1. Kinematikadagi asosiy tushunchalar va jismlar harakatini o‘rganish deganda nimani
2. Dinamika bo‘limi asosiy mazmunining tahlili va uni o‘rganish usullari haqida ma’lumot
2-MAVZU: DINAMIKA BO‘LIMI ASOSIY MAZMUNINING TAHLILI VA UNI
O‘RGANISH USULLARI.
Rejа:
1.
Fizikada «Massa» va «Kuch» tushunchalarining mazmuni.
2.
Nyutonning harakat qonunlari.
3.
Tabiatdagi kuchlar tasnifi: gravitatsion, elektromagnit kuchlar, og‘irlik kuchi, elastiklik kuchi,
ishqalanish kuchi.
4.
Tabiatdagi kuchlar bo‘yicha bilimlarni umumlashtirish metodi.
Tayanch iboralar:
Kuch tushunchasi, Klassik mexanikasi, elastiklik kuchi
Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga
ko‘ra, dinamika qonunlarini o‘z ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika
qonunlarini o‘rganishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani o‘rganishni boshlayotgan har bir
o‘quvchida harakat to‘g‘risida va uning kuchlar bilan bog‘liqligi haqida ma’lum hayotiy tasavvur bor.
Massa tushunchasi bilan o‘quvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish bo‘ladilar.
Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki
jism o‘zaro ta’sirini xarakterlaydigan kuch va o‘zaro ta’sirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi
bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik o‘lchovi bo‘lgan massaning mohiyatini
ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish
muhimdir: katta massaga ega bo‘lgan jism o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik
massaga ega bo‘lgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda o‘quvchilarga savollar berilsa,
o‘quvchilar turmushda ko‘rib yurganlariga tayanib to‘g‘ri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik
bilan kelayotgan massasi 200 t bo‘lgan vagonni to‘xtatish osonmi yoki o‘shanday tezlik bilan
ketayotgan 200 kg bo‘lgan mototsiklnimi?
Albatta berilgan savollarga o‘quvchilar to‘g‘ri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish
qilib ko‘rsatish, ya’ni massa jism inertligining o‘lchovi ekanligini amalda isbotlab ko‘rsatish ilmiy
ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yog‘och) parallelopiped shaklidagi
jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun)
nomerlab, qiya novdan dumalab to‘shayotgan sharni yo‘liga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar
nomerlangan teng hajmli jism-to‘siqlarni qay birini ko‘proq masofaga siljita oldi?-degan savol
o‘quvchilarga berilsa, ular to‘g‘ri javob bera olmaydilar. So‘ngra o‘quvchilar ko‘z o‘ngida tajriba
qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar o‘zaro ta’sirlashganda qancha
masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan so‘ng qaysi jism sharning ta’siriga ko‘proq
qarshilik ko‘rsatdi yoki o‘zining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb so’raldi.
O‘qituvchi bunda “tinch” holatni saqlashga intilish xossasi haqida gapirib bo‘lgandan so‘ng,
harakatdagi jismning harakat holatini saqlashga intilishini namoyish qilib ko‘rsatadi. Buning uchun 3-4
ta teng kattalikdagi ammo turli (plastmassa, temir, qo‘rg‘oshin) sharlarni bir xil rangga bo‘yab,
nomerlaydi (ularni qanday materialdan yasalganligi bilinmasin) yana unga qiya novdan, bir xil
balandlikdan birin-ketin dumalatib, sharlar yo‘liga bir tinch jism qo‘yilib, bu ikki jismni (tinch va
harakatdagi) o‘zaro ta’sirlashganda harakat holatini ko‘proq saqlashga intilishi namoyish etiladi. Shu
asosda har ikkala namoyishda ham “harakatdagi” va “tinch” turgan jismning inertlik xossasi
taqqoslanishi asosida massa tushunchasiga ta’rif beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: