Jism inertligining ham sifat, ham miqdor o‘lchovi bo‘lib, jismlar o‘zaro
ta’sirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bo‘lsa) kam tezlanish oladi, harakatda bo‘lsa u o‘zining
harakat holatini ko‘proq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan so‘ng
o‘quvchilarning hayotda ko‘rganlari asosida jism massasini aniqlash (o‘zaro ta’sirlashuvda uning
deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib o‘tgan yo‘liga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab
massalarni o‘lchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda o‘quvchilarda inertsion massa
haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bo‘lishi, shu bilan
har qanday massaga ega bo‘lgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi.
Massa tushunchasi chuqur falsafiy tushuncha bo‘lib, materiya tushunchasi bilan bog‘liq holda
fazo, vaqt va harakat tushunchalariga borib taqaladi. Massa tushunchasi-materiyaning ba’zi asosiy
xossalarini aks ettiradi. Buni biz u yoki bu fizik tadqiqotlarda namoyon bo‘lishida ko‘ramiz:
1. Jism inertlik o‘lchovi sifatida Nyuton qonunlarida namoyon bo‘ladi-,
2. Jismlar orasidagi tortishish o‘lchovi ekanligi butun olam tortishish qonunida
shtangachilar musoboqasida hisobga olish) massa bilan energiyaning orasidagi bog‘lanish: E=
4. Elektromagnit jarayonlarning tavsifi elektromagnit massa (
2
c
h
m
) sifatida aks etadi.
5.Elementar zarralar strukturali bog‘lanishining xarakteristikasi (massalar defekti-tinchlikdagi
massaning materiya tuzilishi bilan bog‘liqligini tavsiflashda)
6.Jismdagi zarralar sonining o‘lchovi sifatida klassik atomizm, kimyoda, halq xo‘jaligida
moddiy noz ne’matlar ishlab chiqarishda;
7.Turli tuman hodisalarni matematik tilda yozishda proporsionallik koeffisiyentining bo‘lishi.
Masalan,
ma
F
formulada massa jism olgan
a
-tezlanishi bilan ta’sir etuvchi kuch orasidagi
bog‘lanishni ifodalashda proporsionallik koeffitsiyenti rolini o‘ynashda xizmat qiladi.
Bu sohada qilingan ishlarga asoslanib, massa tushunchasini fizika o‘qitishda qanday izohlash,
tushuntirish masalasiga to‘xtalamiz:
1.Massa tushunchasini aniqlash.
2.Massa tushunchasining boshqa tushunchalar bilan bog‘liqligini (mareriya, harakat, o‘zaro
ta’sir, fazo, vaqt, energiya, ish va h.k) aniqlash.
3.Massa tushunchasini olamning fizik manzarasi taraqqiyoti nuqtai nazaridan tahlil qilish.
4.Massani metodologik jihatdan tushuntirish yoki e’tiborga olish shu kungacha mavjud bo‘lgan
metodik va ilmiy adabiyotlarda bir muncha qiyinchiliklar mavjudligini ko‘ramiz (Massa-materiya
miqdori yoki modda miqdori). Klassik atomistikada massani bir jinsli o‘zgarmaydigan zarralar miqdori
deb qilingan talqin hozir ham ba’zi o‘qituvchilar bayonida uchraydi yoki KHK va ALni bitirib o‘qishga
kirgan ba’zi o‘quvchilar javobida kuzatiladiki, bu tushuncha xatodir.
Massa tushunchasi materiyaning barcha xossalarni o‘ziga aks ettira olmaydi, chunki ilmiy
ta’lim-abad «bo‘linmaydigan» hamma jism uchun bir xil bo‘lgan zarra bo‘lmasligini o‘qtiradi. Hozirgi
zamon fani klassik fizikani chegaralanganligini ko‘rsatib undagi xulosalarning (shu jumladan massa
haqidagi) ko‘pchiligi noto‘g‘ri ekanligini isbotladi. Shuning uchun ham massani moddaning miqdori
bilan almashtirish yaramaydi, ya’ni massani materiyaga o‘xshatish-moddiylashtirish xatodir. Massa-
tushuncha bo‘lib, modda (materiya) ning inertlik, tortishish kabi xossalarini aks ettirishini ko‘ramiz.
Modda tuzilishga ega, ammo massa tuzilishga ega deyish qo‘pol xatodir. Materiyaning eng muhim
xossalaridan biri inertlik va tortishish bo‘lib faqat o‘zaro tasirlashuvda namoyon bo‘ladi. Bunda massa
materiyaning inertlik, tortishish xossalarining sifatiy va miqdoriy xarakteristikasining o‘lchovi bo‘lib
xizmat qiladi. Massa va energiyaning bog‘lanish qonunlaridan ko‘rinadiki, massa jismdagi to‘liq
energiyaning o‘lchovi bo‘ladi. O‘lchov tushunchasi-materiyaning u yoki bu xossasini ham miqdoriy,
ham sifat jihatdan xarakterlaydigan tushuncha bo‘lib, materiyaning xossalarini ifodalaydi, desak xato
qilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: