O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


- chizma. Kiruvchi va chiquvchi turizmning jahon bo‟yicha rivojlanishi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

8- chizma. Kiruvchi va chiquvchi turizmning jahon bo‟yicha rivojlanishi 
 
100 yil oldin joylashtirish korxonalarining atigi ikki turi – badavlat kishilar 
uchun  dabdabali  otellar  va  qolganlar  uchun  hovli-joylar  mavjud  bo‟lgan  bo‟lsa, 
endilikda  xohishiga  va  cho‟ntakka  to‟g‟ri  keladigan  istalgan  turdagi  joylashuv 
punktlarini topsa bo‟ladi. 
Umuman, jahon mehmonxona fondida 2 asosiy guruxni ajratish mumkin: 

 
doimiy istiqomat qilinadigan mehmonxonalar (amalda uncha ko‟p tarqalmagan); 

 
vaqtincha istiqomat qilinadigan mehmonxonalar. Ular quyidagicha taqsimlanadi. 
1) tranzit mehmonxonalar; qisqa vaqtda istalgan mijozga xizmat ko‟rsata oladi; 
2) rasmiy mehmonxonalar; rasmiy tashrif va xizmat safarlariga kelganlarga xizmat 
ko‟rsatadi; 
3) dam olish uchun mo‟ljallangan mehmonxonalar (turistik, kurort ). 
Ushbu  mehmonxonalarda  hamma  mijozlarga  xizmat  qilish  uchun  bir  xilda 
majburiy bo‟lgan talablar mavjud bo‟lib, ularga joylashish uchun sharoit yaratish, 
oziq-ovqat va maishiy xizmat ko‟rsatish kiradi. 
Rasmiy  va  hordiq  chiqarishga  mo‟ljallangan  mehmonxonalar  mijozlarga 
xizmat  ko‟rsatishda  butunlay  aniq  va  o‟ziga  xos  xarakterli  talablari  borligi, 
shuningdek, ma‟lum xususiyatlari va tuzilishi bilan farqlanadi. 
Rasmiy mehmonxonalarga odatda quyidagi talablar qo‟yiladi:  

 
ma‟muriy  binolar  va  shahar  markaziga  yaqin  bo‟lgan  joyda,  lekin  dam  olish 
uchun ko‟kalamzorlashtirilgan va sport maydonlari bo‟lishi shart emasligi; 

 
nomer fondida bir kishilik xonalarning mavjudligi, xonaning kunduzi ishlashiga 
qulayligi va kichik yig‟ilishlar o‟tkazishga imkoniyati borligi; 

 
nomerda “ish zona” tashkil etilganligi va uning tashqi muhitdan ajratilganligi. 
Bunday mehmonxonalarda yashaydiganlar jamoat xonalarini tashkil qilishni 
ham talab qilishlari mumkin. Birinchidan, yig‟ilish, ko‟rgazma va shunga o‟xshash 
tadbirlarni  o‟tkazishga  joy  bo‟lishi  kerak.  Ikkinchidan,  majlislar  zali  yoki  ko‟cha 
tomondan qo‟shimcha kirish joyi bo‟lgan ko‟p maqsadli xonalar bo‟lishi (yig‟ilish, 
banket va b. o‟tkazish uchun) lozim.  
Dunyo  turizmidagi  o‟sish  O‟zbekiston  Respublikasi  turizmidagi  o‟sishga  ham 
ta‟sir  etdi.  Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlaboq,  O‟zbekiston  dunyo 


33 
 
turizm  bozoriga  dadil  qadamlar  bilan  kirib  borib,  jahon  turizmidagi  o‟z  o‟rnini 
egallamoqda. 
Respublikamizda  xorijiy  turistlarga  asosan  madaniy-tanishuv  turlari  taklif 
qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar 
bilan  tanishtiriladi,  mahalliy  aholining  turmush  tarzi  va  madaniyati  ko‟rsatiladi. 
Bunday  turlar  davomida  asosan  Samarqand,  Buxoro  va  Xivadagi  ob‟ektlarga 
tashrif  buyuriladi.  Respublikamizda  hammasi  bo‟lib  30  ga  yaqin  turlar  taklif 
etiladiki,  ularning  ichida  Toshkent  va  Farg‟ona  vodiysida  amalga  oshiriluvchi 
ko‟ngilochar,  sarguzasht,  ov,  dam  olish  –  davolanish,  tog‟-chang‟i  va  golf  sporti 
bilan shug‟ullanish turlari ham mavjud. 
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo‟lga kiritilgan yutuqlarga nazar 
tashlaydigan  bo‟lsak,  avvalo,  o‟lkamizga  tashrif  buyurayotgan  xorijiy  mehmonlar 
sonining oshib borayotganligini inobatga olish zarur bo‟ladi.  

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish