k. larning 
izchillik bilan almashinishidir. 
Jarayon so‘zi “yo‘nalish, yurish, o‘tish, harakatlanish” 
ma’nolarini anglatadi. Ilmiy tushuncha sifatida jarayon – 
rivojlanish paytlarining qonuniy, izchillik bilan, bir – birining 
ortidan navbat bilan almashinishi demakdir.
Tabiiy geografiya va landshaftshunoslikda bu termin aniq 
qoidaga ega emas. Odatda tabiiy – geografik jarayonlar deganda
geografik qobiqda va uning strukturaviy qismlari bo‘lgan 
landshaftlarda kechadigan tabiiy hodisalarning izchillik bilan 
o‘zgarishi tushuniladi. Bu o‘zgarishlar modda va energiya 
miqdori, shakli va boshqa xususiyatlarining o‘zgarishida namoyon 
30 
95 


ta’siri natijasida geografik qobiqqa ko‘rsatadigan ta’siri orasida 
bevosita aloqa mavjud.
Tabiiy jarayonlardagi ritmiklik landshaftlar rivojlanishi-
ning muhim xususiyatidir. Landshaftlarning million yillar 
davomida rivojlanishi jarayonida tarkib topgan ritmiklik organik 
dunyo uchun zarur shart - sharoitga aylanib qolgan. Inson 
tabiatning bir qismi, o‘z navbatida u ham faoliyati davomida 
tabiatda mavjud bo‘lgan ritmiklik qonuniyatiga amal qilishi kerak. 
Chunki tabiiy jarayonlardagi bu qonuniyat oqar suvlar 
miqdorining o‘zgarishida, ekinlarning hosildorligida, issiqlik 
resurslari ko‘lamida, ayrim hashorat yoki hayvonlarning keskin 
ko‘payishi yoki kamayishida, ba’zi bir kasalliklar epidemiyasida 
(yun. 
epidёmia
yoppasiga tarqaladigan kasallik) va boshqa 
hodisalarda namoyon bo‘ladi. Vulkanlar otilishlari, zilzilalar, 
toshqinlar, atmosfera jarayonlarida ham bu qonuniyat amal qiladi. 
Ritmiklik qonunini o‘rganish juda qiyin. Chunki ular juda 
murakkab, xilma – xil, davom etish davri ham har xil, vujudga 
kelishining sabablari ko‘p. Ayni paytda turli xil ritmiklik bir 
vaqtda ro‘y berib, biri ikkinchisini kuchaytirib yoki, aksincha, 
susaytirib yuborishi mumkin. Masalan, iqlimdagi ritmiklik 
Quyosh faoliyatiga bog‘liq. Quyoshda kamayib va ko‘payib 
turadigan dog‘lar, mash’allar, portlashlar, magnetizm o‘zgarishi 
Yerdagi iqlimda 2-3 yil, 5-6 yil, 11-12 yil, 22-23 yil, 30-35 yil, 
90-100 yilda takrorlanadigan ritmik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 
Bir qancha ritmikliklardagi tabiiy jarayonlarning (masalan, 
haroratning oshishi) kuchayishi to‘g‘ri kelib qolsa, iqlim 
o‘zgarishi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan katta farq qiladi. Tabiatda 
sovuq qishlar, haddan tashqari issiq yozlar, juda sernam yoki 
quruq yillar ana shunday vaqtlarda kuzatiladi. 
Landshaft komponentlari ritmik jarayonlarning ta’sirini 
turli darajada aks ettiradi. Shu tufayli tabiiy jarayonlarning davriy 
o‘zgarishlarini bashoratlashtirishni murakkablashtiradi. Tug‘on-
larning urib ketishi, kutilmagan joylarda halokatli zilzilalar ro‘y 
berishi, muzlarning surilishi va boshqa hodisalar ko‘p jishatdan 
ritmiklik qonunini yaxshi bilmasligimizni ko‘rsatadi. Tabiiy 
geografik jarayonlardagi ritmiklik yopiq sistemani hosil qilmaydi. 
Shu sababli landshaftlarning holati biror davrning boshlanishida 
qanday bo‘lsa, davr to‘gab qayta boshlanayotganda yana u 
2050-yilda Yerning harorati 3,5
0
ga ortishi mumkin. O‘rtacha 
haroratning ko‘tarilishi, tabiiyki, dastlab dengiz muzliklarining, 
keyinroq materik muzlarining erishiga va okeanlarda suv sathining 
ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo insonning aql - 
zakovati o‘zi uchun halokatli bo‘lgan bunday o‘zgarishlarni oldini 
oladi.
Shahar 
qurilishi 
ham 
gravitatsiya 
muvozanatini 
o‘zgartiradi. Ulkan binolarning og‘irligi natijasida yuza cho‘kadi. 
Yirik suv omborlarining qurilishi ham ularning tevarak atrofida 
iqlimning yumshashiga, yer osti suvlari sathi hamda rejimining 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Gravitatsiya muvozanatining 
o‘zgarishi seysmik intensivlikka ta’sir ko‘rsatishi tufayli 
zilzilalarning sodir bo‘lishi oshadi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish