442
Kranblokda tal tizimining yuk kо‗tarish talabidan kelib chiqib, 3 tadan 5 tagacha
roliklar, bitta tugun bitta valga erkin о‗tqazilgan bо‗ladi, tal bloki deb ataladi (16.3-
rasm). Tal blok pо‗lat arqonga osiladi, navbatma-navbat kranblok va tal blokning
roliklari orqali bо‗shatiladi, teskari tartibda kо‗tariladi. Arqonning qо‗zg‗almas uchi
machtaning (minorani) asosiga mahkamlanadi, qо‗zg‗aluvchi uchi esa chig‗iriq
barabaniga mahkamlanadi.
Arqonning qо‗zg‗aluvchan uchini chig‗iriq barabaniga mahkamlashdan oldin,
minoraning asosiga mahkamlangan tortuvchi rolik orqali о‗tkaziladi. Bu minorani yoki
machtani tushirish– kо‗tarish jarayonlarida og‗nab ketishga yо‗l qо‗ymaslik maqsadda
qilinadi. Kо‗rinib turibdiki, tal bloki, ilgak va yuklar arqonning bir nechta torlariga
osiladi. Kanat torlari 2 tadan 8 tagacha, bunda ishchi arqonning uchida va chig‗iriqning
ilgagidagi yuk 2-8 marta kichikdir. Qо‗llaniladigan arqonlar pо‗lat simlardan
tayyorlanadi, mustahkamlik chegarasi 140’190 kgs/mm
2
, diametri 11’28mm.
Arqonning diametri kо‗tariladigan yukning og‗irligiga mos tanlanadi.
Yer osti ta‘mirlash ishlarida tushirish jarayonlari uchun arqonning
mustahkamligi 2,5 marta ortiq tanlanadi. Chig‗ir barabani aylanganda arqon
barabaniga о‗raladi va quduqdan quvurni kо‗tarish sodir bо‗ladi. Tushirish ishlari
quvur yoki shtangani og‗irligi ta‘sirida amalga oshiriladi.
Yengil og‗irliqdagi asboblar bilan ishlashga tо‗g‗ri kelgan sharoitda
(qisqartirilgan NKQ .larni tizmasi, shtangalar, tarnovlar, manometrlar va hokazo)
arqon chig‗ir barabanidan bitta rolik orqali kranblokdan tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri osilgan
asbobga yoki ilgakka, ya‘ni tal tizimi talni qо‗llamasdan ishlaydi.
Sementlarni burg‗ilashda yoki frezerlashda (maydalashda) asboblarni quduq
ustidan aylantirish talab qilinganda unga rotor о‗rnatiladi. Ilgari asosan barqaror
ishlatish minorasi, ellipslar va machtalar qо‗llanilgan. Minora ishlanib bо‗lgan
burg‗ilash va nasos-kompressor quvurlaridan tayyorlanadi, balandligi 24 metrdan 28
metrgacha, yuk kо‗tarish qobiliyati 50 tonnadan 75 tonnagacha bо‗ladi. Minoraning
pastki asosi 8x8 m, yuqorida 2 x 2 m maydoncha kattaligida tayyorlanadi.
443
Balandligi 15 va 22 metrli machtani, yuk kо‗tarish imkoniyati 15 va 25 tonnaga
bо‗ladi. Machta quduqning ustida uncha katta bо‗lmagan qiyalik burchagida
о‗rnatiladi va pо‗latli tortmalar bilan mahkamlanadi.
16.4-rasmda quduqlarda, yer osti ta‘mirlash ishlarida qо‗llaniladigan kо‗chma
agregat tasvirlangan.
Quduqlarda yer osti ta‘mirlash ishlarini amalga oshirishda qо‗llaniladigan
kо‗chma agregatlarning yuk kо‗tarishi 16 tonnadan 80 tonnagacha ishlab chiqariladi.
16.4-rasmda yuk kо‗tarishi 16-tonnalik agregatning ishchi holati tasvirlangan.
Agregat avtomobilga montaj qilingan. Minora ikki tizmali, teleskopik, balandligi 16,5
metr. Bu agregat chuqurligi 1500 m bо‗lgan quduqlarni ta‘mirlashda qо‗llaniladi.
Minora chuqur quduqlarni ta‘mirlash uchun katta yuk kо‗tarish imkoniyatiga
ega bо‗lgan zanjirli traktorlarga va avtomobillarga о‗rnatiladi, katta quvvatga va
о‗tishga mо‗ljallangan agregatlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: