10 -jadval.
Mehmonxona o‟rinlari uchun narxlarning pasayishi.
Mavjud
yuklamalik
Mavjud narxlarning pasayishi
5%
10%
15%
20%
25%
Narxlarni pasayishini qoplash uchun talab etiluvchi
%
%
%
%
%
76
81,4
87,7
95,0
103,6
114,0
74
79,3
85,4
92,5
100,9
111,0
72
77,1
83,1
90,0
98,2
108,0
70
75,0
80,8
87,5
95,5
105,0
68
72,9
78,5
85,0
92,7
102,0
66
70,7
76,2
82,5
90,0
99,0
64
68,6
73,8
80,0
87,3
96,0
62
66,4
71,5
77,5
84,5
93,0
60
64,3
69,2
75,0
81,8
90,0
58
62,1
66,9
72,5
79,1
87,0
56
60,0
64,6
70,0
76,4
84,0
54
57,9
62,3
67,5
73,6
81,0
52
55,7
60,0
65,0
70,9
78,0
Ko‟p narsa narx va talab o‟rtasidagi nisbatga bog‟liq bo‟ladi. Masalan,
Ispaniya doimiy va o‟zgaruvchan harajatlarni inobatga olgan holda foydaning
lozimli darajasiga erishish uchun tovarni X narxdan qimmat sotish lozimligini
hisoblashni topganida, kompaniya iste‟molchilar kutayotgan arzon narxni belgilash
uchun harajatlarni kamaytirishga majbur bo‟ladi.
131
Mazkur muammo soliq qonunlari, valyuta kurslari, maxalliy qoidalar,
bojxona tariflari, shuningdek firmaning vakolatxona faoliyatidagi ishtirokini
inobatga olishi zarur bo‟lganligi uchun ham o‟ta murakkabdir.
Ikki mamlakatdagi soliq miqdorlari turlicha bo‟lsa, qaysi mamlakatga
sotish foydalirok degan masala dolzarb bo‟ladi. Shu munosabat bilan uchta savolga
javob berish lozim bo‟ladi:
- ikki mamlakatdagi fond soliqlarining nisbati qanday ?
- foydani olib chiqib ketish qoidalari qanday ?
- inflyastiya xavfi qanday ?
Shu masalalarga qo‟shimcha ravishda soliq va bojxona xizmatlarining
munosabatlarini ham ko‟zda to‟tish lozim.
Umuman olganda firma soliqlar kam bo‟lgan mamlakatlar uchun ichki
bozordagiga nisbatan kamroq narx belgilash, yoki uning aksini qilishga
manfaatdordir. Ammo bunday usul o‟z mamlakatlaridagi soliq bazalarining
kamayishiga qarshi kurashuvchi maxalliy soliq xizmatlari tomonidan qarshilikka
uchrashi mumkin. Eksport qilinayotgan davlatning bojxona xizmatlari ham, boj
olish uchun asos bo‟luvchi narxlarning shunday kam bo‟lishiga qarshilik
bildirishlari mumkin, shu bilan birga narxlarning past bo‟lishi eksport qilinayotgan
mamlakatning mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga salbiy ta‟sir
ko‟rsatishi mumkin.
Firmaning savdo vakolatxonasi faoliyatidagi ishtiroki ham muhimdir.
Agarda filial qo‟shma korxona bo‟lsa yoki listenziya bo‟yicha faoliyat
ko‟rsatayotgan bo‟lsa, u holda firma daromadlarini hamkorlari bilan taqsimlashdan
kochib, yuqori narxlar o‟rnatishi mumkin, agarda filial to‟liq o‟ziniki bo‟lsa u
holda kam narxlar o‟rnatishi mumkin.
Turli davlatlardagi xuquqiy va soliq me‟yorlarining turli ligidan kelib
chiqib, xalqaro darajada ma‟lum bir strategiyani ishlab chiqish naqadar murakkab
ekanligini belgilash mumkin. Yagona Yevropa bozori darajasida tarif va notarif
tusiklarni olib tashlash yagona Yevropa strategiyasini ishlab chiqarish uchun
qulaylik yaratar edi. Ammo Yevropa davlatlari o‟rtasidagi soliq qonunchiligi
o‟rtasidagi katta farqlar xano‟zgacha saqlanib qolmoqda.
Eksport harajatlari xorijiy bozorda o‟rnatiladigan narxlarning katta qismini
tashkil qiladi. Shuning uchun ham xorijiy bozorda belgilanayotgan narxlarni
eksport harajatlarini inobatga olgan holda xalqaro transfert narxlari bilan
solishtirish muhimdir.
Tovarni tashish, yuklash, bojxona va h.k. to‟lovlar, tashishni sug‟o‟rta
qilish, eksport-import bojlari kabi harajatlarni o‟z ichiga oluvchi eksport harajatlari
tovarning narxini oshirib yuborib, uning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini
pasaytirishi mumkin. Shuning uchun ham mazkur harajatlarni aniq belgilab olish
va ularni haridor yoki sotuvchi koplashini aniqlab olishi kerak. Bunda bir qator
usullar mavjud:
• "Franko-zavod"-sotuvchi tovarni haridorga o‟z xududida topshiradi va
qolgan harajatlarning barchasi haridor tomonidan qoplanadi. "Bortda erkin"-
sotuvchining mas‟uliyatlari tovar bortga ortilgan vaqtda tugaydi.
132
• "Kema borti davomida erkin"-sotuvchi tovarni portga olib borib ularni
yuklashgacha bo‟lgan barcha harajatlarini o‟z bo‟yniga oladi.
• "Bojlarni to‟lashni ko‟zda tutgan holda etkazib berish"-sotuvchi tovarni
importer davlatidagi belgilangan manzilgacha barcha harajatlarni, shu jumladan
boj to‟lovlarini ham bo‟yniga olgan holda etkazib beradi.
Narxlarni belgilashdagi qulay usullardan biri bu- bevosita raqobatchi
tomonidan eksport bozorida o‟rnatilgan narxlardan kelib chiqishdir. Taklif
qilinayotgan eksport transfert narxlarining etarli darajada past ekanligini belgilash
uchun ushbu narxlardan eksport va maishiy harajatlarni chiqarib tashlash lozim.
Masalan, importer davlatning bozor narxlari 7 ming so‟m deb faraz
qilaylik, eksport va maishiy harajatlar tarkibi esa quyidagicha:
1. Ustama savdo narxi 40 %
2,80
2. Chakana savdo harajatlari
4,20
3.Ulgurji savdo chegirmalari
0,42
4.Ulgurji savdo harajatlari
3,78
5.Importer ustamasi
0,18
6. Importer harajatlari
3,60
7. DDP narxlariga 10% u stama soliq
0,33
8. DDP
3,27
9. CIF narxiga 9% bojxona yig‟imi
0,27
10. CIF narxi
3,00
11. Sug‟o‟rta va transport
0,40
12 Tovar narxi
2,60
2,60 ming so‟m narxni ichki bozordagi narx va mo‟ljal qilinayotgan
transfert narxi bilan solishtirish kerak. Agarda ichki bozordagi narx ushbu narxdan
yuqori bo‟lsa eksport qilish murakkablashadi. Unda quyidagi variantlarni ko‟rib
chiqish lozim bo‟ladi:
- raqobatbardoshlik darajasi past bo‟lganligi sababli eksportdan voz
kechish;
- transfert narxini eng past darajasigacha kamaytirish;
- sotuvning bevosita bo‟lmagan qisqa yo‟llarini izlash, ulgurji
sotuvchilarni emas, chakana sotuvchilarni jalb qilish. Bunda harajatlar
oshmasligiga amin bo‟lish kerak. -eksport uchun arzonroq oddiyroq tovar ishlab
chiqarish
- to‟g‟ridan-to‟g‟ri sarmoyalar yordamida xalqaro bozorga kirib borish
va eksport harajatlarini chetlab o‟tish.
Shuni belgilab qo‟yish lozimki, xorijiy bozordagi narxlar ichki bozordagiga
nisbatan pastroq bo‟lmasligi lozim. Aks holda importer davlatdagi raqobatchilar
firmani dempingda ayblashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |