O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


-mavzu: Turmahsulot marketingining ilmiy-nazariy asoslari



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/195
Sana25.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#408423
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
Bog'liq
turmahsulot marketingi

 
2-mavzu: Turmahsulot marketingining ilmiy-nazariy asoslari  
 
1.Turistik xizmatlarga ichki va tashqi talabni o‟rganish. 
2.Haridorlarning turistik mahsulotga bo‟lgan extiyojini o‟rganish va aniklash. 
3. Ehtiyojlarni istiqbollash. 
 
1.Turistik xizmatlarga ichki va tashqi talabni o‟rganish. 
 
Hozirgi  kunda  O‟zbekiston  turizmi  bozorida  asosan,  xususiy  turistik 
korxonalar ishtirok  etishadi, «O‟zbekturizm» Milliy Kompaniyasi esa O‟zbekiston 
turizmining  umumiy  rivojlanishini  nazorat  etish  va  yo‟naltirish  hamda  xalqaro 
maydonda  O‟zbekiston  turizmi  manfaatlarini  himoya  etish  kabilar  mas‟uliyatiga 
egadir. 
2017  yil  1  yanvari  holatida  O‟zbekistonda  turistik  faoliyat  yuritish  uchun 
464    firma  listenziyaga  ega  bo‟lib,  ularning  90  %ini  xususiy  turistik  biznes 
vakillari  tashkil  etishgan.  Turistik  korxonalarning  aksariyati  turoperatorlik  va 
turagentlik faoliyatlarini chog‟ishtirib ishlashadi.  
O‟zbekiston  turistik  bozorini  o‟rganishdan  oldin  «turistik  bozor» 
tushunchasiga  ta‟rif  berib,  uning  mohiyatini  aniqlab  o‟tish  maqsadga  muvofiq 
bo‟ladi. 
Turistik bozorni quyidagicha ta‟riflash mumkin: 

 
turistik mahsulot iste‟molchilari va sotuvchilarining yig‟indisi; 

 
turistik 
mahsulot 
sotuvchilari 
va 
iste‟molchilarining 
manfaatlarini 
moslashtiruvchi instrument; 

 
turistik mahsulot sotuvi sohasi; 

 
turistik  mahsulot  iste‟molchilari  va  sotuvchilari  o‟rtasidagi  iqtisodiy 
munosabatlar yuzaga keladigan soha. 
Tor  ma‟noda,  turistik  bozor  deganda,  turistik  mahsulot  oldi-sotdi  bitimlari 
yuz beradigan joy tushuniladi. Biroq, bunday savdolar faqat bir erning o‟zidagina 
kechmasligiga e‟tibor berish kerak. Savdo teleks, telegramma, faks, telefon orqali, 
hattoki,  sotuvchi  va  xaridorning  bevosita  ishtirokisiz  ham  amalga  oshirilishi 
mumkin. Turistik bozor aniq bir joy yoki jug‟rofiy hudud bilan belgilanmagan, uni 
xalqaro turizm bozori deb nomlasak ham bo‟ladi. 


26 
 
To‟liqroq tavsif beradigan bo‟lsak, turistik bozor deganda, turistik mahsulot 
sotuvchilari  va  xaridorlari  o‟rtasida  iqtisodiy  munosabatlar  yuzaga  keladigan  va 
turistik  mahsulot  sotilishi  yuz  beradigan  soha  tushuniladi.  Turistik  bozorning 
turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari o‟rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning 
xususiyatida  to‟xtaladigan  bo‟lsak,  turistik  mahsulotning  har  bir  sotuvchisi  va 
xaridori  o‟z  manfaatlariga  ega  bo‟ladi  hamda  bu  manfaatlar  o‟zaro  mos 
tushgandagina  turistik  mahsulot  sotuvi  amalga  oshiriladi.  Shu  sababli,  turistik 
bozor  deganda,  turistik  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilari  va  sotuvchilari 
manfaatlarining  o‟zaro  moslashtiruv  instrumenti  tushunilib,  xo‟jalik  yurituvchi 
turistik sub‟ekt uchun (turoperator, turagent) turistik bozor deganda ushbu sub‟ekt 
mahsulotini xarid etishdan manfaatdor bo‟lgan hamda bugun yoki ertaga uni xarid 
etish  uchun  etarli  pul  mablag‟lariga  ega  bo‟lgan  iste‟molchilar  yig‟indisi 
anglanadi. 
Turistik  bozorning  mohiyati  uning  funkstiyalarida  aks  etadi.  Iqtisodiy 
kategoriyaning 
funkstiyasi 
– 
ma‟lum 
munosabatlar 
tizimida 
uning 
xususiyatlarining  namoyon  bo‟lishidir.  Turistik  bozor  funkstiyalari  jamiyatda 
turistik faoliyatning namoyon bo‟lish shakli va mohiyatini aks ettiradi. 
Turistik bozor quyidagi vazifalarga ega bo‟ladi: 
1-vazifa.  Turistik  mahsulotda  aks  ettirilgan  qiymat  va  iste‟mol  qiymatining 
sotilishini ta‟minlash. 
2-vazifa.  Turistik  mahsulotning  iste‟molchi(turist)  tomonidan  iste‟mol  etilishini 
ta‟minlash yoki iste‟molchini turistik mahsulotgacha etkazib kelish. 
3-vazifa.  Mehnatga  bo‟lgan  moddiy  rag‟batlantirishlarni  iqtisodiy  ta‟minlash 
(mehnatni iqtisodiy rag‟batlantirish). 
Turistik bozorda birinchi funkstiyaning amalga oshirilishi jarayonida turistik 
mahsulot  pulga  ayirboshlanadi.  Bunda  turistik  mahsulotdagi  iste‟mol  qiymati 
ijtimoiy  tan  olinadi.  Natijada,  turistik  industriyani  rivojlantirish  uchun    zarur 
bo‟lgan  pul  mablag‟lari  qo‟lga  kiritiladi.  Turistik  bozorning  ikkinchi  funkstiyasi 
turagentliklar  va  turoperatorlar  tarmoqlarining  yaratilishi  bilan  amalga  oshiriladi. 
Turist  o‟z  pullarini  turistik  mahsulotga  ayirboshlayotib,  o‟zining  moddiy  va 
ma‟naviy  ehtiyojlarini  qondiradi.  Natijada,  turistik  bozorda  insonlarning 
yo‟qotilgan  ish  kuchining  qayta  tiklanish  (rekreastiya)  jarayoni  yuz  beradi. 
Shuningdek,  turistik  tashkilot  o‟z  faoliyati  natijasida  olgan  daromadi  uni 
(korxonani) turistik mahsulotni qayta ishlab chiqarishga rag‟batlantiradi. 
Turistik bozor o‟z sig‟imi va o‟z sub‟ektlariga ega. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish