435
XVI bob. NEFT VA GAZ QUDUQLARNI TA‟MIRLASHDA
QO„LLANILADIGAN JIHOZLARNI MONTAJ QILISH VA ULARNING
EKSPLUATATSIYASI
16.1. Ta‟mirlash ishlarining turi
Quduq ichi jihozlarini har xil nosozliklardan tuzatish, geologik – texnik
tadbirlar, quduq tubi mahsuldor qatlamda о‗tkaziladigan ishlarga yer osti ta‘mirlash
ishlari deyiladi.
Yer osti ta‘mirlash ishlari ishlarning murakkabligiga bog‗liq holda, joriy va
kapital ta‘mirga bо‗linadi.
Quduqning yer osti joriy ta‘mirlash ishlariga quyidagilar mansubdir.
1) nasos shtangasini uzilgan va buralgan joylarini ta‘mirlash;
2) nasos kompressor quvurlarini yoki shlangini almashtirish;
3) chuqurlik nasoslarini almashtirish;
4) nasos jihozlarini osilish chuqurligini о‗zgartirish (ESN, SHGN);
5) elektrdvigatelni almashtirish;
6) kabelni almashtirish;
7) qumli yakorni almashtirish;
8) quduqni qum tiqinlari va parafindan tozalash;
9) nasos-kompressor quvurlarini devorlaridagi tuzlarni va parafinni tozalash;
10) quduqda tadqiqot ishlarini olib borish uchun nasos jihozlarini tushirish va
kо‗tarish;
11) favvora quduqlarida sinib ketgan qirg‗ichlarni, chuqurlik manometrlarini,
chuqurlik harorat о‗lchagichlarini tozalash uchun NKQ-ni kо‗tarish.
Bunday ishlar maxsus brigada yordamida amalga oshiriladi, brigada esa yer osti
ta‘miri uchun ikki va uch smenada ishlaydi.
Quduq ustunida murakkab operasiyalarni bajarish bilan bog‗liq bо‗lgan ishlarga
kapital ta‘mirlash deyiladi.
1) avariyani bartaraf etish bilan bog‗liq bо‗lgan (quvurni sinib uchib ketishiga, shtang,
nasoslarni, MQEN, quvurni parafinsizlashtirish);
436
2) bekitish ishlariga bog‗liq bо‗lgan ishlar;
3) ishlatish tizmasining shikastlangan joyini tuzatish;
4) quduqni bir obyektdan ikkinchi obyektga ishlatish uchun о‗tkazish;
5) gidravlik yorish, teshikli yuksizlantirish, quduq tubi zonasini oksidlash, kislotali
ishlov va boshqa;
6) ishlatish tizmasini frezerlash (metallar tushib ketganda, qistirmada);
7) kabellarni ta‘mirlash;
8) sement stakanlarini burg‗ilash.
Yer osti va kapital ta‘mirlash ishlarida A-40, A-50 va transport vositalaridan,
asboblaridan, mexanizatsiyalash vositalaridan (ASHK, APR kalitlari), har xil
tutqichlar, boshqa jihozlar va maxsus asboblardan foydalaniladi.
Quduqlarning ta‘mirlash ishlariga quyidagi tartibda tayyorlanadi.
1) quduq usti begona narsalardan tozalanadi;
2) quduq yuviladi, kо‗tarish agregati uchun maydoncha tayyorlanadi.
3) quduqqa kerakli jihozlar keltiriladi (quvurlar, shlanglar, nasoslar, kabel
aralashmalar, sementlar va boshqalar).
Quduqdagi jihozlarni kо‗tarish uchun yuk kо‗tarish qobiliyati 16 tonnalik
agregat tanlanadi. Bu agregat bilan 1500 metr chuqurlikdagi quduqlarni ta‘mirlash
mumkin.
Bu agregatdan burg‗ilash jarayonida sementlash, kapital ta‘mirlashda, sement
kо‗priklarini burg‗ilash, har xil geologik-texnik tadbirlarni о‗tkazishda, neft-gaz
quduqlarida yuvish va haydash ishlarini amalga oshirishda, nasosli sementlash va
haydash ishlarini harakatlanuvchi agregatlarni qо‗llash mumkin.
Agregat tarkibiga quyidagilar kiradi:
montaj bazasi;
yuqori bosimli nasoslar;
manifol‘d;
suv tushiruvchi blok.
Manifol‘d:
о‗lchov bakining hajmi – 6 m
3
;
437
suv nasosining va sementlash agregatining qabul tizimidagi shartli diametri-100mm,
haydovchi tizimni sementlash va suv nasoslari-50 mm;
sement aralashmasini sig‗imi – 0,250 m
3
.
Suv uzatish bloki:
Dvigatel‘ ZMZ – 511 (GAZ-53).
Dvigatel valining aylanish chastotasi.
maksimal 3200 ay/min;
ishchi 2500-2950 ay/min;
Quvvati – 92 kvt.
Do'stlaringiz bilan baham: