Vertikal marketing tizimi
– ishlab chiqaruvchi bir yoki bir necha ulgurji sotuvchi
va bir yoki bir necha chakana sotuvchilar yig‟indisi bo‟lib, bunda taqsimot kanalining
a‟zolaridan biri boshqalarining egasi bo‟ladi yo ularga tijorat imtiyozlarini beradi,
ularning to‟la xamkorligini ta‟minlovchi qudratga ega bo‟ladi.
Geografik tamoyili bo’yicha tashkil etish
– faoliyati butun mamlakat hududini
egallab olgan kompaniyalarda, kompaniya sotuvchilarining umummilliy shtatini
belgilangan geografik rayonlarga xizmat ko‟rsatish asosida tashkil etish.
Devalvastiya
– old qo‟shimcha, bu o‟rinda pasaymoq ma‟nosida va lat. Valeo -
qiymat – milliy pul birligi kursining chet el valyutalariga nisbatan rasmiy ravishda
davlat tomonidan pasaytirilishi: mamlakat savdo va tulov balansining keskin
yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi; xalqaro valyuta bozorlari milliy
valyuta kursining pasayishi bilan bog‟liq holda yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |