Dekort (nem. dekort)
– muddatidan oldin puli to‟langanlik uchun tovar bahosidan
olib tashlangan chegirma.
Demping
– tashqi bozorni egallash uchun tovarni ishlab chiqarish xarajatlaridan
past (arzon) baxolarda chetga eksport qilish; tovarni tashqi bozorda ichki bozorga
nisbatan arzon bahoda sotish; tashqi bozor uchun kurash, raqobatchini sindirish
vositalaridan hisoblanadi.
Diler
– yirik sanoat kompaniyasi agenti bo‟lgan tadbirqor, u kompaniyadan
ulgurji tarzda xarid qilgan, mahsulot bilan chakana savdoni amalga oshiradi.
Distribyutor
- yirik sanoat ishlab chiqaruvchi-firmalarning ulgurji xaridorlari
sifatida faoliyat yurituvchi va ularning bozordagi vakili bo‟lib xizmat qiluvchi
firmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |