Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash
– o‟z tovarlarini olib chiqish uchun
bir yoki bir necha bozor segmentlarini baholash va tanlash.
Bozorni segmentlashtirish
– bozorni har biriga alohida tovar va marketing
majmui talab qilinadigan aniq xaridorlar guruhlariga bo‟lib chiqish
Birja
– (goll. beurs. nem. Borse–hamyon ) – bozorni uyushtirishning tashkiliy
shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qog‟ozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta
birjasi) ulgurji savdosi, tovar bo‟lgan “Ish kuchi” oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori.
Bozor
– sotuvchi bilan xaridor o‟rtasida tovarni pulga ayirboshlash munosabati;
tovarlar bilan oldi-sotdi munosabatlari, tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va
pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |