O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

 
 
 
 
Respublikadagi  mavjud  mehmonxonalardagi  narxlar  ba‟zi  sabablarga  ko‟ra 
jahondagi  o‟rtacha  narxlardan  yuqori  bo‟lib,  turistlarning  mehmonxonalarga 
bo‟lgan  talabidan  yuqoridir.  Har  bir  turist  shinam,  har  tomonlama  yaxshi 
jixozlangan joyni bir kechaga 50-60 dollarga sotib olishni xohlaydi. Bizdagi ba‟zi 
mehmonxonalarda  esa  bir  kecha  tunash  narxi  200-350 dollarga  to‟g‟ri  kelmoqda. 
Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun respublikamizda so‟nggi besh yil ichida 
mehmonxonalarning  zamonaviy  turlari  keng  ko‟lamda  qurila  boshlandi.  Bular 
ichida  “Interkontinental”,  “Dedeman”,  “Toshkent-Redisson-SAS”,  “Markaziy”, 
“Grand Mir”, “Toshkent Palas”, “O‟zbekiston”, “Shodlik”, “Afrosiyob”, “Buxoro” 
mehmonxonalarini  misol  qilishimiz  mumkin.  Bu  mehmonxonalar  4  va  5 yulduzli 
bo‟lib,  xalqaro  darajaga  to‟liq  javob  beradi.  Endigi  vazifa  esa  ulardagi  narxlarni 
qayta ko‟rib chiqishdir. 
“O‟zbekturizm”  Milliy  Kompaniyasining  vujudga  kelishi  va  bu 
tashkilotning  1993  yili  Jahon  turistik  tashkilotiga  a‟zo  bo‟lib  kirishi  turizm 
taraqqiyoti sohasida qo‟yilgan ulkan qadam bo‟ldi. Respublikada halqaro turizmni 
yangi  bosqichga  ko‟tarish  va  samara  bilan  faoliyat  ko‟rsatishga  mos  keladigan 
yangi  sharoit  va  mexanizm  vujudga  keldi.  Hozir  O‟zbekistonga  tashrif 
buyurayotgan turistlarning deyarli hammasi mazkur kompaniyaning xizmatlaridan 
foydalanmoqda. 


35 
 
O‟zbekistonda  xalqaro  turizmni  yanada  jonlantirish  maqsadida  1995 yilning 
oktyabr  oyida  Toshkent  shahrida  “Buyuk  Ipak  Yo‟li  bo‟ylab  turizm”  deb 
nomlangan birinchi xalqaro turistik yarmarka o‟tkazildi. Yarmarka shundan buyon 
har  yili  o‟tkazib  kelinmoqda.  Bu  yarmarkalarda  tuzilgan  shartnoma  xalqaro 
turizmni yanada rivojlantirish respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini samara 
bilan ishga solish va Buyuk Ipak Yo‟liga xos bo‟lgan qadimgi an‟analarni tiklash 
bobida keng yo‟l ochib beradi.
 
O‟zbekiston turistik bozorini o‟rganish natijasida quyidagilar aniqlandi: 
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq,  O‟zbekistonda  turizm  sohasida 
islohotlar  jadallashtirib  yuborildi.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992 
yil  27  iyuldagi  UP-447  raqamli  Farmoni  bilan  «O‟zbekturizm»  Milliy 
Kompaniyasi tashkil etildi va bu turizm sohasining kelgusi rivojlanishi uchun asos 
bo‟lib xizmat qildi.   
O‟zbekistonda turizm bozorining rivojlanishi tahlil qilinadigan bo‟lsa, unda 
quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin bo‟ladi:  
Birinchi  bosqich.  Unda  O‟zbekturizm  milliy  kompaniyasi  tuzildi  va  u 
Respublikamizda  turizmning  rivojlantirilishi  uchun  mas‟ul  bo‟lgan  yagona 
tashkilotga aylantirildi. 
Ikkinchi  bosqich.  1993-1997  yillarda  turizm  sohasida  iqtisodiy  o‟zgarishlar  sodir 
bo‟la  boshladi.  Respublikamizda  boshqarishning  yangi  shakllari  va  uslublari 
ustidagi  izlanish  davrida  turizmni  rivojlantirishda  o‟ziga  xos  yangi  model  ishlab 
chiqarildi. 1994  yilda  ishlab  chiqilgan  «Turistik  korxonalarni xususiylashtirish  va 
davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli va institustional o‟zgarishlarni 
amalga  oshirishda  juda  katta  ahamiyatga  ega.  1994-1995  yillar  mobaynida 
«O‟zbekturizm»  milliy kompaniyasining 88%  turistik ob‟ektlari xususiylashtirildi 
va davlat tasarrufidan chiqarildi. Kiritilgan o‟zgarishlar ichki turizmni, qabul qilish 
turizmini  jadallik  bilan  rivojlantirdi.  Qisqa  davr  ichida  turizm  Milliy 
xo‟jaligimizning yuqori rentabelli tarmog‟iga aylandi. Bu davrda turizm sohasidagi 
o‟rtacha  rentabellik  30  %ni  tashkil  qildi  (me‟yorlar  bo‟yicha  esa  bu 
ko‟rsatkichning  20% bo‟lganligi etarlicha deb hisoblanadi). 
Uchinchi bosqich. 1998-2006 yillarga kelib turizm sohasidagi bozor munosabatlari 
uzil-kesil  yo‟lga  qo‟yildi  hamda  dunyo  bozori  bo‟yicha  raqobatbardosh  turistik 
mahsulot yaratila boshlandi. Turizm tizimi boshqarilishining markazlashtirilishiga 
chek  qo‟yildi.  Ko‟pchilik  turistik  ob‟ektlar  o‟zlarini  o‟zlari  boshqara  boshladi, 
bozorning  raqobatlasha  olmaydigan  sub‟ektlari  yopilib,  samarali  ishlovchi  yangi 
korxonalarga o‟rin ochib bera boshladi. 
To‟rtinchi  bosqich.  Joriy  bosqich  2006  yilda  O‟zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2006  yil  17  apreldagi  “O‟zbekiston  Respublikasida  2006-2010 
yillarda  xizmat  ko‟rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirishni  jadallashtirish  chora-
tadbirlari  to‟g‟risidagi”  Qarori  tufayli  boshlangan  bo‟lib,  mazkur  Qarorda 
mamlakatimizda  xizmat  ko‟rsatish  va  servis  sohasini  rivojlantirib,  2010  yilgacha 
uning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  hissasini  49  foizga  etkazish,  sohada  band  bo‟lgan 
aholi sonini 1,6 martaga ko‟paytirish, xizmatlar eksportini ko‟paytirish, soha uchun 
kadrlar  tayyorlashni  qo‟llab-quvvatlash  vazifalari  belgilab  berilgan.  Bu  turizm 
tarmog‟iga  ham  alohida  e‟tibor  berilishi  zarurligini  taqozo  etadi.  Bugungi  kunda 


36 
 
turizm  mamlakat  iqtisodiyotining  ajralmas  tarmog‟iga  aylangan  bo‟lib, 
respublikamizning jahon mamlakatlari integrastiyasida faol ishtirok etishiga imkon 
tug‟dirmoqda. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar orasida 
nisbatan  katta  turistik  imkoniyatlarga  ega  bo‟lib,  bu  sohada  yuqori  darajadagi 
raqobatga  bardosh  bera  oladigan  hamda  turizmni  yanada  rivojlantirish  uchun 
potenstial  imkoniyatlarga  ega  bo‟lgan  mamlakatlardan  biri  bo‟lib  hisoblanadi. 
Shuning  asosida  O‟zbekistonda  xususiy  turistik  tashkilotlari  assostiastiyasiga  va 
tashkil  etiladigan  boshqa  turistik  assostiastiyalarga  (masalan,  Gid-tarjimonlar 
assostiastiyasi, Mehmonxona egalari assostiastiyasi, Transportchilar assostiastiyasi 
kabilarga)  «O‟zbekturizm»  Milliy  Kompaniyasi  bir  qator  vakolatlarini  o‟tkazish 
ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‟lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi 
korxonalarimizning  yanada  tezroq  sur‟atlarda  rivojlanishlariga  turtki  berishi 
kutilmoqda. 
Turizm sohasidagi islohotlar davri bir qator o‟ziga xosliklarga ega bo‟ldi: 

 
monopol  xo‟jalik  yuritishdan  ko‟p  ukladli  xo‟jalikka  o‟tildi,  ya‟ni,  xususiy 
turistik korxonalar paydo bo‟la boshladi; 

 
turistik  bozor  yangi  qoidalar  bo‟yicha  faoliyat  yurita  boshladi,  ya‟ni,  turistik 
korxonalar  uchun  narx  belgilash,  iste‟molchi  va  ta‟minotchilarni  tanlash  erkinligi 
yaratib berildi; 

 
bozorda  turistik  talabning  yangi  turlari  paydo  bo‟ldi,  masalan,  shop-turlar, 
sarguzasht-turlar, til o‟rganish turlari kabilar; 

 
turizmning aksariyat asosiy fondlarining eskirishi tufayli, turistik bozorda ularga 
bo‟lgan talab pasaydi; 

 
turizmning  asosiy  vositalarining  sifat  ko‟rsatkichlariga  bo‟lgan  talab  yanadi 
kuchaydi; 

 
O‟zbekiston turistik bozoriga yirik xorijiy mehmonxona zanjirlari kirib keldi va 
ular bilan amalga oshiriladigan qo‟shma faoliyat rivojlandi; 

 
turizmning ijtimoiy yo‟naltirilganligi kamayib ketdi, ya‟ni, turizm bozorida kam 
ta‟minlangan va himoyaga muhtoj bo‟lgan aholining hissasi kasaba ittifoqlarining 
imkoniyatlari pasayishi kabilar tufayli kamayib ketdi; 

 
turizmdan  mahalliy  aholining  daromad  olish  imkoniyatlari  etarli  darajada 
o‟smadi, 

 
Keyingi yillarda  hukumatimiz tomonidan qabul qilingan dasturlar asosida ichki 
turizmning yuqori sur‟atlar bilan rivojlanishiga erishilmoqda. 
Turistik  bozorda  foaliyat  yuritayotgan  milliy  turistik  korxonalarimizning 
aksariyati  turoperatorlik  va  turagentlik  faoliyatlarini  chog‟ishtirib  ishlashadi. 
Chunki,  mahalliy  aholining  aksariyatida  turizmga  bo‟lgan  bo‟lgan  ehtiyojining 
mablag‟  bilan  ta‟minlanmagani  va  xorijiy  turistlarni  jalb  etish  uchun  bo‟lgan 
raqobatning  kuchliligi  sharoitida  korxonalarimiz  shunday  yo‟l  bilan  o‟z 
foydaliliklarini  ta‟minlay  olishayapti. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish