25-chizma. Talabning ikki gipotetik ko‟rinishi
.
Talab egri chiziqlarini baholash turlicha narxlardagi talab istiqbollarini
belgilashni talab etadi. Masalan, Economic intellegence Unit(EIU) tadqiqotlari
shuni ko‟rsatadiki, safar harajatlarining 20% ga pasayishi talabni 35% ga
ko‟paytiradi; narx 10% pasayganda talab 23% ga ortadi; narx 5% ga pasaysa, talab
15% ga ortadi. EIU ning bu tadqiqotlari O‟rta er dengizida o‟tkazilgan, holda
tadqiqotlar boshlanishidan avval narxdan tashqari barcha talabga ta‟sir etuvchi
omillar o‟zgarmas deb sanalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |